Mavzu: Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i


Download 323 Kb.
bet1/4
Sana02.01.2022
Hajmi323 Kb.
#191062
  1   2   3   4
Bog'liq
4-Mavzu амалий машғулот a18b7db88f80f385d452d04e37a100ac


Mavzu: Qo’shilgan qiymat solig’i

Umumiy tushuncha: Qo‘shilgan qiymat solig‘i – har bir ishlab chiqarish bosqichida va realizatsiya jarayonida undiriladigan ko‘p qirrali bilvosita soliqdir. Korxona kundalik xo‘jalik faoliyatida mahsulot yetkazib beruvchilardan tovar va xom-ashyo sotib oladi va ulardan mahsulot yoki ish, xizmatlar ishlab chiqaradi. Demak, qayta ishlab chiqarish, ishlab chiqarish va sotishda qo‘shilgan qiymat yaratiladi. Qo‘shilgan qiymat o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymati bilan ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan tovarlar, xom-ashyolar va xizmatlarning qiymati o‘rtasidagi farqdan iboratdir.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar quyidagilardir:

1) soliq solinadigan oborotlarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar;

2) O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan amalga oshirilayotgan soliq solinadigan oborotlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lash bo‘yicha majburiyat yuklatiladigan yuridik shaxslar;

3) tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar, o‘z ehtiyojlari uchun bojsiz olib kirish normalari doirasida tovarlar olib kiruvchi jismoniy shaxslar bundan mustasno;

4) oddiy shirkat soliq solinadigan oborotlarni amalga oshirayotganda zimmasiga uning ishlarini yuritish yuklatilgan (ishonchli shaxs) sherik (ishtirokchi) - yuridik shaxs.

QQSning soliq solish ob’ekti soliq solinadigan oborot va soliq solinadigan import hisoblanadi.

Soliq solinadigan baza realizatsiya qilinayotgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati asosida, unga qo‘shilgan qiymat solig‘ini kiritmagan holda aniqlanadi.

. 2000 yildan 2018 yilgacha respublikamizda qo‘shilgan qiymat solig‘ining 20 foizli va nol darajali stavkalari amal qildi.2019 yildan 15 % belgilangan.

Qo‘shilgan qiymat solig‘idan boshqa soliq turlariga nisbatan ko‘proq imtiyozlar ko‘zda tutilgan bo‘lib, ular Soliq kodeksida to‘rt guruhga bo‘lib berilgan. Ular quyidagi 1-chizma orqali tasvirlangan:

QQSni hisoblanish tartibi quyidagi formulalar orqali amalga oshiriladi:

1.Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi belgilangan stavkalar asosida quyidagicha aniqlanadi:

QQs = Tsq x Ss,

yoki

QQs = (Tsq + As) x Ss,



bu yerda:

QQs – iste’molchilardan undiriladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi;

Tsq – tovarlaning sotish qiymati;

Ss – qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi;

As – aksiz solig‘i summasi (aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlar uchun).

1-chizma



2. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) qo‘shilgan qiymat solig‘ini o‘z ichiga

olgan narxlar va ta’riflar bo‘yicha sotilganda soliq quyidagicha aniqlanadi:

QQs = Tsq x Ss / (Ss + 100),

bu yerda:

Tsq – qo‘shilgan qiymat solig‘i ham hisobga olingan tovarlar (ishlar,

xizmatlar) qiymati.

3. Import qilinayotgan tovarlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi quyidagicha aniqlanadi:

QQs = (Tbq + Bb) x Ss,

yoki

QQs = (Tbq + As + Bb) x Ss,



bu yerda:

Tbq – tovarlaning bojxona qiymati;

Bb – bojxona boji;

As – aksiz solig‘i summasi (aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlar uchun).

Qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan:

qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan - yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda;

mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan - har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:

qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan - qo‘shilgan qiymat solig‘i hisob-kitobini taqdim etish uchun belgilangan kundan kechiktirmay;

mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan - har oyda, keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay.

Import qilinadigan tovarlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.


Download 323 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling