Mavzu: O’smirlar psixologiyasi. Tarbiyasi qiyin o’smirlar bilan ishlash Reja: kirish


Download 98.02 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi98.02 Kb.
#1597110
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Psixologiya-Mustaqil-ish


Mavzu: O’smirlar psixologiyasi. Tarbiyasi qiyin o’smirlar bilan ishlash
Reja:
KIRISH
I. BO’LIM. O’SMIRLARDA KECHADIGAN PSIXOLOGIK O’ZGARISHLAR HAQIDA
I. 1. O`smirlik davri haqida tushuncha
I. 2. O’smirlardagi psixologik o’zgarishlar
II. BO’LIM. TARBIYASI QIYIN O’SMIRLARDA UCHRAYDIGAN O’ZGARISHLAR HAQIDA
II. 1. Tarbiyasi og’ir o’smirlar haqida
II. 2. Ijtimoiy pedagogning tarbiyasi og`ir o`smirlar bilan ish olib borishi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
Davlatimiz rahbari tomonidan yosh avlodni shakllantirishning dastlabki
pallasida ta’lim-tarbiya masalasiga alohida e’tibor qaratilayotganligi yosh
avlodning yutug’idir. Har qanday mamlakatning ertangi taraqqiyotini uning kuchli
bilim va salohiyatga ega, zamonaviy bilimlarni puxta o’zlashtirgan yoshlar belgilab beradi. Ularni global rivojlanishning barcha sohalari va tarmoqlariga hayotbaxsh kuch bag’ishlovchi shiddatli lokomativ desak ham mubolag’a bo’lmaydi. Bugun dunyo aholisining 30 foizdan ko ́progíni yoshlar tashkil etmoqda. Ushbu foizlarning ko ́p qismini o ́smirlar tashkil qiladi. O ́smirlar haqida yetarlicha ma ́lumotga ega bo ́lish va amaliyotda qo ́llash yosh avlod tarbiyasiga berilgan e ́tibor desak mubolagá bo ́lmaydi.
O’smirlik davri 10-11 yoshlardan 14-15 yoshlargacha bo’lgan davrni tashkil etadi. Hozirgi o’smirlar o’tmishdoshlarida nisbatan jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan bir muncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o’sish oldinroq namoyon bo’lmoqda. Aksariyat o’quvchilarda o’smirlik yoshiga o’tish, asosan, 5-sinflardan boshlanadi. ,,Endi o’smir bola emas biroq kata ham emas’’ ayni shu ta’rif o’smirlik davrining muhim harakterini bildiradi. O’smirlik - bolalikdan kattalikga o’tish davri bo’lib, fiziologik va psixologik jihatdan o’ziga xos xususiyatlar bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi, yangilikka intilish ortadi, xarakteri shakllanadi, ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. O’smirlik balog’atga yetish bosqichi bo’lib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga taaluqli chigal vaziyatlarning paydo bolishi bilan ham harakterlanadi. O’smirlar o’zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular o’zlarining layoqat, qobilyat va imkoniyatlarini ma’lum darajada o’rtoqlari va o’qiyuvchilariga qiziqishga intiladilar.
Hammamiz ham deyarli har kuni ijtimoiy istalmagan axloqning turli-tuman ko’rinishlari - tajovuskorlik, zararli odatlar, qonunga zid harakatlar bilan to’qnashamiz. Shu kabi muammolar bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar ko’p yillardan beri qator savollarga javob izlamoqdalar. Bunday axloqning sababi nimada bo’lishi mumkin? Nima insonni qayta – qayta o’ziga va atrofdagilarga zarar keltirishga majburlamoqda? Bundan qanday qutilish mumkin? Va nihoyat “og’ishgan xulq”, “tarbiyasi og’ir”,”deviant” atamasidan foydalanish qonuniymikan?
Deviantlik, og’ishgan xulq, tarbiyasi og’ir bolalar psixologlar, shifokorlar, pedagoglar, huquqni himoyalovchi organlar xodimlari, sotsiologlar, faylasuflarda jonli qiziqishuyg’otib kelgan. “Tarbiyasi og’ir o’smirlar” xulqi mavzusi sohalararo va munozarali xarakterga ega. Atamaning “og’ishgan xulq”, ya’ni “ijtimoiy me’yor” tushunchasi bilan payvasta ekanligi muammoni ko’p marotaba murakkablashtiradi, chunki me’yorning chegaralari o’ta shartli , insonda esa barcha ko’rsatkichlar bo’yicha absolyut me’yorning o’zi mavjud emas.
Yondashuvlarning turli – tumanligi shaxs xulqini og’ishganligini tashxis qilish, uni profilaktikalash va ijtimoiy – psixologik yordam ko’rsatish davomida bartaraf etish kabi amaliy vazifalarni ochishda ham ko’zga tashlanadi.
Ijtimoiy pedagogika va “Tarbiyasi og’ir bolalar” psixologiyasi fanining asosiy maqsadi o’quvchilarda shaxs og’ishgan xulqi muammolarini zamonaviy holati haqida ilmiy asoslangan, yaxlit tasavvurning shakllanishida yordamlashishda ko’rinadi. Og’ishgan xulqni tushuntirish uchun turlicha psixologik kontseptsiyalar qimmatini tan olgan holda kognitiv – axloqiy yondashuvlarni ustuvor sifatida ajratamiz.

Download 98.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling