Mavzu: Jismoniy mashq qilish samaralarining o`ziga xosligi va fiziologik harakatlari Reja
Download 35.23 Kb.
|
Jismoniy mashq qilish samaralarining o`ziga xosligi va fiziologik harakatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy mashqlar erkin harakat vositasi sifatida qo`llanishi kun tartibida jismoniy mashqlar orni va ahamiyati
- Sport turlarining fiziologik tavsifi
Mavzu: Jismoniy mashq qilish samaralarining o`ziga xosligi va fiziologik harakatlari Reja Sport turlarining fiziologik tavsifi Statik va dinamik ish Standart va nostandart harakatlar Siklik va asiklik harakatlar Jismoniy mashqlar erkin harakat vositasi sifatida qo`llanishi kun tartibida jismoniy mashqlar orni va ahamiyati Jismoniy mashqlar erkin harakat sifatida qo`llanishining fiziologik me`yorlari. Sport fiziologiyasi organizmning juda xilma-xil funksiyalari holatini ro‘yxatga olish imkoniyatini beruvchi tajriba, tadqiqot usullarining katta arsenaliga ega. Umuman, odamlarda o‘tkaziladigan fiziologik tajribalarda bioelektrik, tenzometrik, fotometrik, telemetrik, rentgenoskopik va fizik tadqiqotlarning boshqa usullari katta ahamiyat kasb etmoqda. Organizmning faoliyatini o‘rganishda zamonaviy kompyuter texnologiyasidan foydalanish juda qo‘l kelmoqda. Sport turlarining fiziologik tavsifi Sport fiziologiyasi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishdagi bir qator muammolarni hal etishda sezilarli darajada o‘z ulushini qo‘shmoqda. Masalan, jismoniy yuklamalar va mashqlarga adaptatsiya, yoshga oid jismoniy rivojlanish, organizmning barqarorligi va reaktivligi, funksional holatlarini aniqlash va ularning buzilishlarini oldini olish kabilar va h. k. Ushbu tadqiqotlar, jismoniy tarbiya va sport trenirovkasi tizimini, uning sog‘lomlashtirish vazifasini, aholining turli tabaqalari uchun mashg‘ulotlarning ratsional rejimini, yuqori sport ishchanligiga erishish va uni ushlab turish vositalari va usullarini ilmiy asoslashda katta rol o‘ynamoqda. Hozirda, ommaviy jismoniy tarbiya odamlar turmush tarzining ajralmas qismi bo‘lib qolayotgan sport trenirovkasi esa, yuqori yuklamalar bilan tavsiflanadigan, musobaqalarning borgan sari kuchayishi va sportda ixtisoslashish yosharayotgan paytda sport fiziologiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarning ahamiyati Organizmning barcha muhim funksiyasi — nafas olish, qon aylanish, yutish, siydik chiqarilish, defekatsiya, gavdani fazoda ko‘chishi (harakatlar) oxir-oqibatda mushaklarning qisqarishi bilan amalga oshiriladi. Odamning har qanday harakati skelet mushaklarining (mushaklarning) funksiyasi bilan bog‘liq. Jismoniy mashqlarning umumiy tasnifini, mos ravishdagi mashqlarni amalga oshiradigan mushaklar faolligining uchta asosiy tavsiflarga ajratish mumkin: 1) faol mushak massasining hajmi; 2) mushak qisqarishlarining tiplari (statik yoki dinamik); 3) qisqarishlarning kuchi yoki quvvati. Musobaqalashuv sport mashqlarida harakat amallarining majmuasi bo‘lib, imkoni boricha maksimal sport natijasiga erishishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Jismoniy mashqlarning shu jumladan, sport mashqlari sonining ko‘pligi, ularni tasniflash zaruratini keltirib chiqaradi. Fiziologik tasniflash, funksional tavsiflari o‘xshash bo‘lgan jismoniy mashqlarni bir xil guruhlarga birlashtiradi. Bir tomondan, bular shunday jismoniy mashqlarki, ularni muvaffaqiyatli bajarish uchun jismoniy tarbiyaning o‘xshash rejimlari, vositalari va usullari ma’lum bir darajada qo‘llanishi mumkin. Boshqa tomondan, bitta guruhga shunday jismoniy mashqlar birlashtiriladiki, ular jismoniy tarbiya tizimida teng darajada ishlatilishi mumkin. Bundan ko‘zlangan maqsad — bir xil fiziologik a’zolar, tizimlar va mexanizmlarning funksional imkoniyatlarini, demak, bir xil jismoniy sifatlarni oshirishdan iborat. Masalan, chidamlilikning rivojlanish ko‘rsatkichini belgilovchi yurak-qon tomir va nafas tizimlarining imkoniyatlari, turli jismoniy mashqlarning (uzoq muddatli yugurish, velosiped haydash, suzish, chang‘ida uchish) bir xil guruhini qo‘llagan paytda muvaffaqiyatli darajada ortishi mumkin. Download 35.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling