Kafedrasi rasulov shohrux baxtiyorovich


-rasm. Davlat budjeti daromadlari tarkibida Yuridik shaxlardan olinadigan mol-mulk solig'i ni tutgan o‘rni, foizlarda24


Download 277.2 Kb.
bet5/9
Sana11.06.2020
Hajmi277.2 Kb.
#117155
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MM-73 Rasulov Sh BMI


11-rasm. Davlat budjeti daromadlari tarkibida Yuridik shaxlardan olinadigan mol-mulk solig'i ni tutgan o‘rni, foizlarda24

Yuqoridagi jadval va rasm ma’lumotlaridan ayon bo’lmoqdaki, yagona soliq to’lovining ulushi 2012-yilda 3,5% (resurs to'lovlari tarkibida 22,2%)ni, 2013-yilda 3,9% (resurs to'lovlari tarkibida 26%)ni, 2014- yilda 4% (resurs to'lovlari tarkibida 29,5%)ni ko’rsatgan holda 2015 yilda 3,8% (resurs to'lovlari tarkibida 28,9%)ni tashkil etgan.



2.2. Soliqlar stavkalari o’zgarishining budjet daromadlariga ta’siri

Soliqlaming mamlakat iqtisodi-


yotiga ta’siri, asosan, ulaming stavkalari darajasining miqdori bilan belgilanadi. Respublika soliq tizimining shakllanishini hozirgi bosqichida soliq
stavkalarining darajasi eng munozarali masalalardan
hisoblanadi.

Soliq stavkalari respublika va mahalliy budjetlar xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlashda muvozanat darajasini hamda xo‘jalik subyektlarining moliyaviy imkoniyatlarini belgilaydi. Demak, ular moliya-budjet munosabatlarini sog'lomlashtirish bilan chambarchas bog‘liqdir. Soliq stav­kalari korxonalaming iqtisodiy mustaqilligini ta’minlaganlari holda, moliya-budjet munosabatlarining pul muomalasiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siriga barham bera olishi ham kerak. Bu esa, respublikamizda amalga oshirilayotgan soliq islohotining muhim jihatini tashkil etadi.

Soliq stavkasining ahamiyati soliq obyektini qancha qismi qanday miqdorda majburiy to‘lov sifatida budjetga undirishini xarakterlaydigan masalaga javob beradi.

Budjet daromadlarining hajmi ham ko’p jihatdan soliq satvkalariga bog’liq bunga misol tarzida ko’plab mamlakatlarda xususan bizning Respublikamiz budjeti daromadlarining 90% ortig’ini soliqlar va yig’imlar tashkil etadi. . Biz quyida soliq stavkalarining o’zgarishi budjet daromadlariga qanchalik ta’sir o’tkazishini tahlil qilamiz.


8-jadval




Soliq va boshqa majburiy to’lov turi

2013 yil

2014 yil


2015 yil


2016 yil


Yuridik shaxslar bo‘yicha (%)

1.

Foyda solig‘i (asosiy stavka)

9 foiz

8 foiz

7,5 foiz

7,5 foiz

Tijorat banklari uchun

15 foiz

15 foiz

15 foiz

15 foiz
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i stavkalarini yillar bo’yicha o’zgarishi25

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-2455-sonli qaroriga muvofiq ushbu soliq turida quyidagi o’zgarishlar mavjud.

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 8-ilovasiga muvofiq tasdiqlandi.

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining bazaviy stavkasi 2015 yil darajasida – 7,5 foiz miqdorida saqlanib qolindi.



Tijorat banklari uchun soliq stavkasi ham 2015 yil darajasida – 15 foiz miqdorida saqlanib qolindi.

12-rasm. Foyda solig'i stavkalari yillar davomida o'zgarishi. (%da) 26

2016 yilning 1 yanvaridan boshlab mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) uchun rentabellik darajasidan kelib chiqib foyda solig‘i bo‘yicha soliq stavkalari quyidagicha belgilandi:



  • rentabellik darajasi 20 foizgacha - 7,5 foiz miqdorida;

  • rentabellik darajasi 20 foizdan yuqori bo‘lgan foyda summasiga - 50 foiz miqdorida. Rentabellik foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foyda summasining sotilgan mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxiga nisbati sifatida aniqlanadi.

Bunda, eksport ulushi bo‘yicha pasaytiriladigan stavkalar rentabellik darajasi 20 foizdan yuqori bo‘lgan foyda summasi bo‘yicha qo‘llaniladigan 50 foizlik stavkaga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) uchun foyda solig‘ining hisoblanishi va to‘lanishi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.

Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) uchun foyda solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi Adliya vazirligida ro‘yxatga olingandan so‘ng soliq to‘lovchilarga belgilangan tartibda yetkaziladi.

2. Eksport qiluvchi korxonalar uchun o‘zi ishlab chiqargan tovarlar, ishlar, xizmatlar eksportining (ishlarni bajarish, xizmatlarni ko‘rsatish joyidan qat’i nazar) erkin almashtiriladigan valyutadagi ulushiga bog‘liq holda foyda solig‘i stavkasini pasaytirish tartibi saqlanib qolindi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10 oktabrdagi PF-1871-son Farmoni bilan tasdiqlangan ro‘yxatda keltirilgan xom ashyo mahsulotlari mustasno.

Eksport ulushi:

– sotishning umumiy hajmida 15 foizdan 30 foizgacha bo‘lganda, belgilangan stavka 30 foizga pasaytiriladi;

– sotishning umumiy hajmida 30 foiz va undan ko‘p bo‘lganda, belgilangan stavka 50 foizga pasaytiriladi.

3. Auksionlar o‘tkazishdan, gastrol-konsert faoliyati bilan shug‘ullanishga litsenziyasi bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarni (shu jumladan norezidentlarni) jalb etish yo‘li bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromad oluvchi yuridik shaxslar uchun foyda solig‘i stavkasi soliq solinadigan bazaga nisbatan 2015 yil darajasida 35 foiz miqdorida saqlanib qolindi.



4. O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida to‘lanadigan daromadlarga soliq stavkasi 10 foiz miqdorida saqlanib qolingan.

9-jadval

O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining ijrosi27

Ko‘rsatkichlar

2012 Yil

2013 Yil

o’zgarishi

2014 Yil

o’zgarishi

2015 Yil

o’zgarishi

mlrd.so’m

mlrd.so’m

so’m

%

mlrd.so’m

so'm

%

mlrd.so’m

so'm

%

I. DAROMADLAR (MAQSADLI JAMG‘ARMALARSIZ) – JAMI

21 295,7

26 223,2

4 927,5

23,1

31 730,5

5 507,3

21,0

36 492,7

4 762,2

15,0

1. Bevosita soliqlar

5 414,2

6 353,7

939,5

17,4

7 433,0

1 079,3

17,0

8 798,5

1 365,5

18,4

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i

1 001,1

1 038,8

37,7

3,8

1 120,2

81,4

7,8

1 180,5

60,3

5,4

Tahlil natijalari shuni ko’rsatmoqdaki, to’g’ri soliqlarning umumiy hajmida salmog’iga ko’ra ikkinchi o’rinni yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i egallaydi (birinchi o’rinda jismoniy shaxslar daromadi solig’i.). Mazkur soliqning budjet daromadlaridagi va to’g’ri soliqlardagi salmog’i pasayish tendensiyasiga ega (2-jadvalga qarang). Bu holat ushbu soliq stavkasi 2012-2015 yillar mobaynida pasaytirilganligi bilan izohlanadi. Masalan 2012 yilda ushbu soliq stavkasi 9% tashkil etgan bo’lsa, 2015 yilda ushbu ko’rsatkichi 7,5% qilib belgilandi (8-jadvalga qarang). Garchi yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining salmog’ jihatdan budjet daromadlaridagi ko’rsatkichi pasayish holatida bo’lsa ham, uning miqdor jihatdan ko’rsatkichi o’sish tendensiyasiga egadir. Masalan 2012 yilda ushbu soliq tushumi 1001,1 mlrd so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2013-yilda bu ko’rsatkich 1038,8 mlrd so’mni tashkil etib o’tgan yilga nisbatan 37,7 mlrd so’m ya’ni 3,8%ga o’sgan. 2014 yilda esa 1120.2mlrd so’mni tashkil etib 2013 yilga nisbatan 81,4 mlrd so’m ya’ni 7,8% ga oshgan. 2015 yilga kelib jamg’arilgan soliq summasi 1180,5 mlrd



so’mni tashkil etib 2014 yilga nisbatan 60,3 mlrd so’m ya’ni 5,4%ga o’sish kuzatilgan. Ushbu soliq stavkasi kamaytirilishi budjet daromadlaridagi tushumlarni qisqartirmagan. Bunga sabab yuridik shaxslarning soni yildan yilga ortib borayotganidir.

10-jadval




Soliq va boshqa majburiy to‘lov turi

2013 yil

2014 yil

2015 yil

2016 yil

Yagona soliq to’lovi

3.

Yagona soliq to‘lovi (transport, aloqa, qurilish, ta’mirlash, loyiha, loyiha-qidiruv, turarjoy-kommunal xo‘jaligi, maishiy xizmat, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at, dam olish va sayohlik, fan va ilmiy xizmat ko‘rsatish va boshqalar)

6 foiz

6 foiz

6 foiz

5 foiz

umumiy ovqatlanish korxonalari

10 foiz

10 foiz

10 foiz

10 foiz

ulardan: umumiy ta’lim maktablari, maktab-internatlar, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy o‘quv yurtlariga xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalari

8 foiz

8 foiz

8 foiz

8 foiz

boshqa aholi punktlarida chakana savdo korxonalari

2 foiz

2 foiz

2 foiz

2 foiz

borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda chakana savdo korxonalari

1 foiz

1 foiz

1 foiz

1 foiz

ulgurji savdo korxonalari

5 foiz

5 foiz

5 foiz

5 foiz
Yagona soliq to’lovi stavkalarini yillar bo’yicha o’zgarishi (%)28
Yagona soliq to‘lovining stavkalari mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun (savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan tashqari) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 10-1-ilovasiga muvofiq, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shu jumladan, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun 10-2-ilovasiga muvofiq hamda ayrim toifadagi korxonalar uchun 10-3-ilovasiga muvofiq tasdiqlandi.

2016 yil 1 yanvardan boshlab iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi mikrofirma va kichik korxonalar (bundan 10-1-ilovaning 2-7-bandlarida nazarda tutilganlar mustasno) uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 5 foiz miqdorida belgilandi.



Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (bojxona brokerlari) uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 2015 yildagi soliq stavkasiga nisbatan 1 foizli punktga pasaytirilib, 2016 yil 1 yanvardan boshlab 5 foiz qilib belgilandi.



Download 277.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling