Mustaqil davlatimizda yosh avlodning jismoniy kamolotini yuksaltirish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir


Download 148.48 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi148.48 Kb.
#1006982
Bog'liq
buktlllllllll


  • Mustaqil davlatimizda yosh avlodning jismoniy kamolotini yuksaltirish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. SHu sababli yurtimizda Vatan mustaqilligini mustahkamlaydigan yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalash masalalariga jiddiy e’tibor qaratilayotganligi tadqiqotning birinchi bobida ta’kidlangan edi.



Bolalar orasida jismoniy sifatlarning va koordinatsion qobiliyatning, inson harakat faolligining namoyon bo’lishi uchun amaliy jihatdan juda yaxshi zamin tayyorlanadi F.N.Nasriddinov, X.M,Maxkamjonovlar ko’rsatkichlari bo’yicha jismoniy tayyorgarlik natijalari yoshdan yoshga o’tish bilan hamma ko’rsatkichlar ma’lum miqdorda ortib borishini ko’rsatadi


F.N.Nasriddinov, X.M,Maxkamjonovlar maktab yoshidagi bolalarning jismoniy rivojlanishi bo’yicha olgan ma’lumotlar tahlilining ko’rsatishicha, 5-7 yoshdagi bolaning jismoniy rivojlanishi bir tekisda borar ekan, kichik maktab yoshiga kelib esa rivojlanishning tezlashish jarayoni ro’y beradi SHunga asosan tadqiqotda milliy harakatli o’yinlarga asoslangan jismoniy mashqlar majmui tanlab olindi.

Jismoniy sifatlarga (kuch, chidamlilik, egiluvchanlik, tezkorlik, chaqqonlik) tegishli. Jismoniy tarbiya jarayonida jismoniy sifatlarni tarbiyalash va harakatlar bilan o’rgatish mustahkam chirmashib ketadi. Jismoniy tarbiyaning bu tomonlarini o’rganish va ayrim-ayrim qarab chiqish ulardan har birining o’ziga xos xususiyatlarini chuqurroq bilib olishga yordamlashadi.



Maktabgacha bo’lgan davrda jismoniy sifatlarning rivojlanish dinamikasiga xos jinsiy tafovutlarni qayd etar ekanlar, olimlar mazkur tafovutlarning kattaliklari hamda ishonchliligi xususidagi savolga uzil-kesil javob bermaydilar.
Ayrim tadqiqotchilar asosiy harakat sifatlarining rivojlanish darajasi bobida o’g’il bolalarning qizlarga nisbatan ustunligi haqida fikr yuritib, bolalarga jismoniy tarbiya jarayonida tabaqalashtirib yondashish zarurligini ta’kidlaydilar (S.V.Kakabadze, 1971; Z.I.Kuznetsova, va b., 1974; A.E.Lyubomirskiy, 1979) boshqalari yetti yoshgacha o’g’il bolalar va qizlarning jismoniy sifatlari rivojlanish darajasidagi farq u qadar jiddiy emas, uni jismoniy tarbiya vositalarini tanlashda e’tiborga olish shart emas, deb hisoblaydilar va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasiga ularning jinsidan kelib chiqib turlicha yondashish maqsadga muvofiqligini ko’rsatadilar (M.N.Koroleva, 1985; E.S.Vilchkovskiy, 1989).


  • Mustaqil davlatimizda yosh avlodning jismoniy kamolotini yuksaltirish masalalari hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biridir. “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi qonunda ta’kidlanishicha “Maktabgacha yoshdagi bolalar, o’quvchilar va talabalar salomatligini asrash va mustahkamlash, ularda jismoniy barkamollikka ehtiyojni shakllantirish maktabgacha tarbiya muassasalari va o’quv yurtlarining ustun vazifasi bo’lib hisoblanadi”.



  • Respublika rahbariyati tomonidan ko’rsatilayotgan barcha g’amho’rliklar va talablar aholining, o’quvchi-yoshlarning ma’naviy va ma’rifiy dunyoqarashlarini yangilashga qaratilmoqda. Bu vazifalarini bajarishda barcha o’quv yurtlari ta’lim tizimidagi yosh avlodni jismonan baquvvat, chaqqon, irodali qilib vatanparvarlik ruhida tarbiyalab voyaga yetkazish uchun jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarini O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni “Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi” hamda “O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora – tadbirlari to’g’risida”gi qonunlariga suyangan holda yangi uslublar, usullarni tashkil qilish va o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Ushbu ishlar samarali bajarilishi uchun bolalarni eng kichik yoshidan boshlab jismonan salomatlik poydevorini “qurish”ni boshlash kerak.


Download 148.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling