aqliy hujum (Brainstorming): tinglovchilarda hozirjavoblik (ogʻzaki yozma) sifatlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan usul (amerikalik olim A. Osborn 30-yillarda taklif etgan). Metodning psixologik mohiyati shundaki, oddiy munozara bahslashuvlar koʻproq ongli, asosli fikrlarni bayon etishga harakat qiladilar. Bunda bahslashuvchilarga miyaga qanday fikr quyilib kelsa, uni tanqidsiz asoslamay erkin, «tilga nima kelsa», lekin navbatma-navbat aytish imkoniyati beriladi. Bu narsa koʻproq muammo ancha notanish, savol murakkab va noaniq boʻlgan sharoitlarda qoʻl keladi. Yahni bunda «erkin assosatsiyalar»ga imkon beriladi va oxir-oqibat guruhning oʻzi mahlum ratsional «magʻzni» ajratib oladi;
bahs-munozara (Debate): alohida dars koʻrinishida boʻlib, oʻtilgan mavzuga doir bahsli, tortishuvli muammolarni ikki guruhga boʻlinib hal etish. Bu usulni qoʻllagan oʻqituvchi tinglovchilarni ikki guruhga – «tarafdorlar» va
«qarshilar» guruhlariga boʻladi. Oʻrtaga tayinlangan boshlovchi bahsni muvozanatga solib turadi;
guruhlarga boʻlinib ishlash: auditoriyadagi tinglovchilar soniga qarab 10-12 kishidan iborat guruhlarga boʻlinadi. Har bir guruhga guruhboshilar tayinlanadi. Guruhlar mavzuga doir muammoni hamkorlikda yechadilar va har bir guruhdan bir yoki ikki ahzo mavzu yuzasidan axborot beradi;
juftliklarda ishlash: auditoriyadagi barcha tinglovchilarning yonidagi yoki orqasida oʻtirgan sherigi bilan baravariga fikr almashib muloqot qilishi. Anhanaviy usulda auditoriya «oʻqituvchi+ talaba» yoki «talaba+ talaba» oʻrtasida muloqot boʻlib, qolganlar sust tinglovchi boʻlib qolar edi. Yangi usulda auditoriyadagi barcha tinglovchilar, hatto sust oʻzlashtiruvchilar ham oʻzaro muloqotga kirishib, dars ishtirokchisiga aylanadi;
Zanjir mashqi (Chain drill): tinglovchilarning darsda oʻrganilgan mavzuni qismlarga boʻlib, navbatma-navbat bayon etishlari orqali yaxlit bir koʻrinishda umumlashtirish usuli;
Do'stlaringiz bilan baham: |