Mavzu: Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i
T/r Tovarlar (xizmatlar) nomi
Download 323 Kb.
|
4-Mavzu амалий машғулот a18b7db88f80f385d452d04e37a100ac
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2020 yil 1 oktyabrdan
Aksiz solig‘ini hisoblab chiqarish aniqlanadigan soliq solinadigan bazadan va aksiz solig‘ining belgilangan stavkalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.1.O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlarga: a) Tayyor mahsulot birligiga aksiz solig‘ining qat’iy stavkalari belgilangan mahsulot bo‘yicha (vino, shampan vinosi, pivo, vino mahsulotlari hamda tamaki mahsulotlari) bo‘yicha aksiz solig‘i summasi quyidagicha aniqlanadi: As = Tnkh x Ss, bu yerda: As – aksiz solig‘i summasi; Tnkh – tegishli o‘lchov birligida sotilgan mahsulotning natura ko‘rsatkichlaridagi hajmi; Ss – aksiz solig‘ining qat’iy stavkasi, o‘lchov birligi so‘mlarda. b) Boshqa aksiz to‘lanadiga mahsulotlar boyicha aksiz solig‘i summasi quyidagicha aniqlanadi: As = Tsq x Ss, bu yerda: As – aksiz solig‘i summasi; Tsq – o‘z ichiga aksiz va qo‘shilgan qiymat solig‘ini olmagan tovarlarning sotish qiymati; Ss – aksiz solig‘i stavkasi. 2. O‘zbekistonga import qilinadigan tovarlarga: Import qilinayotgan aksiz to‘lanadigan tovarlar hisob-kitobi uchun aksiz solig‘i qat’iy stavkalarda bo‘lsa (1) formula, aksiz solig‘ining stavkalari foizlarda bo‘lsa quyidagicha hisoblanadi: As = Tbq x Ss, bu yerda: Tbq – bojxona qonunchiligiga muvofiq tovarning aniqlangan bojxona qiymati; Aksiz solig‘ining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi. Aksiz solig‘ini to‘lash hisob-kitoblarni topshirish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.Import qilinadigan tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘ini to‘lash bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Aksiz markalari ishlab chiqariladigan va import qilinadigan aksiz tovarlarining turlariga bog‘liq ravishda harfiy va raqamli belgilar bilan markalanadi hamda quyidagi turlarga bo‘linadi: IM – mahsulot O‘zbekiston Republikasi hududiga import bo‘yicha olib kelingan; O’Z – mahsulot O‘zbekiston Republikasi hududida ishlab chiqarilgan; 98 – dastlabki ikki belgi – aksiz markasi bosib chiqarilgan yil; 01 yoki 001 – keyingi ikki yoki uchta belgi – ishlab chiqaruvchi korxonalarga (importchilarga) tegishlicha tamaki mahsuloti yoki alkogolli ichimlik bo‘yicha beriladigan kod raqamlari; 4 raqam belgisi aksiz markalarida tamaki mahsuloini bildiradi; 5 raqam belgisi aksiz markalarida alkogolli mahsulotni bildiradi; 98 bilan tugaydigan oxirgi raqamlar O‘zbekiston Respublikasi hududiga aksiz tovarlari mayda turkumlar bilan olib kelinganligini anglatadi; 99 bilan tugaydigan oxirgi raqamlar musodara qilingan aksiz tovarlari anglatadi. Mavzu bo‘yicha savollar. Aksiz solig‘i qachon joriy etildi? Aksiz solig‘i to‘lovchilar qanday guruhlanadi? Aksiz osti tovarlarini aniqlash mezonlari qanday? Aksiz solig‘i ob’ekti nimalardan iborat? Aksiz solig‘ining bazasi qanday aniqlanadi? Aksiz solig‘ini to‘lashdan kimlar ozod etilgan? Aksiz solig‘i stavkalari va aksizosti tovarlar ro‘yxati kim tomonidan belgilanadi? Aksiz solig‘ini hisobga olish tartibi qanday? Alohida tovarlar bo‘yicha budjetga to‘lanadigan aksiz solig‘ini hisoblab chiqishning xususiyatlari nimada? Aksiz solig‘i hisobini taqdim etish va soliqni to‘lash muddatlari qanday? Aksiz markalari nima va u qachon joriy etilgan? Qanday holatda aksizga tortiladigan tovarlar markalanmaydi? Markalarni xarid qilishga doir buyurtmanoma qaysi bank orqali amalga oshiriladi? Topshiriqlar:Masalani yeching. 1. Zargarlik zavodi aktsiz solig’i va QQS hisobga qabul qilingan holdagi qiymat bo’yicha, umumiy summasi 180 000 ming so’mga teng oltin buyumlar turkumini realizatsiya qildi. Aktsiz solig’i stavkasi 25%ni tashkil qiladi. Aktsiz solig’ini hisoblang. 2. Zargarlik zavodi aktsiz solig’i va QQS hisobga qabul qilinmagan holdagi qiymat bo’yicha, umumiy summasi 120 000 ming so’mga teng oltin buyumlar turkumini realizatsiya qildi. Aktsiz solig’i stavkasi 25%ni tashkil qiladi. Aktsiz solig’ini hisoblang. Uyga vazifa: Masalani yeching. Korxona turli markali vino va aroq ishlab chiqaradi. Hisobot davrida 10 ming dal aroq (etil spirti ulushi 40%dan ortiq) va 2 ming dal vino realizatsiya qilingan. Aktsiz solig’i summasini hisoblang. Download 323 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling