Mavzu: Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarning tuzilishi, mazmuni, harakatli o‘yinlar haqida tushuncha, uning o‘ziga xosligi, o‘tkazish usullari mavzusini o‘rganing va bilimlaringizni boyiting


Download 24.48 Kb.
bet1/4
Sana30.01.2024
Hajmi24.48 Kb.
#1816961
  1   2   3   4
Bog'liq
mustaqilish1


Mavzu: Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarning tuzilishi, mazmuni, harakatli o‘yinlar haqida tushuncha, uning o‘ziga xosligi, o‘tkazish usullari mavzusini o‘rganing va bilimlaringizni boyiting.
Reja

  1. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarning tuzilishi va mazmuni.

  2. Harakatli o‘yinlar haqida tushuncha, uning o‘ziga xosligi, o‘tkazish usullari mavzusini o‘rganing va bilimlaringizni boyiting.

  3. Mavzu yuzasidan olgan bilimlaringizga tayangan holda bir soatlik dars mashg‘uloti o‘tkazing va taqdimot tayyorlang.

1.Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsadi yosh avlodni jismonan sog‘lom, aqlan yetuk, ma’naviy boy, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va maktab ta’limiga tayyorlashdan iboratdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashning vazifalari jismoniy, aqliy, ahloqiy, estetik, mehnat tarbiyasini berish va ularning tug‘ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam (maktabga) tayyorlashdan iboratdir. Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining maqsadi va vazifalari bolalardagi turli jismoniy rivojlanishni ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, ulardagi kuchlilik, tetiklik, chaqqonlik, ziyraklik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishdan iboratdir. Muntazam ravishda o‘tkaziladigan jismoniy mashg‘ulotlar bolalarning o‘sish va rivojlanish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.



Jismoniy rivojlanish – odam organizmi shakl va funksiyalarining o‘zgarish jarayonidir. “Jismoniy rivojlanish” termini tor ma’noda qo‘llaniladi, bunda u antropometrik va biometrik ko‘rsatkichlarni anglatadi, chunonchi: gavda, bo‘y, og‘irligi, ko‘krak qafasi aylanasi, o‘pkalarning tiriklik sig‘imi, umurtqa pog‘onasi egikligining darajasi, qaddi-qomatning jismoniy holati, kurak uchlari orasidagi masofa, tavon gumbazi o‘lchovining ko‘rsatkichi, o‘ng va chap panja mushaklari kuchi, tik tura olish kuchi va boshqalar. “Jismoniy rivojlaish” terminini keng ma’noda qo‘llaganda, unga jismoniy sifatlar( tezkorlik egiluvchanlik, muvozanat saqlay olish, ko‘z bilan chamalash, kuch, chidamlilik) ham kiritiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy harakat turlari
Maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy harakat turlarini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. O‘rgatishning ushbu bosqichida harakat malakalari va ko‘nikmalari ko‘lamining kengayishi, jismoniy fazilatlar (tezlik, chidamlilik, tezkorlik va boshqalar) ning rivojlanishi bilan bog‘lik holda ham mashqlarni yaxlit, ham harakat texnikasi elementlarini alohida-alohida muvaffakiyatliroq o‘zlashtirish imkoniyati yuzaga keladi.
Besh-olti yoshli bolalarda o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifalarni ongli tushunib yetish, vaziyatni baholash, o‘z harakatlarini boshqara bilishga muayyan tayyorgarlik bo‘ladi, shuning uchun og‘zaki ko‘rsatma berish va tushuntirish yordamida maktabgacha yoshdagi bolalarning harakat faoliyatida mustahkam bilim va ko‘nikma shakllantirish mumkin bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim muassaslari uchun yaratilgan ta’lim-tarbiya dasturi,
Маktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat talbalariga muvofiq barcha g uruhda bolalar yurish, yugurish, muvozanat saqlash, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqishga o‘rganib, uni takomillashtirib boradilar, sport o‘yinlari: bastketbol, futbol, sport elementlari va hokazolarni egallaydilar.

Download 24.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling