Kafedrasi rasulov shohrux baxtiyorovich


-rasm. Aksiz solig’i stavkalari yillar davomida o’zgarishi34


Download 277.2 Kb.
bet7/9
Sana11.06.2020
Hajmi277.2 Kb.
#117155
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MM-73 Rasulov Sh BMI


14-rasm. Aksiz solig’i stavkalari yillar davomida o’zgarishi34

2016 –yilda Soliq kodeksining 238, 239 va 240-moddalariga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, aksiz solig‘i bo‘yicha hisob-kitobni taqdim etish va to‘lash har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay amalga oshirilishi belgilangandi. Shunga muvofiq, joriy soliq davri uchun aksiz to‘lanadigan tovarlarni realizatsiya qilishning taxmin qilinayotgan hajmi hamda aksiz solig‘ining belgilangan stavkasidan kelib chiqib hisoblangan aksiz solig‘ining summasi haqida ma’lumotnomani taqdim etish va joriy to‘lovlarni to‘lash bekor qilindi.



15-jadval

O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining ijrosi 35

Ko‘rsatkichlar

2012 Yil

2013 Yil

o’zgarishi

2014 Yil

o’zgarishi

2015 Yil

o’zgarishi

mlrd.so’m

mlrd.so’m

so'm

%

mlrd.so’m

so'm

%

mlrd.so’m

so'm

%

I. DAROMADLAR (MAQSADLI JAMG‘ARMALARSIZ) - JAMI

21 295,7

26 223,2

4 927,5

23,1

31 730,5

5 507,3

21,0

36 492,7

4 762,2

15,0

2. Bilvosita soliqlar

10 434,5

13 398,6

2 964,1

28,4

16 852,3

3 453,7

25,8

19 193,8

2 341,5

13,9

Aksiz solig‘i

3 175,9

4 168,2

992,3

31,2

4 941,1

772,9

18,5

5 618,5

677,4

13,7

Aksiz solig’i qo’shilgan qiymat solig’iga tortiladigan bazada va narxda hisobga olinadigan yuklab jo’natilgan tovar­lar qiymatining bir qismini egri soliq sifatida budjetga undirish shakli hisoblanadi. Aksiz solig’i Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda salmog’li o’rin egallaydi, ushbu soliq 2012-yilda jami budjet daromadining 14,9%, 2013-yilda 15,9%ni, 2014-yilda 15,6%ni va 2015-yilda 15,4% (5-jadvalga qarang) tashkil etgan. Aksiz solig’ini davlat budjeti daromadlari tarkibidagi ulushining pasayish tendensiyasiga ega ekanligi shu bilan izohlanadiki, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 13-noyabrdagi 390-son «Bozomi iste’mol tovarlari bilan to‘ldirishni rag'batlantirish hamda ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlarini o'zaro munosabatlarini takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida»gi qaroriga asosan «O‘zDEUavto» aksionerlik jamiyatining ishlab chiqarayotgan avtomobillari (Lasetti, Neksiya, Damas, Matiz), billurdan qilingan mahsulotlar, mebel, video va audioapparatura hamda kumushdan yasalgan pichoq va sanchqilarga hisoblangan aksiz soliqlari ishlab chiqarishni rivojlantirish, iste’mol tovarlarining assortimentini ko'paytirish va raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish uchun korxonalarning o‘z ixtiyorlarida qoldiriladigan bo'ldi. Shu­ning hisobiga hozirgi vaqtda aksiz solig'ining ulushi davlat budjeti daromadlari tarkibida kam salmog’ni egallamoqda.

Garchi aksiz solig’ining salmog’ jihatdan budjet daromadlaridagi ko’rsatkichi pasayish holatida bo’lsa ham, uning miqdor jihatdan ko’rsatkichi o’sish tendensiyasiga egadir. Masalan 2012 yilda ushbu soliq tushumi 3175,9 mlrd so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2013-yilda bu ko’rsatkich 4168,2 mlrd so’mni tashkil etib o’tgan yilga nisbatan 992,3 mlrd so’m ya’ni 31,2%ga o’sgan. 2014 yilda esa 4941,1mlrd so’mni tashkil etib 2013 yilga nisbatan 772,9 mlrd so’m ya’ni 18,5% ga oshgan. 2015 yilga kelib jamg’arilgan soliq summasi 5618,5 mlrd so’mni tashkil etib 2014 yilga nisbatan 677,4 mlrd so’m ya’ni 13,7%ga o’sish kuzatilgan.



16-jadval

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini yillar bo’yicha o’zgarish.36



Soliq va boshqa majburiy to‘lov turi

2013 yil

2014 yil

2015 yil

2016 yil

Suv resurslaridan foydalangil uchun soliq

6.

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq(asosiy stavka 1 kub metr uchun)

yer usti   43,0 so‘m

yer usti   51,6 so‘m 

yer usti
61,9 so‘m

yer usti
71,2 so‘m

yer osti   54,6 so‘m

yer osti   65,5 so‘m

yer osti
78,6 so‘m

yer osti
90,4 so‘m

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 14-ilovasiga muvofiq tasdiqlandi.


15-rasm. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari o’zgarishi37

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari korxonalari , dehqon xo‘jaliklari (yuridik va jismoniy shaxslar), shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida suv resurslaridan foydalanadigan jismoniy shaxslar uchun 1 kub. metr yer usti suv manbalari uchun 71,2 so‘m va yer osti suv manbalari uchun 90,4 so‘m miqdorida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lashlari belgilandi.



Alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalarga alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarishda foydalangan suv hajmlarining 1 kub. metri uchun 11 500 so‘m miqdorida hamda boshqa maqsadlar uchun 1 kub. metr yer usti suv manbalari uchun 71,2 so‘m va yer osti suv manbalari uchun 90,4 so‘m miqdorida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lashlari belgilandi. Bunda mazkur korxonalar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni soliq solish tartibidan (umumbelgilangan yoki soddalashtirilgan soliq solish tartibi) qat’i nazar to‘laydilar

17-jadval

O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining ijrosi 38

Ko‘rsatkichlar

2012 Yil

2013 Yil

o’zgarishi

2014 Yil

o’zgarishi

2015 Yil

o’zgarishi

mlrd.so’m

mlrd.so’m

so’m

%

mlrd.so’m

so’m

%

mlrd.so’m

so’m

%

I. DAROMADLAR (MAQSADLI JAMG‘ARMALARSIZ) - JAMI

21 295,7

26 223,2

4 927,5

23,1

31 730,5

5 507,3

21,0

36 492,7

4 762,2

15,0

3. Resurs to‘lovlari va mulk solig‘i

3 312,5

3 888,2

575,7

17,4

4 311,5

423,3

10,9

4 816,1

504,6

11,7

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

73,9

102,4

28,5

38,6

114,7

12,3

12,0

158,4

43,7

38,1


Yer usti va yer osti manbalaridan foydalaniladigan suv resurslari soliq solish obyekti hisoblanadi.

Mazkur soliqning budjet daromadlaridagi va to’g’ri soliqlardagi salmog’i o’sish tendensiyasiga ega (6-jadvalga qarang). Bu holat ushbu soliq stavkasi 2012-2015 yillar mobaynida oshirilgani bilan izohlanadi. Masalan 2012 yilda ushbu soliq stavkasi yer usti 43,0so’m, yer osti 54,6 so’m tashkil etgan bo’lsa, 2015 yilda ushbu ko’rsatkichi yer usti 71,2 so’m, yer osti 90,4 so’m qilib belgilandi (16-jadvalga qarang). 2012 yilda ushbu soliq tushumi 73,9 mlrd so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2013-yilda bu ko’rsatkich 102,4 mlrd so’mni tashkil etib o’tgan yilga nisbatan 28,5 mlrd so’m ya’ni 38,6%ga o’sgan. 2014 yilda esa 114,7mlrd so’mni tashkil etib 2013 yilga nisbatan12,3 mlrd so’m ya’ni 12% ga oshgan. 2015 yilga kelib jamg’arilgan soliq summasi 158,4 mlrd so’mni tashkil etib 2014 yilga nisbatan 43,7 mlrd so’m ya’ni 38,1%ga o’sish kuzatilgan.


18-jadval

Yuridik shaxslar mol-mulkiga soliq stavkalarini yillar bo’yicha o’zgarishi39




Soliq va boshqa majburiy to‘lov turi

2013 yil

2014 yil

2015 yil

2016 yil

Mol-mulk solig’i

7.

Yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i

3,5 foiz

4 foiz

4 foiz

5 foiz

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 18-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan.

Mol-mulk solig‘ining bazaviy stavkasi 2015 yildagi 4 foizli stavka o‘rniga 2016 yilda 5 foiz miqdorida belgilandi.

Belgilangan (me’yoriy) muddatlarda o‘rnatilmagan uskunalar uchun mol-mulk solig‘i ikki baravar stavkada to‘lanadi.

2016 yil 1 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha modernizatsiya qilingan aeroportlar va «Maxsus aviatsiya ishlari» aviakompaniyasi uchun 5 yil muddatga mol-mulk solig‘ini o‘rnatilgan stavkalarga 0,4 miqdorida pasaytiruvchi koeffitsiyentni qo‘llab to‘lash tartibi joriy etildi.

Eksport qiluvchi korxonalar uchun mol-mulk solig‘i bo‘yicha 2015 yilda amal qilgan, realizatsiyaning umumiy hajmida o‘zi ishlab chiqargan tovarlar, ishlar, xizmatlarning (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish joyidan qat’iy nazar) erkin almashtiriladigan valyutadagi eksporti ulushiga bog‘liq holda soliq solishning regressiv shkalasi saqlanib qolindi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10 oktabrdagi PF-1871-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan ro‘yxatdagi xom ashyo tovarlari mustasno. Eksport ulushi:

– sotishning umumiy hajmida 15 foizdan 30 foizgacha bo‘lganda, belgilangan stavka 30 foizga pasaytiriladi;

– sotishning umumiy hajmida 30 foiz va undan ko‘p bo‘lganda, belgilangan stavka 50 foizga pasaytiriladi.



Bunda, belgilangan (me’yoriy) muddatlarda tugallanmagan qurilish va ishga tushirilmagan uskunalar qiymatiga nisbatan pasaytirilgan stavkalar qo‘llanilmaydi.

19-jadval

O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining ijrosi 40

Ko‘rsatkichlar

2012 Yil

2013 Yil

o’zgarishi

2014 Yil

o’zgarishi

2015 Yil

o’zgarishi

mlrd.so’m

mlrd.so’m

so'm

%

mlrd.so’m

so'm

%

mlrd.so’m

so'm

%

I. DAROMADLAR (MAQSADLI JAMG‘ARMALARSIZ) - JAMI

21 295,7

26 223,2

4 927,5

23,1

31 730,5

5 507,3

21,0

36 492,7

4 762,2

15,0

3. Resurs to‘lovlari va mulk solig‘i

3 312,5

3 888,2

575,7

17,4

4 311,5

423,3

10,9

4 816,1

504,6

11,7

Mulk solig'i

736,1

1 011,6

275,5

37,4

1 273,7

262,1

25,9

1 393,1

119,4

9,4

Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining davlat budjeti daromadlari tarkibidagi ulushi yuqori salmoqqa ega emas. Hozirgi vaqtda ushbu soliqning tushumi O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining soliqli daro­madlarida 3,5 — 4,0 foiz oralig‘ini tashkil etmoqda (7-jadvalga qarang).

2012 yilda ushbu soliq tushumi 736,1 mlrd so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2013-yilda bu ko’rsatkich 1011,6 mlrd so’mni tashkil etib o’tgan yilga nisbatan 275,5 mlrd so’m ya’ni 37,4%ga o’sgan. 2014 yilda esa 1273,7mlrd so’mni tashkil etib 2013 yilga nisbatan 262,1 mlrd so’m ya’ni 25,9% ga oshgan. 2015 yilga kelib jamg’arilgan soliq summasi 1393,1 mlrd so’mni tashkil etib 2014 yilga nisbatan 119,4 mlrd so’m ya’ni 9,4%ga o’sish kuzatilgan.



Jadval ma’lumotlariga ko'ra jami mulkiy soliqlar tushumi oshganligini ko'rish mumkin. Bu holatni soliqqa tortish tartiblarini yanada takomillashib borayotganligi bilan izohlamoq kerak. Bunga bir xil ahamiyatli va samarasiz bo'lgan imtiyozlarni bekor qilinayotganligini misol keltirish mumkin.

Download 277.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling