Мавзу: Жисмоний тарбия дарсларида таълимнинг замонавий


Download 237 Kb.
bet12/16
Sana08.03.2023
Hajmi237 Kb.
#1248351
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
8-9 sinflarda dars o\'tish uslubiyoti

Darsni yakunlov qismi jismoniy va hayajonli qo’zg’alishlarni darajasini asta-sekinlik bilan tushirish uchun qo’llaniladi. Ammo bu bilan yakunlov qismni tugallanmaydi. Yakunlov qismining bosh vazifasi darsga yakun yasash, ya’ni o’qituvchi tomonidan o’quvchilar faoliyatini baholash. Darsga yakun yasash o’qituvchi o’quvchilarni kelgusi darsga mo’ljallaydi, uyga vazifa beradi, avvalgilarni tekshiradi, baho qo’yadi.
Uyga vazifani darsni hohlagan qismida berish mumkin, ammo uni darsni yakunlov qismida albatta takrorlash zarur. Uyga berilgan vazifani ham darsni hohlagan qismida berish mumkin. Uni tekshirish yakka tartibda va frontal bo’lishi mumkin.
Shunday qilib yakunlov qismni erishilgan va oldinda turgan ishlar orasida alohidagi aloqa laxzasi deb qarash zarur.
Jismoniy tarbiya darsi uchun shug’ullanuvchilar faoliyatini va yuk me’yorini o’lchash tartib va qoidaga bo’ysundirish uni xarakterlari tomonlaridan iborat. Bu bilan darsga sog’lomlashtirishga yo’lantirilganligiga qisman erishiladi. Oz yuk zaruri samaradorlikni bermaydi, uchta yuqorilari esa bolalar salomatligiga ziyon etkazadi. Har bir mashqni o’zlashtirib olishlik ma’lum darajada qaytalash sonini talab etadi. Nihoyat organizmga yuqori talablarni qo’ymasdan, jismoniy yuk me’yorini to’g’ri belgilamasdan jismoniy sifatlarni tarbiyalash mumkin emas. Jismoniy yuk bu shug’ullanuvchilar organizmiga jismoniy mashqlarni ma’lum me’yori. Jismoniy yuk me’yorini o’lchash-demak, uning hajmini va tezligini almashtirishdan iborat.
Jismoniy yuklar hajmi bajarilgan mashqlar soni, og’irligi, bosib o’tilgan masofani uzunligi bilan aniqlanadi. Intensivlik aniq ish hajmini bajarishga sarflangan vaqt bilan xarakterlanadi. Aytilgan xarakteristikalar - bu yukni tashkiliy ko’rinishi xolos. Ulardan o’qituvchi darsga tayyorlanishidan foydalanadi.
Fiziologiyadan ma’lumki, jismoniy yuklarga organizmni reaktsiya javobi ko’p. Integral ko’rsatgich –yurak qisqarishi chastotasining miqdoridan iborat, YuKCh. Asosiy meditsina guruhidagi o’quvchilar uchun intensiv jismoniy mashqlardan so’ng YuKChni yuqori chegarasi minutiga 170-180 uradi, yaxshi tayyorlangan o’quvchilar uchun minutiga 200 gacha.
Dars jarayonida, ayniqsa mashqlanishda, trenirovka chidamlilik, tezlik, kuchni tarbiyalash vazifalarini hal etish uchun o’qituvchi o’quvchilar puls chastotasini nazorat qilib turishi kerak. Ayniqsa tolishni tashqi belgilari vujudga kelayotganini sezishi zarur. Tolishni o’rta darajasidagi nafas olish tezlashida intensiv kuchlanish pasayadi, harakat tezligi pasayadi, uyg’unlik yo’qoladi.
Ma’lum darajada tolganda, nafas olish tezlashadi, yuz oqaradi, uyg’unlik tez buziladi, harakat tangligi vujudga keladi. Kuchli tolish belgilari sezilganda jismoniy yuklarni pasaytirib, o’quvchilarga dam berish zarur. Darsda eng samarali jismoniy yuklarni boshqarish usullari quyidagilardan iborat:

Download 237 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling