Mavzu: Jismoniy mashqlarning odam organizmi funksiyalariga
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq3-sport taq
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 Tezlik va tezlashuvchi-kuchlilik mashqlarni o’rganishning fiziologik asoslari. Zararli odatlarning inson organizmiga salbiy ta’sirlarini o’rganish
Mavzu: Jismoniy mashqlarning odam organizmi funksiyalariga ta’siri. Tezlik va tezlashuvchi-kuchlilik mashqlarni o’rganishning fiziologik asoslari. Zararli odatlarning inson organizmiga salbiy ta’sirlarini o’rganish Reja: 1 Jismoniy mashqlarning odam organizmi funksiyalariga ta’siri. 2 Tezlik va tezlashuvchi-kuchlilik mashqlarni o’rganishning fiziologik asoslari. Zararli odatlarning inson organizmiga salbiy ta’sirlarini o’rganish Inson organizmining rivojlanishida harakat, muskul faoliyati, jismoniy ish muhim o’rin tutadi, chunki uning hayot kechirishi, turmush tarzi bevosita faol harakat qilishni taqoza qiladi. Bunday bog’lanish inson paydo bo’lganidan beri hayot kechirishning ajralmas qismi bo’lib evolyusion yo’l bilan mustahkamlangan. Shu sababli harkat faqat yashash uchun kerak bo’lib qolmasdan (ovqat topib yeyish, dushmandan o’zini himoya qilish, noqulay omillardan muhofazalanish va boshqalar), barcha tashqi va ichki a'zolarning ham me'yoriy ishlashi uchun zaruratga aylangan. Hozirgi sharoitda esa texnikaning tezlik bilan rivojlanishi, turmushda avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirishning toboro keng ko’lamda qo’llanilishi insonning bevosita harakat qilishini ancha-muncha cheklab qo’ydi. Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari bilan muntazam ravishda shug’ullanish ish qobiliyatining oshishiga, mehnat unumdorligining yuqori bo’lishiga olib keladi. Bu fikrni ham ko’pgina misollar bilan tasdiqlash mumkin. Tikuvchilik fabrikasida monoton (bir xil) mehnat qiladiganlarning vaqti-vaqti bilan (har ikki soatda) maxsus badantarbiya mashqlari bajarib turganlari ishlab chiqarish unumdorligida yaxshi ko’rsatgichlarga erishgan. Nafaqat qo’l kuchi bilan ish bajaradiganlar, aqliy mehnat qiluvchilar ham tegishli vaqt o’tishi bilan maxsus jismoniy mashqlar bajarib tursa unumli ishlaydi. Demak, inson organizmiga uning faol va sog’lom hayot kechirishi uchun ovqat, havo va suv bilan bir qatorda yetarli darajada jismoniy harakat qilib turishi ham zarur ekanligi shubhasiz. Gipodinamiya va uning organizm funksional holatiga ta'siri. Gipodinamiya (yunoncha hypo - past, kam, dynamis - kuch) u organizm funksiyalarida (harakat - tayanch apparati qon aylanish, nafas olish, ichki sekretsiya bezlari, ovqat hazm qilish tizimlari, asab tizimi hamda moddalar va energiya almashinuvi faoliyatida) kam harakatlilik tufayli kelib chiqadigan nuqsonlar. Ba'zan bu atama gipokeniziya so’zi bilan almashtiriladi, (Kinesis - harakat) bu unchalik to’g’ri emas. chunki gipokeniz atamasi ko’pincha harakatning ilojsiz cheklanishi (masalan, kasallik tufayli ko’rpa to’shak rejimida yotish) ifodalaydi. Gipodinamiyaning kelib chiqishida, qayd qilganimizdek, ishlab chiqarishning avtomatlashtirilishi va texnikaviy rivojlanish tufayli turmush tarzida bevosita harakat qilishning toboro qisqarib borishi asosiy sabab bo’lmoqda. Hisob-kitob qilinishicha har sutkada odam o’rtacha umumiy energiyasining 1300-1500 kaloriyasini jismoniy ishga sarflangandagina uning jismoniy harakatga nisbatan talabi qonadi. Agar buni bevosita harakat qilishga chiqsak bir kecha-yu kunduz davomida odam o’rtacha 11000 qadam bosishi kerak. Buning ichiga kun uzog’ida qilingan barcha hatti-harakatlar (ertalab uyqudan turgandan barcha tirikchilik va kundalik ish bilan bog’liq harakat faoliyati) ham kiradi. Harakatning tezligi qanchalik yuqori bo‘lsa, namoyon bo‘ladigan kuch shunchalik kichkina bo‘ladi va aksincha. Turli sport mashqlari, «kuch-tezlik» egri chizig‘ining har xil nuqtalariga mos keladi. Mushakning maksimal izometrik kuchiga yaqin yoki teng bo‘lgan tashqi yuklamalik mashqlar — xususan — kuchli mashqlar hisoblanadi. Masalan, «qo‘llarda turish», «krest» kabi gimnastik mashqlar, halqalarda «oldingi muvozanat», maksimalga yaqin yoki maksimal og‘irlikdagi shtanga bilan bajariladigan og‘ir atletika mashqlari, shular jumlasidandir. Tashqi qarshilik kamaygan paytida harakat tezligi ortadi, namoyon bo‘ladigan mushak kuchi esa pasayadi. Bajarilishi paytida, mushak qisqarishlarining nisbatan katta kuchi va tezligi namoyon bo‘ladigan, maksimal izometrik kuchdan 40—70% ga teng tashqi yuklamaga, ya’ni katta quvvatga ega bo‘lgan mashqlar, tezlik- kuch mashqlari turiga, (qisqa masofaga yugurish, sakrashlar) kiradi. Zamonaviy tibbiyot natijalariga suyangan holda shuni aniq aytishimiz mumkinki, tamaki tarkibida yigirmadan ortiq zaharli moddalar mavjud bo‘lib, ular ichida eng zaharlisi nikotindir. Inson sigareta chekkanda, nikotin tutun orqali o‘pkaga, keyin esa qonga so‘rilib, yurak-qon tomir sistemasiga salbiy ta’sir etadi. Qon tomirlari torayib, bosim oshadi. Yurak urishi tezlashadi. Bu holat yurak muskullarini ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Bu hol tez-tez takrorlanavergach, borib-borib yurak infarkti, stenokardiya kabi kasalliklar boshlanishi mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda, chekuvchilarda chekmaydiganlarga nisbatan o‘n ikki marta ko‘proq yurak-qon tomir xastaliklari uchraydi.Tamaki bosh miya hujayralariga ham ta’sir etmay qolmaydi. Chekuvchida uyqusizlik, bosh og‘rig‘i boshlanadi. Oqibatda esa markaziy nerv sistemasi faoliyati buziladi. Ko‘p chekadigan kishi tez-tez balg‘am tashlaydi. Tez yursa, jismoniy mehnat qilsa, hansiraydigan bo‘lib qoladi. Ayrim hollarda ko‘p tamaki iste’mol qilish chekuvchini ruhiy xastaliklarga duchor qilishi mumkin. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling