Sun’iy sovuqlik olish asoslari ppt


Download 434.94 Kb.
Sana30.10.2023
Hajmi434.94 Kb.
#1734564

Reja:
1. Sovuqlik olish usullari
2. Muz yordamida sovuqlik olish
3. Mashinali sovitish
Sun’iy sovuqlik olish asoslari
Sovuqlik olish usullari
Issiqlik va sovuqlikning fizikaviy tabiati bir xil bo‘lib, farqi molekula va atomlarning harakat tezligidadir. Issiqroq jism zarrachalarining harakat tezligi sovuqroqnikiga nisbatan kattaroq bo‘ladi. Jismga issiqlik uzatilishi natijasida zarrachalar harakat jadalligi ortib boradi va aksincha, issiqlik jismdan olib ketilsa harakat jadalligi pasayadi. Shunday qilib, issiqlik energiyasi bu molekula va atomlar harakatining ichki energiyasi hisoblanadi.
Jismni sovitish – bu undan issiqlikni olish va shu bilan uning temperaturasini pasayishtirish
Bunday sovitish tabiiy sovitish deb ataladi.
Sovitishning eng oddiy usuli – sovitilayotgan jism bilan atrof-muhit – tashqi havo, daryo yoki dengiz suvlari orasida issiqlik almashinishi.
Lekin bu usulda, issiqlik almashinish yuqori darajada bo‘lsa ham, sovitilayotgan jismning temperaturasini atrof-muhit temperaturasidan pasaytirish mumkin emas.
Jismni atrof-muhit temperaturasidan past temperaturagacha sovitish sun’iy sovitish deb ataladi. Buning uchun, amaliyotda asosan issiqlik tashuvchining agregat holati o‘zgarishi bilan kechadigan yashirin issiqlik ishlatiladi. Sun’iy sovuqlik olishning bir necha usullari mavjud. Bularning ichida eng oddiysi muz yoki qor bilan sovitish. Muz yoki qorning erishi natijasida ko‘p miqdorda issiqlik olib ketiladi. Agar tashqaridan kiruvchi issiqlik oqimlari kam bo‘lib, qor yoki muz bilan issiqlik almashinish yuzasi katta bo‘lsa, sovitilayotgan muhit temperaturasini 00C gacha pasaytirish mumkin.
Uyurmaviy quvur
1-drossel ventiliga
2-soploga
3-diafragmadagi teshik
Tajribalar bunday qurilma yordamida sovuq oqim temperaturasi tx= -10÷-50ºS, issiq oqim temperaturasi tg=100÷1300S olish mumkinligini ko‘rsatadi.
Uyurmaviy quvurda sovitish jarayoni juda katta elektr quvvati sarflashni talab qiladi. Afzalligi konsruktiv jihatdan sodda, ishlash qobiliyati yuqori. Sovitish mashinalarida sovuqlik ishchi modda sovitish agentlari yordamida amalga oshiriladi. Sovitish agentlari sifatida bug‘, gaz, suvli yoki metalli aralashmalar ishlatilishi mumkin.
Absorbsion sovitish mashinalari (ASM) sun’iy sovuqlik talab etiladigan turli sohalarda qo‘llaniladi. Bu mashinalarning samaradorligi ko‘p jihatdan uni ishlatishga sarflanayotgan issiqlik miqdoriga bog‘liq. Shuning uchun absorbsion mashinalarni arzon issiqlik manbai bor bo‘lgan hollarda qo‘llash maqsadga muvofiq.
Absorbsion mashina sxemasi
Termoelektrik sovitish
Termo elementlarni ketma-ket batareya qilib ulash ham mumkin. Agarda termoelement orqali o‘zgarmas tok o‘tkazilsa payvandning bittasida Qo issiqlik yutiladi va u Tx gacha soviydi, ikkinchsidan Qg issiqlik ajraydi va u tg gacha qiziydi. Ixchamligi, shovqinsizligi va ishchi moddalarning qo‘llanilmasligi bu uslubning afzalligidir, Lekin elektr quvvatining ko‘p sarflanishi uning kamchiligidir.
Muz yordamida sovuqlik olish
Muz bilan sovitish quyidagi kamchiliklarga ega:
– saqlash temperaturasi muzni erish temperaturasi bilan cheklangan (odatda muz bilan sovitiladigan omborlarda havoning temperaturasi 5-80S bo‘ladi);
– muzlatkichni muz bilan umumiy sovitish davriga yetadigan qilib ta’minlash kerak va zaruriyat bo‘lganda qo‘shib turish zarur;
– muzni tayyorlash va saqlash katta mehnat talab qiladi;
– ombor mahsulotlarni saqlash uchun ketadigan joydan muz 3 barobar ko‘proq joyni talab qiladi;
– oziq ovqat mahsulotlarini saqlash va muz erishidan hosil bo‘lgan suvlarni olib chiqish uchun katta mehnat talab qilinadi.
Quruq muzning fizik xususiyatlari quyidagicha:
– atmosfera bosimidagi sublimatsiya temperaturasi tcub = –78,90S;
– sublimatsiya issiqligi (1 kg qattiq uglyokislotaning sublimatsiya jarayonida yutgan issiqligi):
qsub = 574,6 kJ/kg.
Quruq muz suv muziga qaraganda quyidagi afzalliklarga ega:
– nisbatan past temperatura olish mumkin;
– 1 kg quruq muzning sovitish samarasi 1kg suv muzinikidan 2 barobar ko‘p;
– sublimatsiya jarayonida quruq muz gaz holatidagi uglyokislotaga aylanadi va bu mahsulotlarni yaxshi saqlanishiga olib keladi.
Mashinali sovitish
Eng ko‘p tarqalgan va ekspluatatsiya paytida qulay bo‘lgan sovitish usuli – mashinali sovitish usuli hisoblanadi.
1930-yillarda XFU, GXFU va kichik gabaritli elektrodvigatellar o‘ylab topilganidan so‘ng, turmushda mexanik sovitish mashinalari ishlatila boshlandi. Bundan tashqari ko‘p oilalar sovitish ammiakning suv bug‘ini yutish prinsipiga asoslangan gazli muzlatkichlardan foydalanishgan. Bunda yutilish dvigatel bilan emas balki gaz bilan amalga oshiriladi. Bu sovitkichlar hozirda ham avtomobillarda qo‘llaniladi.
Mashinali sovitish
Bug‘ kompressor sovitish mashinasi siklini tushunish uchun unga kiradigan har bir jarayonlarni alohida o‘rganish kerak bo‘ladi. Bu jarayonlarni o‘rganishda siklning diagramma yoki grafik chizmalar idan foydalanish maqsadga muvofiq. Sovitish sikllarini grafik chizmalarda o‘rganish jarayon davomida kechayotgan o‘zgarishlarni ko‘rish imkonini beradi va bunda siklga bog‘liq bo‘lgan har bir kattaliklarning son jihatidan o‘zgarishini qayd qilish mumkin bo‘ladi.
Egri chiziqlarning chap va o‘ng taraflarida mos ravishda o‘ta sovigan suyuqliq hamda o‘ta qizigan bug‘ yotadi. Egri chiziq ichida esa suyuqlik va bug‘ aralashmasi bo‘ladi.
Bu jarayonda To‘yingan suyuqlik o‘ta sovugan holatiga o‘tadi, ya’ni temperaturasi kondensatsiya temperaturasidan pasayadi. Suyuqlikning o‘ta sovitilishi energetik samaradorlik beradi.
E’TIBORINGIZ UCHUN
RAHMAT!
Download 434.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling