Mavzu: Jismoniy tarbiya darsini tashkillash va o'tkazishning usuliy asoslari
Download 135.75 Kb.
|
Jismoniy tarbiya darsini tashkillash va o\'tkazishning usuliy asoslari.
Mavzu: Jismoniy tarbiya darsini tashkillash va o'tkazishning usuliy asoslari. R e J A
1. Umumiy ta`lim maktabi o`quvchilarning jismoniy tarbiyasi 2.O`quvchi jismoniy tarbiyasinig asosiy shakllari va mashg`ulot formalari 3. Umumta`lim maktablaring o`quvchi eshlarni harakatga o`rgatish va mashg`ulotlarda jismoniy sifatlarini rivojlantirish, ta`lim jaraenlarinig pritsiplari 4.O`quvchilar jismoniy tarbiyasining o`quv ishlari shakli 5. Jismoniy tarbiya darsida xatolar va ularni aniqlash va bartaraf eitsh usuliyati Xulosa Adabiyotlar KIRISh O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida»gi, «Jismoniy tarbiya va sport to`g`risida»gi Qonunlarida, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da jismoniy tarbiya darslariga zarur tuzatishlar kiritish, ularning samaradorligini oshirish asosiy maqsad qilib qo`yilgan. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da uzluksiz ta`limni isloh qilishda quyidagi yo`nalishlar ko`zda tutilgan: -Ta`lim olishda, shuningdek, bolalar va yoshlarni ma`naviy hamda axloqiy, intellektual va jismoniy jihatdan tarbiyalashda jamoat tashkilotlari, jamg`armalarning rolini kuchaytirish hamda takomillashtirish. O`zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 maydagi «Jismoniy tarbiya va sport to`g`risida»gi Qonunida (yangi tahrir) jismoniy tarbiya bo`yicha majburiy darslar, darsdan tashqari mashg`ulotlar va test sinovlari barcha ta`lim muassasalarida o`quvchilarning fiziologik imkoniyatlariga mos ravishda o`tkazilishi ko`rsatilgan. Umumiy o`rta ta`lim maktablarining I-IV sinflarida o`quvchilarning fanlar asoslari bo`yicha muntazam bilim olishlari, ularda bilimni o`zlashtirish ehtiyojini, asosiy o`quv-ilmiy va umummadaniy bilimlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma`naviy-ahloqiy fazilatlar, mehnat ko`nikmalari, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo`lish hamda kasb tanlashni shakllantirish Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilab berilgan. Jumladan, boshlang`ich sinf o`quvchilari o`quv dasturiga kiritilgan uloqtirish mashqlarining texnika asoslariga o`rgatishni ilmiy-uslubiy asoslash shu yoshdagi o`g`il va qizlarning dasturdagi mezonlarni bajarishlariga juda katta yordam beradi, aks holda ular umumiy o`rta ta`lim maktablarini bitirish oldidan ham uloqtirish mezonlarini talab darajasida bajara olmasliklari mumkin. Jismoniy tarbiyaning muhim muammolaridan biri harakat faoliyatiga o`rgatishning yangi uslub va shakllarini yaratishdan iboratdir. Umumiy o`rta ta`lim maktablari o`quvchilarining jismoniy tayyorgarlik va salomatlik darajasini belgilab beruvchi «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarining har bir bosqichi 9 me`yoriy talablariga kiritilgan jismoniy tarbiya testlari bo`yicha dasturda ko`zda tutilgan uloqtirish mashqlari buning amaliy ahamiyatidan dalolat beradi. Shu bilan birga, bu harakat faoliyatlarini bolalar eng murakkab harakat uyg`unligi sifatida katta qiyinchiliklar bilan o`zlashtirishadi. Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarni uloqtirish harakatlari mashqlarining texnika asoslariga dastlabki o`rgatishda zamonaviy uslub va shakllardan foydalanish dasturdagi «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus test me`yorlarini muvaffaqiyatli o`zlashtirishga yordam beradi. Mazkur ishda uloqtirish harakatlarini ilmiy tomondan tahlil qilish jismoniy tarbiya bo`yicha boshlang`ich sinflar dasturida ko`zda tutilgan kichik to`pni joyidan turib uloqtirish misolida amalga oshiriladi. Dastlabki o`rgatish jarayonida harakat faoliyati malakasini shakllantirishdan kelgusida tarkib topadigan stereotipni sindirib tashlashni talab qilmasdan, balki uloqtirishning boshqa turlarini [granata, nayza, disk, bosqon, yadro] o`rgatish va takomillashtirishda foydalanish katta ahamiyatga ega. Hozirga qadar 7-10 yoshli bolalarni uloqtirish asoslariga o`rgatishning samaradorligini oshirish masalasi kam o`rganilgan. Mavjud ilmiy izlanishlarda asosiy e`tibor uloqtiruvchi qo`lni keyingi final kuchlanishiga va yugurib borishdan sakrashga o`tishning turli xil usullarini o`rgatishga qaratilgan. Shuningdek, kichik yoshdagi maktab o`quvchilarida joyidan turib kichik to`pni uloqtirishda harakatlantiruvchi ta`sirning izchilligi etarli darajada o`rganilgan emas. Kichik to`pni uloqtirish texnikasini (kinematik va dinamik tavsifdan) tahlil qilish, uni 7-10 yoshli bolalarning o`zlashtirishidagi qiyinchiliklar sabablarini o`rganish va shu asosda vazifalarni oydinlashtirish, shuningdek, ularni hayotda qo`llash uchun vositalarni tanlash va asoslash, tayyorgarlikning miqdor va sifat mezonlarini ishlab chiqish uloqtirishda o`rgatish jarayonining samaradorligini oshirishga yordam beradi. 10 Shu boisdan kichik maktab yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiya darslarida kichik to`pni uloqtirish mashqlari texnika asoslariga o`rgatishning eng samarali uslublarini aniqlash dolzarb masalalardan biridir. Jismoniy tarbiyada (ayniqsa, boshlang`ich sinflarda) kichik to`pni uloqtirish mashqlarining texnika asoslarini o`rgatish muhim muammolar qatoriga kiradi. Shuning uchun ham jismoniy tayyorgarlik masalasi ko`pchilik olimlar tomonidan (V.K.Bal`sevich, Yu.V.Verxoshanskiy, T.S.Usmonxo`jaev, Sh.X.Xankel`diev va boshqalar) nazariy jihatdan o`rganilgan bo`lsa, ba`zi tadqiqotchilar (N.B.Bernshteyn, B.G`.Boyboboev, G.V.Goshupkin, R.S.Salamov, A.T.Sodiqov, V.V.Semenov, T.S.Usmonxo`jaev, G.Yu.Fokin, Sh.X.Xankel`diev, D.D.Sharipova va boshqalar)ning ilmiy izlanishlarida I–IV sinf o`quvchilarini turli xil sport mashqlari umumiy texnika asoslariga o`rgatishning maqsadga muvofiqligi va uning imkoniyatlari masalasi tadqiq qilingan. Bir qator tadqiqotchilar - E.R.Andris, R.Q.Qudratov, N.D.Ivanov, K.M.Mahkamjonov, K.T.Shakirjonova, A.Shakirov va boshqalarning ilmiy ishlarida katta yoshdagi sportchilar uchun (granata, nayza, bosqon, disk, yadro) uloqtirishning uslubiy asoslari etarli darajada ishlab chiqilgan bo`lsa-da, kichik yoshdagi o`quvchilarni kichik to`pni uloqtirishga o`rgatish bo`yicha tadqiqot ishlari olib borilmagan. Natijada, kichik yoshdagi o`quvchilarga kichik to`pni uloqtirish mashqlarining texnika asoslarini o`rgatishda kamchilik va xatolar yaqqol ko`zga tashlanadi. Ilmiy–uslubiy adabiyotlarning tahlili shuni ko`rsatadiki, uloqtirish harakatini o`rgatayotganda o`qituvchi tomonidan harakat ta`sirining izchilligi asosiy fazasida oyoq, gavda, uloqtiruvchi qo`l harakati uyg`unligiga etarlicha e`tibor berilmaydi, bularning hammasi uloqtirishni boshlang`ich o`rgatish uslubining jiddiy kamchiligidir. Yuqoridagilardan kelib chiqib, mazkur ishning dolzarbligi kichik maktab yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiya darslarida uloqtirish mashqlarining texnika asoslariga dastlabki o`rgatish jarayonini optimallashtirish orqali dastur 11 materiallarining to`liqligicha o`zlashtirilishiga erishish, shu bilan birga ularni kelgusida granata, nayza, bosqon, disk, yadro uloqtirishga tayyorlashdan iborat. I. BOB. Umumiy ta`lim maktabi o`quvchilarining jismoniy tarbiyasi. «Maktab eshidagi bolalarda jismoniy tarbiya jaraeni biz pedagoglardan maktabdan ishlash uchun jismoniy tarbiyaning asosi nimalardan iboratligi, uning mazmuni, tashkil qilinishini, bolalarni harakatga urgatish metodikasini bilishni talab qiladi». Maktab eshidagi bolalardan jismoniy tarbiya jaraenining maqsadi astasekinlik Bilan ularni jismoniy kamolotga erishishi va shu asnoda haetga, ijodiy mehnatga va Vatan mudofaasiga tayerlashni nazarda tutadi. O`quvchilar jismoniy tarbiyasi jaraenida umumiy va xususiy vazifalar hal qilinadi. Umumiy vazifalar - bilim berish, jisman tarbiyalash va sog`lomlashtirishdan iborat bulib, xususiylari esa jismoniy tarbiyadan Davlat ta`lim standarti dasturadiga maxsus vazifalalar tarzida hal qilinadi. Xususiy vazifalarga quyidagilar kiradi: 1) o`quvchilar organizmining sog`ligini mustahkamlash, rivojlantirish va chiniqtirish, 2) turli hildagi mehnat faoliyatiga tayer bulish uchun shu eshga xos bulgan jismoniy sifatlarni rivojlantirish, 3) haet uchun kerakli harakat malakalari va ko`nikmalarini rivojlantirish va keyinchalik kerak buladiganlari bilan qurollantirish, 4) o`quvchilarga jismoniy madaniyatga oid yangi bilimlarni berish, 5) o`quvchilarni jismoniy mashqlar bilan muntazam shug`ullanishiga qiziqtirish va unga odatni shakllantirish 6) o`quvchilarni jismoniy madaniyat faollari qilib tarbiyalash va bu bilan ularda tashkilotchilik qobiliyatini tarbiyalashdek vazifalarni hal qiladi. Bu vazifalar ma`naviy tarbiyaning elementlari hisoblangan ahloqiy ruxiy estetik va mehnat tarbiyalarining vazifalari bilan birgalikda o`quvchilarni eshini 12 ulg`ayishi, jisman tayergarligiga qarab o`qitishning ayrim etaplarida aniqliqlar kiritiladi va maktab eshining quyidagi 3 hil guruhidagi ta`lim tarbiya ishlarida hal qilinadi. Maktab eshining 6 (7), (10) 11 eshlarida (1-4 sinflar) organizmi tabiyiy rivojlanishida buladi. Biz uni garmonik rivojlanishini yulga qo`yishimiz kerak buladi. Markaziy nerv tizimidagi boshqarish funktsiyasi, harakat tayanch apparati faoliyati ishini, yurak-tomir, nafas olish organlari ishini yanada rivojlantirishga e`tibor beriladi, bulardan tashqari qomatni to`g`ri tuta bilishga urgatiladi. Bu jaraenga shaxsiy gigiena qoidalariga oib bilimlar qo`shib berish bilan tarbiya jarenii yulga qo`yiladi. 12-15 eshlilarda (5-9 sinflar) jismoniy mashqlar usaetgan esh organizmga samarali ta`sir kursatadi. Shuning uchun jismoniy sifatlarni rivojlanishiga qo`lay imkoniyatlar ochilgan buladi. Jismoniy tarbiyaning jismoniy bilimlar berish vazifasi haetda uchraydigan harakat malakalarini ratsional texnikasi bilan tanishtirish (gimnastika, engil atletika, sport o`yinlari, velosipeda yurish va sport taktikasi)ga oid oz bulsa ham nazariy tushuncha berishdir. Bu darvda bolalarni «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testining talablari va normalarini topshirishga tayerlash yulga qo`yiladi. Jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish natijasida sport mahoratini oshaetganligini, jismoniy madaniyatini jamiyatdagi roli va ahamityatini tushuntirish jaraeni yulga quyiladi. Asta sekinlik bilan tashkilotchilik qobiliyati takomillashtiriladi, musobaqa qoidalari uzlashtiriladi, hakamlik qilish malalkalir rivojlantiriladi va chiniqtirish maqsadida tabiatning sog`lomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanishga urgatish lozim buladi. 16-18 eshdagi umumta`lim maktabi, akademik, kabs-hunar litseylari va kollejlarning o`quvchilari organizm eshi ulg`aygan sari baquvvatlashadi. Jismoniy tarbiya esa bu jaraenini yanada kuchaytirishga yunaltiriladi. Jismniy mashqlar bilan tizimli shug`ullanish ta`lim tizimining shu eshdagilarida ish qobiliyatini yaxshilash, asosi harakat faoliyatlari uchun chidamlilik, zahiralarini oshirish, uz 13 tanasinin boshqara olish, kuch tezkorlik, chaqqonlik va boshqa har tomonlama jismonan garmonik tarbiya olmatlarini chuqurlashtirishga e`tiborni qaratadi. Organizm usib borar ekan uning funktsional imkoniyatlarini oshib borishi ham tabiyiy. Oldin egallangan harakat malakalari zahirasi bazasida yangi, keyin egallanishi lozim bulgan harakat malakalari uchun poydevor yaratiladi. Bu eshdagilarda ularning jismoniy madaniyat sohasidagi bilimlarni boyitish, sport trenirovkasi asoslari, sportchini uz-uzini nazorat qilishi qoidalariga urgatish maqsadga muvofiq buladi. Jismoniy tarbiyasi vositalari. 6 (7)-(10) 11 eshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi uchun asosiy vosita qilib asosiy gimnastika, harakati o`yinlar, rolikli kon`kida, velosipeda yurish, ekskursiya va saehat hamda tabiat quynida o`ynaladigan o`yinlar va jismoniy mashqlar olingan. Bu eshdagilarda suzish, tennis bo`yicha muntazam mashg`ulotlar uyushtirish mumkin. Sog`ligi emonlashgan bolalarga maxsus mashg`ulotlar-davolash gimnastikasi tarzidagi eki maxsus tibbiy guruhga ajratilgan bolalar uchun alohida mashg`ulotlar yulga qo`yiladi. 16-18 eshdigalir uchun jismoniy tarbiya vositasi qilib asosiy gimnastika (kichik eshdagilarga nisbatan og`irroq mashqlar bilan), tanani boshqarish mashqlari «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testi mashqlari, tusiqlardan oshish, jamoa bulib o`ynaladigan harakatli o`yinlar (osonlashtirilgan qoidada) va boshqalar olinadi. Bu eshda sport o`yinlariga, gimnastika, engil atletika, rolikli kon`kida yurish, yugurishdek sport turlarida bolalar yuqori natijalariga erishishlari mumkin. Bulardan tashqari ularda turistlik poxodlar, pieda yurish, krosslar hamda dalada o`ynaladigan va harbiylashtirilgan o`yinlar o`tkazilishi mumkin. 16-18 eshdagilar uchun (lieyler) asosiy va sport gimnastikasi va boshqa sport turlari vosita buladi. Umumiy jismoniy tayergarligining kursatkichlari «Alpomish» va «Barchinoy» kompleksi talablari va normalari darajasida bulishi lozim. Bulardan tashqari sayir va poxodlar uyushtirilishini tarbiya jaraenidagi samarasi katta bulishi mumkin. Download 135.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling