Mavzu: Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati faning predmeti. Maqsad va vazifalari. Asosiy tushunchalari Reja


Faoliyat sifatida (madaniyat- faoliyatini maqsadga muvofiq tashkil etish jarayonidir)


Download 31.66 Kb.
bet2/9
Sana17.06.2023
Hajmi31.66 Kb.
#1545043
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 ma\'ruza

Faoliyat sifatida (madaniyat- faoliyatini maqsadga muvofiq tashkil etish jarayonidir);

  • Predmetlar- boyligi sifatida (madaniyat- jamiyat va shaxsni talabini qondirish uchun ma’lum boylik keltirib chiqaruvchi predmetlar yig‘indisidir);

  • Natija sifatida- (madaniyat- faoliyatini natijasi);

    1. Jismoniy madaniyatning faoliyat turi- sifatida insonning o‘ziga xos, maqsadga muvofiq harakat faolligini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda harakat faoliyatining aniq shakllar ko‘rsatilgan.Jismoniy madaniyatga hamma shakldagi harakatlar kirib qolmasdan, balki harakat faoliyatini aniq mashqlari kiradiki, bular hayotda kerakli harakat ko‘nikma va malakalari tashkil toptira oladigan, hayotga ahamiyatli bo‘lgan, jismoniy sifatlarni yo‘naltirgan holda rivojlanishini ta’minlay oladigan, insonning sog‘lig‘i va ish qobiliyatini yuqori darajada ushlab turaoladigan bo‘lsin. Bunday jismoniy madaniyat faoliyatining asosiy elementlari jismoniy mashqlar deb nom olgan.

    Tarixiy tekshirishlarning ko‘rsatishicha, jismoniy madaniyatga ta’sir ko‘rsatuvchi shakllari, mehnat faoliyatining birinchi elementar shakllarini qaytargan holda, ko‘proq jismoniy mehnat xarakterida bo‘lgan. Jismoniy madaniyatning keyingi rivojlanish jarayonida, ko‘proq harakat va faoliyatni maxsus (o‘yin, sport, gimnastika) madaniy ta’lim, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish va boshqa vazifalarni echish uchun, maxsus tuzilgan shakllarini o‘z ichiga oladi.Jismoniy madaniyat amaliy tomondan mehnat amaliyotiga oldingidagidek tayyorlash vositasi sifatida qoladi. Bu esa mehnat operatsiyalarini tez egallab olishni ta’minlashi, unumli mehnat qilishni hamda hayotda amaliy vazifalarni echish uchun kerak bo‘ladigan ko‘nikma va malakalarni, jismoniy sifatlarni rivojlantirishni va yuqori ish qobiliyatini ta’minlaydigan jismoniy tayyorgarlikka olib keladi.

    1. Jismoniy madaniyat- predmetlar birligining boyligi sifatida- jamiyat tomonidan yaratilgan moddiy va material boylikni, jismoniy madaniyat faoliyatini samarali ravishda ta’minlash natijasidir.

    Jismoniy madaniyatni rivojlanishidagi har bir bosqichda uni boylik (kishi talablarini qondiradigan boylikni) mazmunini kim shug‘ullanayotgan bo‘lsa, o‘rgatishi, ishlatish bu bilan birga imkoniyati boricha keyinchalik rivojlantirishi mumkin. Bu erda so‘z jismoniy madaniyatning hozirgi kunda ko‘p tarqalgan shakllari: gimnastika, sport turlari, sport o‘yini turidagi o‘yinlar, jismoniy mashqlarni majmui sifatida jismoniy madaniyatni amaliy va boshqa bo‘limlariga kiritilgan
    Ijtimoiy hayot va faoliyatni uzoq rivojlanishi yo‘lida, jismoniy madaniyatning mazmuni va shakli ham asta-sekin farqlanib bordi (ta’lim va tarbiya, moddiy ishlab chiqarish va xizmat faoliyati, kunlik hayotda va dam olishda, tibbiyotda) bu esa jismoniy madaniyatda, ko‘pgina ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan bo‘limlarni maktabda, ishlab chiqarishda, turmushda, rekreativ davolash jismoniy madaniyat va boshqani tashkil topishiga olib keldi.Sportdagi yutuqlar jamiyatda jismoniy madaniyatni samaradorligini oshirish uchun maxsus tayyorlangan material texnik va boshqa sharoitlarga bog‘liq (meditsina ta’minoti, sport informatsiyasi, maxsus sport asbob va uskunalari).


    1. Download 31.66 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling