Mavzu: jismoniy tarbiya oʻqituvchisi faoliyatida nizo psixologo-pedagogik muammo sifatida


Download 33.18 Kb.
bet3/4
Sana22.02.2023
Hajmi33.18 Kb.
#1223271
1   2   3   4
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA OʻQITUVCHISI FAOLIYATIDA NIZO PSIXOLOGO-PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA.

Ijodiy ish (‘rojesk work): tinglovchilarning ijodiy va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan, estetik didlarini shakllantiradigan usul;

  • Intervg’yu (Interview): alohida dars koʻrinishida boʻlib, bir mavzu yuzasidan bir yoki bir necha talabaning oʻz qarashlarini ochiq bayon qilishi. Savol beruvchi reportyor tinglovchilar orasidan tanlanadi;

  • Intilish (Motivation) tinglovchilar faoliyati dars salohiyatlariga qarab ikki xil koʻrinishda namoyon boʻladi:

    Ichki intilish - oʻzi qiziqqan fanni ichki hissiyot bilan berilib
    oʻrganish;
    Tashqi intilish – fanni faqat baho olish uchun yoki boshqalarning
    majburlashi asosida oʻrganish.
    Oʻqituvchi dars davomida tinglovchilarning motivatsiyalarini chuqur oʻrganish orqali ularda fanga nisbatan ichki intilishni kuchaytirishga harakat qilishi lozim.

    • Yoʻnaltirish (Eliciting): yoʻnaltirilgan yondashuv uslubidagi yangi texnologiya boʻlib, qiyin mavzuni tushuntirishda savollar bilan murojaat qilish usulidir. Mazkur usulning afzalligi shundaki, oʻqituvchi tinglovchiga tayyor narsani aytib bermay, mavzuni mustaqil ravishda tushunib olishlariga imkon yaratadi.

    • Interaktiv (Interaction): «oʻqituvchi – oʻquvchi», «oʻquvchi - oʻquvchi» muloqoti. Hozirgi kunga kelib, telekomunikatsiya xizmatlaridan, internet tarmogʻidan foydalanishga asoslangan oʻqituvchi va oʻquvchi muloqotining masofaviy usuli keng tarqalib bormoqda.

    • Masofaviy tahlim sirtdan oʻqitish shakllaridan biri boʻlib, oʻqitish jarayoni subhektlari orasida mahlumotlarni maksimal darajada axborot texnologiyalarini qoʻllagan holda faol almashinuvini, yahni kompg’yuter tarmoq tizimi orqali dasturlarni, elektron darsliklarni tarqatish, rejalashtirish, sinovlar oʻtkazish hamda boshqarish nazarda tutiladi. Masofaviy tahlim tushunchasi bilan birgalikda «interaktiv muloqot» degan termin koʻp qoʻllaniladi. Bunda oʻqitish jarayoni subhektlarining mavjud vosita va usullardan foydalangan holda muloqot qilishi tushuniladi. Interaktiv masofaviy oʻqitish jarayonida oʻqituvchi va oʻquvchi oʻzaro muloqotga kirishadi, dialog real vaqt birligida elektron pochta, WEB sayt, chat, telekonferentsiya va boshqa shakllarda amalga oshiriladi.

    Masofaviy oʻqitishning ikkita uslubi mavjud:

    • asinxron oʻqitish, yahni bu yerda guruhni tashkil qiluvchi bitta kurs talabalari bazaviy oliygohdan yiroqda boʻlgan holda, bazaviy maorif muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar va materiallar yordamida individual oʻquv rejasiga asosan shugʻullanishadi;

    • sinxron oʻqitish («birgalikda ishlash»), yahni bu yerda mashgʻulotlarni (mahruza, maslahat, seminar va boshqalar) olib boruvchi bazaviy oliygoh va bir paytda shugʻullanuvchi talabalar guruhi bir paytning oʻzida masofa jihatidan bir-biridan ajralgan. SHuni aytib oʻtish lozimki, hozirgi paytda bunday guruhlar umuman olganda virtual boʻlishi ham mumkin, yahni mashgʻulotni oʻtayotgan talabalar va oʻqituvchilar faqatgina bitta auditoriyada, bitta shaharda emas, hattoki bitta davlatda boʻlmasliklari ham mumkin. Bunda oʻqituvchilar bilan talabalar oʻrtasida muloqot real vaqt doirasida yuz beradi.

    Inson oʻz faoliyati jarayonida boshqa odamlar bilan muomalaga kirishishiga toʻgʻri keladi. Muomala jarayonida odamlar axborot almashinadilar, bir –birlariga tahsir oʻtkazadilar va tahlim –tarbiya beradilar, tajriba almashadilar.
    Muomala har qanday faoliyatning zaruriy muhim jihatidir. Aynan muomala jarayonida va faqat u orqali insonning mohiyati namoyon boʻladi, oʻzaro tushinishga, ishni bajarish chogʻida uygʻunlikka erishiladi, u yoki bu holatlarda bir-birlarining xatti-harakatlarini bashorat qilish qobiliyati oʻsadi yoki, aksincha, nizolar va axloqiy ziddiyatlar, ishdagi kelishmovchililiklar yuzaga keladi, muloqotdagi sherigining xatti-harakatini oldindan koʻrishga qobiliyatsizlik namoyon boʻladi. Muomala yoki kommunikatsiya – odamlarning oʻzaro hamkorligi shakllaridan biridir.
    Muomala odamlarning voqehlikni aks ettirishi natijasini ifodalovchi xabarlar almashish jarayoni boʻlib, ular ijtimoiy borligʻining ajralmas qismi hamda ularning individual va ijtimoiy onggi shakllanishi va amal qilishining vositasidir. Muloqot yordamida odamlarning birgalikdagi faoliyat jarayonida maqsadli hamkorligini tashkil etish, tajriba almashish, mehnat va turmush koʻnikmalarini berish, mahnaviy ehtiyojlarini namoyon etish va qondirish yuz beradi.

    Download 33.18 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling