Kafedrasi rasulov shohrux baxtiyorovich
Download 277.2 Kb.
|
MM-73 Rasulov Sh BMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 BOB. Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida budjet daromadlarini soliq stavkalarini optimallashtirish vositasida shakllantirish masalalari 3.1
- 3.2 Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida budjet daromadlarini soliqlar vositasida shakllantirishning ustuvor yo’nalishlari
- Yuridik shaxlardan olinadigan foyda =
- 3.3 3-bob bo’yicha xulosa
2.3. 2-bob bo’yicha xulosa Xulosa o’rnida aytishimiz mumkunki, mamlakatimizda soliq siyosati oqilona yo’lga qo’yilganligi tufayli soliq stavkalaridagi o’zgarishlar ya’ni ularning pasaytirilishi budjet daromadlarining hajmiga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi, aksincha soliq stavkalarining pasaytirilishi uning rag’batlantirish funksiyasini yuzaga chiqargan holda tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchilar sonini ortishiga olib kelmoqda. Bu esa o’z navbatida soliq tushumlarini ortishiga olib keladi. Axir aytishadiku “Toma-toma ko’l bo’lur” deb. Davlatimiz soliq siyosatini shu ibora bilan tavsiflashimiz mumkun. 3 BOB. Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida budjet daromadlarini soliq stavkalarini optimallashtirish vositasida shakllantirish masalalari 3.1 Davlat budjeti daromadlarini shakllantirish omili sifatida soliq stavkasi, soliq yukini oshirish yoki kamaytirish masalasi. Soliqlar to’g’risidagi nazariyaga asosan, soliq stavkasining cheksiz o’sishi budjetga tushadigan soliq tushumlarining cheksiz ko’payishiga olib kelmaydi. Soliq tushumlari o’lchamining o’sishi har doim soliq solinadigan bazasining o’sishi bilan proportsional bo’ladi, lekin har doim ham soliq stavkasi o’sishiga proprtsioal bo’lavermaydi. Soliq stavkasining oshishi ma’lum bir kritik nuqtaga yetgach, budjetga tushadigan soliq tushumlarining hattoki kamayishiga olib keladi. Bu soliq to’lovchilarning soliqdan qochishga bo’lgan faol urinishlari, daromadlarini oshirishning yashirin yo’llarini izlashlari bilan izohlanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasi,budjet daromadlari hajmining ortishi boshqa bir nechta omillar bilan bir qatorda, unga nisbatan yurgizilayotgan soliq siyosatiga ham bevosita bog’liqdir. Davlat soliq siyosatini ishlab chiqadi va amalda tatbiq etadi, iqtisodiy rivojlanishga yahshi yoki yomon ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli davlat soliq siyosatini yurgizish orqali makroiqtisodiy samaradorlikka erishish mumkin. Soliq stavkalari davlatning soliq siyosatini yuritishda muhim bir omil bo’lib hisoblanadi. Soliq stavkalarining o’zgartirilishi to’g’ridan to’g’ri talablar yig’indisiga o’z ta’sir qiladi. Investitsiyalar va iste’mol hajmi soliqlarning katta kichikligiga bog’liq bo’ladi. Masalan, byudjetga soliq tushumi kamayib, davlat xarajatlari o’zgarmay qolgan paytda iste’mol va investitsiya xarajatlarining o’sishi rag’batlantiriladi. Taklif iqtisodiyoti nazariyasi bugun bozor iqtisodiyoti sharoitida ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Ushbu nazariyaning mazmuni shuki, soliqlarni kamaytirish va korporatsiyalarga soliq imtiyozlarini berishni nazarda tutadi. Taklif iqtisodiyoti nazariyasiga asosan yuqori soliq stavkalari tadbirkorlik stimulini cheklaydi va investitsiya siyosati, ishlab chiqarishni yangilash va kengaytirishni cheklab qo’yadi. Davlat xarajatlarini kamaytirish ushbu nazariyaning asosiy maqsadlaridandir.. Ularning shiorlaridan biri tartiblovchi kuch - bu bozorning o’zidir, davlat boshqaruvi va yuqori soliqlar faqatgina uni normal amal qilishiga xalaqit beradi. Soliq stavkalari shkalalarini shakllanish darajasi bo’yicha umumiy qonun bor. Keng soliqqa tortiladigan bazaga nisbatan kamroq soliqqa tortish stavkasini qo’llash, yetarli darajada kam bo’lgan soliq bazasiga nisbatan esa buning teskarisi, alohida soliq turlarini yuqori stavkada qo’llash kerak. Ko’rinib turibdiki yuqori va past soliq stavkalari xo’jalik faoliyatiga va tadbirkorlarni ish faolligiga xar hil ta’sir ko’rsatadi. A. Smitning ta’kidlashicha soliq yukini kamaytirilishi orqali davlat ko’proq yutadi, tushunarli qilib aytganda soliqdan ozod bo’lgan summadan ortiqcha daromad olish mumkin va oqibatda olingan daromad soliqqa tortish uchun qo’shimcha soliqqa tortish obyekti bo’ladi. Shu o’rinda aytish mumkunki soliq to’lovchilar soliq summasini o’z istaklari va yengillik bilan byudjetga o’tkazib berishadi. Bu esa davlatni ortiqcha xarajatlardan, ya’ni soliqlarni undirish, soliq bo’yicha jinoyatlarni topish va unga nisbatan jazolarni qo’llash xarajatlarini kamaytiradi. A.Smitning bu g’oyalari uning davomchilariga emas, balki keyingi iqtisodchi olimlar uchun aksioma bo’lib qoldi. 1980 yillarda AQShda iqtisodiy taklif nazariyasini rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shgan olimlar M.Bernson, G.Stayn va A.Lafferlardir. Bu olimlar soliq stavkalarini pasaytirish orqali soliqni progressivligini kamaytirishga erishish, bu esa korxonalarni kelajakda investitsiya qilishlari uchun jamg’arma manbalarini ko’payishiga olib keladi deb hisoblashgan. Neoklassik nazariyaning zamonaviy vakillari ingliz iqtisodchisi A.Laffer o’zining ilmiy izlanishlarida soliq stavkalarini pasaytirish va soliqqa tortishning progressivligini kamaytirish orqali Keyns nazariyasidan farqli o’laroq davlat tomonidan investitsiyalarni ko’paytirishni emas, balki korxonalarga investitsiya uchun o’z jamg’armalarini ko’paytirish imkonini berish lozim, degan fikrni ilgari suradi. Uning ilmiy tahlillari tasdiqlaydiki, soliqqa tortishning shunday optimal chegarasi mavjud bo’lib, soliq stavkasi undan yuqoriga qancha ko’tarilmasin, soliq tushumlarini ko’paytirishga erishib bo’lmaydi. Soliq yukining ortib borishi soliq bazasining kamayishiga olib keladi. Uning natijasida esa tadbirkorlar korxonalarni yopib qo’yadilar, yoki soliq bazasini yashirishga urinadi va shu tariqa yashirin iqtisodiyotni rivojlanishiga olib keladi A.Laffer progressiv soliq stavkasi va byudjet daromadlarini parabola ko’rinishidagi egri chiziq bilan ifodaladi va u quyidagi fikrga keldi: soliq stavkasini pastligi xususiy sektorning investitsiya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ko’plab iqtisodchilar soliq to’lovchilarning daromadini byudjetga olishning chegarasi borligi va soliq og’irligini ko’paytirib yubormaslik haqida yozib o’tganlar. Davlat milliy ishlab chiqarishni o’sishi yoki pasayishiga soliq stavkalarini o’zgartirish va byudjet xarajatlari orqali ta’sir ko’rsatadi. A.Lafferning hisobiga ko’ra soliqlarni kamaytirish natijasida iqtisodiyotning o’sishi va davlat daromadlarining o’sishini isbotlab bergan. Bu tarixda Laffer egri chizig’i deb ataladi. Soliq stavkasi ma’lum darajaga etishi soliq tushumlarini ko’paytiradi, uning yanada oshirilishi aksincha soliq tushumlarini kamaytiradi. Iqtisodiyot subyektlarining soliq stavkasi dinamikasiga ta’siri bir ondayoq sezilmaydi, balki ma’lum bir vaqt o’tganidan so’ng seziladi. Laffer egri chizig’i davlat daromadlarining o’sishi soliq stavkalarining kamayishiga obyektiv bog’liq ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Bu egri chiziqda yotuvchi fundamental g’oya shundaki, soliq stavkasining chegarasi qancha yuqori bo’lsa, individlarni soliqni to’lashdan chetlashlari shuncha ko’p bo’ladi. Chunki odamlar soliq to’lash uchun ishlamaydilar. Sof foyda, ya’ni daromadlardan soliqlarni ayirib tashlagan summa individlarni ishlamayaptimi yoki yo’qligini ko’rsatadi. Agar tadbirkor o’zining ishlab chiqarish faoliyatidan daromad olish kelajagiga ishonmasa, ya’ni uni daromadlari yuqori progressiv stavkali soliqlar bilan olib qo’yiladigan bo’lsa, tadbirkor bozorda normal faoliyat ko’rsatmay qo’yadi. Bugungi kunda O’zbekistonda soliq yukini masalalari yilning asosiy muhim mavzularidan biri bo’lib kelmoqda va shu bilan birga har yili soliq siyosatimizda o’zgarishlar sodir bo’lib turibdi. Soliq yuki og’irligi to’g’risidagi izlanishlar ayniqsa "ikki narsadan: o’lim va soliqdan qutulib bo’lmaydi" degan aqida mavjud bo’lgan AQSH iqtisodchilari orasida keng amalga oshirilgan. Prof. T.Malikov soliq yukiga quyidagicha ta'rif beradi: "Mamlakat yalpi ichki mahsuloti tarkibidagi soliqlar miqdorining YAIM miqdoriga nisbatiga soliq yuki deyiladi" . Matematik tilda izohlaganda quyidagicha: Soliqlar = soliq yuki % YAIM Ushbu ta'rifni vaqt tushunchasi bilan to’ldirilsa, ya'ni ma'lum davrdagi soliqlar miqdorining o’sha davrdagi YAIM miqdoriga nisbati deyilsa, yanada aniqroq bo’ladi. Bu ta'rif alohida soliq to’lovchi yuridik yoki jismoniy shaxs uchun tushunarsiz, ya'ni bu degani mamlakatimizdagi barcha yuridik va jismoniy shaxs soliq to’lovchilar daromadining ma’lum %ni davlatga soliq sifatida to’laydi degani emas. Ushbu me'yor yuridik va jismoniy shaxslar uchun, shuningdek, tarmoqlar kesimida, iste'molchi va ishlab chiqaruvchi uchun farq qilishi mumkin. Soliq tushumlarining darajasi nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’sirida yuzaga keladi, balki soliq tizimidan samarali foydalanishga va uning o’z vazifalarini qay darajada bajarishiga ham bog’liq bo’ladi. Bu funktsiyalarning ta’siri haqida xo’jalik sub’ektlaridagi soliq yuki orqali mulohaza qilish mumkin. Soliq yukining umumiy darajasini belgilash orqali iqtisodiyotni tartiblashning ham ahamiyati tobora ortib bormoqda. Iqtisodiyotni tartiblashga soliqlar orqali ta’sir o’tkazishda soliq yuki darajasi, uning iqtisodiy taraqqiyot jarayoniga aholining turmush darajasiga ta’siri ko’pgina iqtisodchi olimlar tomondan o’rganib chiqilgan. Soliq yukining muayyan davr uchun asoslangan, adolatli va real variantlarining qo’llanilishi ko’pgina rivojlangan davlatlarda iqtisodiyotning samarali rivojlanib borishini ta’minlamoqda. Iqtisodiyotni soliqlar orqali boshqarishda, xususan, tarmoqlar o’rtasidagi muvofiqlikni ta’minlashda soha va tarmoqlarda soliq yukining tegishli holatini o’rganish lozim bo’ladi. Xo’jalik subyektlariga soliq yuki davlat soliq siyosatining natijasi bo’lib, har qanday soliq tizimining sifat tavsifini ko’rsatadi. Shu bilan bir qatorda, olinayotgan soliqlar darajasi, bir tomondan, ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligi, boshqa tomondan esa davlatning moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyoji miqdori bilan belgilanadi. Shu sababli soliq yukining og’irligini kamaytirish, birinchi navbatda, davlat xarajatlarini qisqartirish va ijtimoiy xizmatlarning to’lovlilik darajasiga bog’liq bo’ladi. Ayrim mutaxassislar soliq tizimining samaradorligini YaIMda soliqlarning hissasi bilan bog’laydilar. Boshqa bir guruhdagi mutaxassislar esa soliq yukini to’lovlarning barchasini birlashtirish yo’li bilan hisoblashni tavsiya etadilar. Bunda byudjetdan tashqari fondlarga va mahsulotni sotish hajmiga ajratmalar ham soliq yukining tarkibiga kiritiladi. Jamiyat a’zolariga soliq og’irligining taqsimlanish darajasini tavsiflab aytish mumkinki, ishlab chiqarishdagi aksariyat soliqlar, xususan, egri soliqlar tovar tannarxi tarkibiga kiritiladi va pirovard natijada iste’molchi zimmasiga tushadi. Aholining soliq yukini, jon boshiga soliq salohiyatini olinadigan o’rtacha boshiga daromadga nisbatan aniqlash mumkin. Shu asosda butun mamlakatning soliq salohiyatini hisoblashda, barcha soliq summasi va sug’urta badallarining majmui sifatida hisoblash soliq yukini hisoblashda yollangan xodimlar mehnatiga haq to’lashda har bir so’miga barcha soliqlar summasining, shuningdek, soliq yuki salmog’ini, yalpi qo’shilgan qiymat salmog’i ulushi bilan aniqlanib, uni aholining soliq yuki koeffitsientiga tuzatish (ko’paytirish) kiritish taklif etiladi. Yuqorida ko’rib chiqilgan soliq yukini YaIMdagi soliq ulushi sifatida hisoblash metodologiyasi juda oddiy va tushunarlidir. Shuning uchun u chet mamlakatlarda keng qo’llaniladi. Ayni paytda, bu metodologiya turli ishlab chiqarish tarmoqlariga va iqtisodiyotning turli sektorlariga mansub bo’lgan korxonalar uchun, uni taqqoslab mikrodarajadagi soliq yuki darajasini tadqiq etish imkonini bermaydi. Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasi yuridik shaxslarga soliq yukini hisoblashning metodologiyasini tavsiya etgan. Unda soliq yuki barcha hisoblangan soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlar, byudjetdan tashqari fondlarga to’lovlarning hisobga olingan summasi, mahsulot sotish hajmiga va boshqa sotuvdan tushumni o’z ichiga olgan nisbat orqali aniqlanadi. Ish haqini to’lash bo’yicha xarajatlarning ortishi byudjetdan tashqari fondlarga to’lovning ko’payishiga ta’sir etadi. Soliq yukining ortishiga, shuningdek, soliq to’lovlarining byudjetga o’z vaqtida o’tkazilmasligi natijasida to’langan jarimalar ham ta’sir etishi mumkin. Soliq yukini aniqlashda absolyut va nisbiy soliq yukini farqlash lozim. Absolyut soliq yuki - bu jami to’langan soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’lib, byudjet va byudjetdan tashqari fondlarga o’tkaziladi, ya’ni xo’jalik yurituvchi sub’ektlar soliq majburiyatlarining absolyut miqdoridir. Statistik hisobotlarda bu ko’rsatkichga haqiqatda soliq to’lovlarining byudjetga o’tkazilganini va byudjetdan tashqari fondlarga o’tkazilgan majburiy sug’urta badallarini, shuningdek, bu to’lovlar bo’yicha boqimandalik kiritiladi. Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan byudjetdan tashqari fondlarga to’lanadigan sug’urta badallari majburiy to’lovlar bo’lib, soliq xarakteriga egadir. Shu sababli soliq yukini hisoblashda ularni hisobga olish zarur. Biroq, absolyut soliq yuki soliq majburiyatlarining ziddiyatini ifodalamaydi. Bu ko’rsatkich soliq to’lovchilar miqdori bilan to’lash manbalarining mosligini aks ettirmaydi. Shu sababli, nisbiy soliq yuki ko’rsatkichidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Nisbiy soliq yuki deb uning absolyut miqdorining yangidan yaratilgan qiymatga munosabati tushuniladi, ya’ni soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlar hissasi hamda yangi yaratilgan qiymatdagi boqimandalik ham bunga qo’shiladi. Soliq to’lovlarini to’lash manbai bo’lib qo’shilgan qiymat hisoblanadi. Qo’shilgan qiymat - tovar va xizmatlar qiymati bo’lib, oraliq iste’molga kamaytiriladi, ya’ni keyingi ishlab chiqarish nuqtai-nazaridan iste’molga kamaytiriladi. Soliqlarni undirishning turli usullari bir maqsadni, ya’ni qo’shilgan qiymatning bir qismini olishni nazarda tutadi. Shunday qilib, tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishida soliq yukining ta’sirchanligi shubhasizdir. Uning ta’siri, umumiy ko’rinishda, salbiy yoki ijobiy bo’lishi mumkin. Soliq yuki og’irlashgan paytda tadbirkorlik faoliyati susayadi va hatto, umuman to’xtab qolishi ham mumkin. Aksincha, soliq yukining nisbatan engillashuvi tadbirkorlik faoliyatining faollashuviga olib keladi. Lekin soliq yukini engillashtirishni tadbirkorlikni rivojlantirishning yakka-yu yagona sababi sifatida talqin etish maqsadga muvofiq emas. Undan tashqari soliq yukini engillashtirish ham o’zining mantiqiy chegarasiga ega bo’lib, bu chegara ko’p jihatdan davlat byudjetidan qilinishi lozim bo’lgan xarajatlarning hajmi bilan bog’liqdir. Shu munosabat bilan hozircha bizning nazarimizda O’zbekiston sharoitida tadbirkorlik faoliyatini yanada faollashtirish uchun soliq yukini yanada engillashtirish emas, balki mavjud tarkib topgan soliq yukini iqtisodiyotning tarmoqlari o’rtasida qayta taqsimlashni dolzarb masala sifatida qaramoq lozim. Bizga aniq bo’ldiki, soliq yuki ham ishlab chiqaruvchilar, ham iste’molchilar zimmasiga tushadi. Biroq yo’qotish hajmi odatda bir xil bo’lmaydi (yuqorida keltirib o’tilgan hisob-kitoblar faqat bizning shartli misolimizga xos). Soliq yukining xususiyati bozor talabi va bozor taklifining egiluvchanligiga bog’liq bo’ladi. Ortiqcha soliq yuki jamiyatning soliqqa tortiladigan tovarni ishlab chiqarish va iste’mol qilishni ularning maqbul darajasidan qisqartirish oqibatida ko’rgan zarari hajmidir. Bu qoidadan kelib chiqadigan xulosa shuki, davlat iqtisodiyotni haddan tashqari katga soliqlar bilan qiynab qo’ymaslik uchun o’zining qayta taqsimlash siyosatini haqiqiy "zarur minimum" bilan cheklashi lozim. Nega deganda, daromadlarni qayta taqsimlash, biz aniqlaganimizdek, jamiyat uchun muayyan yo’qotishlarga sabab bo’ladi. Respublikamiz soliq siyosatida mahsulot ishlab chiqaruvchi sohalar va jismoniy shaxslar uchun soliq og’irligini tobora kamaytirib borish tadbirlari ko’rilmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov “2001 yilda Respublikani ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish yakunlari, iqtisodiy islohatlarning borishini baholash hamda 2002 yilgi vazifalar”ga bag’ishlangan Vazirlar Maxkamasining yig’ilishida so’zlagan nutqida ta’kidlab o’tganidek:“ ...yildan-yilga, avvalo ishlab chiqarish tarmoqlari va korxonalarimiz bo’yniga tushayotgan soliq og’irligi tobora kamayib bormoqda”. Masalan, oxirgi yillarda yalpi ichki mahsulotga nisbatan davlat byudjetiga undirilgan soliq ulushi 26 foizgacha qisqardi. Ko’pgina xorijiy davlatlarda bu ko’rsatgich hozir o’rtacha 30-33 foizni tashkil etadi. Eng muhimi, soliq og’irligini bundan buyon ham kamaytirish siyosatini yurgizish, soliqlarning rag’batlantiruvchi rolini oshirib borish, ayniqsa, tabiiy va mineral xom ashyolardan foydalanish borasida korxonalar faoliyatiga ta’sir doirasini kuchaytirish lozimligi ta’kidlab o’tildi. Soliqlar og’irligini faqat yuridik shaxslargagina emas, balki jismoniy shaxslarga nisbatan ham kamaytirish tadbirlari belgilangan. Soliq og’irligini kamaytirish iqtisodiyotimizda yuridik shaxslarning o’z ixtiyorida qoladigan daromadlarini ko’paytirish va shu orqali ishlab chiqarishni kengaytirish, kreditorlik qarzlarini kamaytirish va nihoyat, boqimandalar bo’lmasligiga olib keladi. Bu esa soliqlarning iqtisodiyotga ta’sirini yanada kuchaytiradi, tadbirkorlikning erkin rivojlanishiga sharoit yaratadi. 3.2 Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida budjet daromadlarini soliqlar vositasida shakllantirishning ustuvor yo’nalishlari Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soliqlarning budjet daromadlariga ta’sir etish mexanizmini takomillashtirish ahamiyatli mavzulardan biridir. O’zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga o’tishning ijtimoiy yo’naltirilgan yo’lini tanlashi natijasida Davlat budjetining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi roli yanada oshadi. O’z navbatida byudjet daromadlarini oshirish iqtisodiyotni modernizatsiyalash va yangilash sharoitida respublika va uning hududlarini iqtisodiy rivojlantirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Budjet daromadlarining darajasi o’z navbatida davlatning iqtisodiy barqarorligi belgilab beradi, daromadlarning asosiy manbalari soliqlar hisoblanadi. Shunday ekan yana bir muhim vazifalardan biri, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar sharoitida asosiy e’tiborni budjet tizimi sohasini rivojlantirish va soliq siyosatini oqilona yo’lga qo’yish va amalga oshirishga e’tibor qaratishdir. Budjet daromadlari - mamlakatda pul mablag’lari fondlarini shakllantirish jarayonida vujudga keluvchi moliyaviy munosabatlarni o’zida aka etadigan, hokimiyat organlarining turli darajalari ixtiyoriga kelib tushadigan, davlatning o’z funktsiyalarini bajarish uchun zarur bo’lgan davlat markazlashtirilgan moliyaviy resurslarining bir qismi. “Byudjet daromadlari» moliyaviy kategoriyaning namoyon bo’lish shakli budjetga kelib tushuvchi soliqlar, yig’imlar, to’lovlar, bojlar va ajratmalardan iborat. YaIMning umumiy hajmi, muayyan davrda davlatning oldida turgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, mudofaa va boshqa vazifalar davlat budjetining daromadlarining absolyut hajmi va salmog’ini belgilab beradi. Shulardan kelib chiqib, Davlat budjetida mablag’larni jalb qilish miqdori va ularni undirishning shakl va uslublari aniqlanadi. O’zbekiston Respublikasining «Byudjet tizimi to’g’risidagi qonuniga asosan, budjet daromadlari bilan moliyalashtirish va budjet ehtiyojlarini hisobga olish muvofiqlashtiradi. Davlat budjeti to’g’risidagi qarorlar orqali byudjet daromadlarining rejasini ishlab chiqish va mablag’larini xarajat qilish miqdori tasdiqlanadi. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga binoan soliqlar, yig’imlar, va majburiy to’lovlar davlat budjetiga har oyning yakunida tushadi, bu o’z navbatida budjet xarajatlarini kassa ijrosini amalga oshiruvchi g’aznachilikda uzilish paydo bo’lishiga olib keladi. Shuni e’tibroga olib, asosiy vazifa hozirdagi soliq qonunchiligini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilish, O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga o’zgartirishlar kiritish orqali budjet daromadlarini o’z vaqtida shakllantirishni mukammallashtirish zarur. O’ylashimizcha, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida budjet tizimini takomillashtirish strategiyasi va g’aznachilik tizimini xalqaro tajribalarga suyangan holda Davlat budjeti daromadlarini shakllantirish mexanizmini takomillashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsadi: yuqori darajadagi iqtisodiy o’sishni ta’minlash, aholi turmush darajasini yaxshilash, milliy ishlab chiqarishni qo’llab quvvatlash,kengaytirish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratishdir. Mamlakatdagi soliq yukining darajasi, tadbirkorlik faoliyati va iqtisodiyot rivojlanishiga halaqit bermasligi, soliq to’lovchilar tomonidan soliqqa tortiladigan ob’ektlarni noqonuniy yashirishga majburiy ehtiyoj uyg’otmasligi, soliq to’lagandan keyin tadbirkorlar ixtiyorida qolgan daromadlar korxonalar moliyaviy barqarorligini va aholining yaxshi turmush darajasini ta’minlashi lozim. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash davrida soliq tizimini bir me’yorda takomillashtirib borish ko’zlangan maqsadga erishish uchun zamin yaratadi. Tadbrkorlik sub’ektlari orqali yangidan yaratilayotgan qiymatni mulkdorlar va davlat o’rtasida taqsimlash soliqlar va ularga tenglashtirilgan majburiy to’lovlar vositasida amalga oshiriladi. Shuning sababli doimo soliq siyosatiga ehtiyotkorona yondashiladi. Aniqki, soliq yuki davlat soliq siyosatining natijasi hisoblanib, har qanday soliq tizimining sifat tavsifini belgilab beradi. Soliq tizimini optimallashtrishda korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish muhim ahamiyatga ega. Soliq yukini kamaytirish dastlab davlat xarajatlarini qisqartirish va ijtimoiy xizmatlarning to’lovlilik darajasi bilan bog’liq. Shunday ekan soliq yukini pasaytirish ishlab chiqaruvchilar uchun stimul bo’lib xizmat qiladi, tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy ahvolini barqarorlashtiradi va investitsiya faoliyatini kengaytiradi. Oqibatda, kelajakdagi tub tarkibiy o’zgarishlar uchun ishlab chiqarish va texnologik asos bo’lib xizmat qiladi. Shu o’rinda aytish kerakki, mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda hukumatimiz tomonidan soliqlarning rag’batlantiruvchi rolini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilayotganligi o’z natijalarini bermoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning 2012 yil 25 dekabrda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining 2013 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to’g’risida”gi qarori mamlakatimiz soliq tizimini mukammallashtirishda muhim omil bo’lmoqda. Eng e’tiborlisi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik har tomonlama qo’llab-quvvatlanayotgani, jumladan, ularga soliqdan bir qator imtiyozlari berilayotgani bunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu islohotlar iqtisodiyotimizning barqarorlashtirish va o’sish ko’rsatkichlarini ijobiy ta’minlash imkonini bermoqda. Xususan, tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishida soliq yukining ta’siri muqarrardir. Soliq yuki og’irlashgan mahalda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishga ishtiyoq kamayadi va teskarisi, soliq yukining nisbatan yengillashuvi tadbirkorlik faoliyatining jonlanishiga olib keladi. Lekin soliq yukini yengillashtirishning ma’lum chegaralari mavjud, bu davlat budjeti xarajatlari bilan bevosita bog’liqdir. Shunday ekan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida soliq yukini yanada yengillashtirish emas, balki soliq yukini iqtisodiyotimizning barcha tarmoqlari o’rtasida qayta taqsimlashni yo’lga qo’yish va har tomonlama optimallashtirish darkor. Bir qancha islohotlar olib borilishiga qaramay Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni soliqqa tortish sohasida bir qator hal qilinmagan masalalar mavjud. Masalan, XYuSlarning 1-shakl hisobotida ya’ni balansida (211)-satrda Muddati o’tgan debitorlik qarzlari bandi mavjud. Debitorlik qarzdorliklarning muddati 90-kunni tashkil etadi. Shu vaqtni ichida undirilmasa muddari o’tgan hisoblanadi. Soliq organlari tomonidan Yuridik shaxslarning foyda solig’ini hisoblashda (211)-satr ya’ni Muddati o’tgan debitorlik qarzlari xarajat sifatida tan olinmaydi, aksincha daromad sifatida tan olinib soliqqa tortiladi: (SK-soliq kodeksi) Yuridik shaxlardan olinadigan foyda = Daromadlar(SK-129) – Xarajatlar(SK-141)+(SK-146)- solig’i (SK-146)-(SK-158)-(SK-159) Shu o’rinda Banklar tomonidan XYuS larning kreditga layoqatlilik darajasini aniqlashdagi koeffitsientlarni hisoblash formulasini keltirib o’tmoqchimiz: QK= LK= QK-qoplash keffitsienti LK-likvidlilik koeffitsienti JA-jami aktivlar……(390)-balans satrlari. JM-jami majburiyatlar MUDQ-muddati o’tgan debitorlik qarzlari. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, banklar tomonidan yuridik shaxsning muddati o’tgn debitorlik qarzdorligi uning daromadi sifatida tan olinmaydi va aktivlar safidan chiqariladi agar korxona ko’proq oldindan mol yetkazib berish orqali faoliyatini yuritadigan bo’lsa bu o’z navbatida uning kretidit olish imkoniyatini sezialarli darajada pasaytiradi. Shunday ekan XYuSlar har ikki holatda ham zarar ko’rish ehtimoli mavjuda, chunki muddati o’tgan deb yuritilishiga qaramay bu qarzlar qaytarilib qolishi mumkun u holda korxona to’lagan soliq uning zarari hisoblanmaydi, lekin bank tomonidan ushbu qarz chegirib tashlangligi va shu sabab kredit ololmaganligi uning zarari hisoblanadi. Yuqoridagi fikrladan kelib chiqib, XYuS lar uchun yengillik qilish maqsadida soliq organlari tomonidan ularning muddati o’tgan debitorlik qarzdorliklar yuzasidan alohida kamroq stavkada soliq undirishni yoki ma’lum bir kafolatlar mavjuda bo’lgan vaqtda undirilmasligi yuzasidan chora tadbirlar ko’rish lozim. Shu orqali tadbirkorlar ixtiyoriga soliq imtiyozlar joriy qilmasdan ham pul mablag’larini qoldirishimiz mumkun. Bu ular uchun rag’bantlantirish bo’lib ularning sonini ortishiga sabab bo’ladi va o’z navbatida budjet daromalari hajmi ham oshadi. Fikr bildiradigan bo’lsak , korxonalarni resurslardan samarali foydalanishlarini nazorat qilib turishga mo’ljallangan bir qator chora tadbirlar korxonalarning rivojlanishi, mustaqil qarorlar qabul qilishlariga xalaqit bermoqda. Shu o’rinda soliqlardan berilgan bir qator imtiyozlar ham chunki, bozor munosabatlari sharoitida subektlar faoliyati birinchi navbatda bozor qonunlari asosida boshqarilishi kerak. Aytish joizki, erkin tadbirkorlar o’zlarining faoliyatlari natijalaridan o’zlari manfaatdordirlar, bordiyu ular faoliyati natijalari salbiy tomonlarga o’zgarib ketsa buning uchun ularning o’zlari mulkiy javobgardirlar. Fikrimizcha, ushbu usulda korxonalar faoliyatini tartibga solishdan sekin asta voz kechilsa, yuridik shaxslar faoliyatini erkinlashtirish masalasida yana bir qadam tashlagan bo’linar edi. Bizning fikrimizcha bu masalani echimi juda oddiy bo’lgan usul. Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha yuridik shaxslarni umumiy tartibda soliq to’lashga o’tkazilib yuridik shaxslarga imtiyozlar belgilanishidan voz kechiladi. Shuning hisobidan budjet uchun zarur bo’lgan daromadlar yig’iladi. Agar taklif etilayotgan tartibda soliq to’lansa «Mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida» gi Nizomga hojat ham qolmaydi. Chunki bunda soliq to’lovchi yuridik shaxsning turidan qat’iy nazar barcha xarajatlari chegiriladi va qayta qo’shiluvchi xarajat atamasi O’zbekiston qonunchiligidan chiqarib tashlanadi. Ushbu fikrga kelishga sabab 2002 yilda “Yuridik shaxslardan undiriluvchi daromad (foyda solig’ini hisoblash va to’lash tartibi to’g’risida”gi Yo’riqnomada soliq to’lashdan ozod etiluvchi 24 turdagi yuridik shaxslar ro’yxati berilgan edi, hozirgi kunga kelib shulardan 13 tasi uchun imtiyozlar bekor qilingan. Ya’ni bu imtiyozlar samarali tomoni juda kam bo’lib ko’pchilik hollarda korxonalarning soliq to’lashdan qochishlari uchun bir vosita edi, xolos. Foyda (daromad) solig’i stavkasining kamaytirilishidagi ijobiy natijalarning mohiyatini pasaytirayotgan yana bir muammo sof foydadan undiriluvchi obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’idir. Ya’ni foyda (daromad) solig’i stavkasining har bir foiz kamaytirilishi yuqoridagi soliq bazasini kengaytirmoqda va natijada foyda solig’i progressiv o’zgarishlaridan kutilayotgan natijani qisman yo’qotmoqda. Jahon soliqqa tortish amaliyotida hech bir davrda korxonaning sof foydasidan soliq undirilmagan. 3.3 3-bob bo’yicha xulosa Soliqlar davlat budjetiga davlat xarajatlarini, jumladan ijtimoiy xarajatlarini moliyalashtirish uchun yig’ilganligi sababli soliq yuki ta’sirida turgan korxonalar uchun yangi soliq joriy etishning samarasi juda kam. Bu soliqning bazasi sof foyda ekan, unda soliq tamoyili yana buziladi. Chunki soliqlar hammadan olinishi kerak. Ushbu soliqda esa korxona foydaga ega bo’lmasa soliq olinmaydi. Amalga oshirilgan tahlillar va amaliyotdagi hisobchilar va korxona rahbarlari fikricha bu soliqni bekor qilish kerak. Mol-mulk solig’i ham korxonalar,firmalar faoliyatini tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shunisi qiziqarliki, korxonalarda to’plangan asosiy vositalar tarkibi o’rganib chiqilganda shu narsa aniq bo’ldiki, yuridik shaxslarning ko’pchiligida ishlab chiqarish va texnologik jarayonga qatnashuvchi mulk ulushi juda past. Asosiy vositalarning passiv qismi hisoblangan binolari(ofis binolari), xizmat mashinasi, anchadan buyon foydalanilmaydigan omborlar kabi turlari balansda saqlanayapti. Bizningcha, mulkdan samarali foydalanishni boshqarish uchun ularni aktiv va passiv qismlariga bo’lish asosida aloxida-aloxida stavkalarda soliq belgilanishi kerak. Bugungi kunda soliq yukini aniqlash uslubiyotini optimallashtirish hamda soliqqa tortish tizimida tub islohotlarni amalga oshirish maqsadida mamlakatimiz rahbariyati tomonidan quyidagi masalalarni hal etish ustuvor vazifa sifatida e’tirof etildi. Birinchidan korxonalarga nisbatan soliq yukini imkon qadar kamaytirish, bunda korxona o’z mablag’larini mustaqil ravishda tasarruf eta olish salohiyatiga ega bo’lishini ta’minlash, bevosita soliqlarni kamaytirish va bilvosita soliqlarni hamda resurs to’lovlarini, ayniqsa, qayta tiklanmaydigan tabiiy boyliklar, er va suv zaxiralaridan samarali va tejamkorlik bilan foydalanishni optimallashtirishga alohida ahamiyat berish lozim. Ikkinchidan ishlab chiqaruvchilardan budjet va budjetdan tashqari fondlar uchun undiriladigan soliqlar summasi yalpi ichki mahsulot va iqtisodiy rivojlanishning belgilangan sur’atlarida optimal ravishda muvofiqlashtirilishi kerak. Uchinchidan soliqlarni birxillashtirish va sonini qisqartirish hamda ular bo’yicha hisobkitob qilish, to’lash mexanizmlarini soddalashtirish bo’yicha doimiy ish olib borish. Soliq to’lovchilar nima uchun soliq to’layotganliklari, ularning miqdori nima sababdan oshgani yoki kamaytirilganligini yaxshi tushunishlari, soliqlar ta’lim, sog’liqni saqlash tizimlarini, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini rivojlantirish orqali oxir oo’ibat soliq to’lovchilarning o’ziga qaytishi va ularning manfaatlariga xizmat qilishini anglashlari lozim. Soliq sohasidagi islohotlarni amalga oshirishning chet mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, birinchi bosqichda soliq yukini kamaytirishga e’tibor qaratish budjet daromadlarining kamayishiga olib keladi. Bu esa, o’z navbatida, soliq yukini kamaytirish borasidagi siyosatni budjetning xarajatlar qismini optimallashtirish choralari bilan birgalikda olib borilishini talab etadi. Shuni ham aytib o’tish joizki, bizningcha optimal soliq yukini belgilash va uni amalda ushlab turishdan ikkala tomon ham ya’ni davlat va soliq to’lovchi ham bir xilda manfa’atdordir. Chunki optimal soliq yuki XYuS moliyaviy xo’jalik faoliyatini rag’batlantirsa, davlat budjeti uchun doimiy tushum bo’lishini ta’minlay oladi. Download 277.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling