Mavzu: Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati faning predmeti. Maqsad va vazifalari. Asosiy tushunchalari Reja
Jismoniy madaniyatdan inson hayotining turli davrlarda
Download 110.16 Kb. Pdf ko'rish
|
Jismoniy madaniyatdan inson hayotining turli davrlarda
foydalanishning ilmiy amaliy asoslari. Mazkur bo‘limda jismoniy madaniyatni maqsadga muvofiq ravishda qo‘llash masalasi “yosh jihatidan” ko‘riladi. Shu bilan birga insonning faoliyat davomida shart-sharoitlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatlari xarakterlanadi. Shunday qilib, jismoniy madaniyat nazariyasi kursi jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha mutaxassislarni kasb ta’limotining bazasiga kiruvchi kengaytirilgan bilimlar majmuasini o‘z ichiga oladi. U bo‘lg‘usi jismoniy madaniyat sohasidagi mutaxassisga kasb faoliyati mazmunini to‘liq tushunishga imkoniyat yaratadi, dunyo qarashini kengaytiradi, jismoniy madaniyat sohasidagi boshqa ishchilarini umumiy ishlari bilan bog‘laydi va shu bilan birga mutaxassis egallashi zarur bo‘lgan keng kasbga yo‘naltirilgan dunyo qarashni shakllantirishga yordam beradi. U yoki bu kasb egalari o‘zaro muloqot davomida o‘z kasbi va hunariga oid ma’lum tushunchalar va iboralardan foydalanadilar. Fanning ma’lum sohasini o‘rganish va uni o‘zlashtirish ana shu etakchi tushunchalarning mazmuniga bog‘liq. Ularning mazmuni vahajmini aniqlamay turib, jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining ko‘pdan-ko‘p hodisalari va masalalarini to‘g‘ri tushunib olish qiyinlashadi, jismoniy tarbiya nazariyasi fanini muvaffaqiyatli egallash murakkablashadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatida qo‘llaniladigan etakchi tushunchalarga quyidagilar kiradi: jismoniy rivojlanish, jismonan tayyorgarlik, jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat, sporti, jismoniy kamolot, jismoniy madaniyat xarakati. Nima uchun yuqorida sanab o‘tilgan tushunchalar asosiy tushunchalar deyiladiyu, boshqalari, masalan, jismoniy mashq, jismoniy sifatlar, jismoniy bilimlar tushunchalari asosiy tushuncha deb hisoblanmaydi? Tegishli faoliyatni to‘g‘ri aks ettiradigan barcha tushunchalar o‘z ahamiyati jihatidan birdek muhimdir, bular to‘g‘risida darslikning tegishli boblarida to‘xtalamiz. Biz esa inson jismi tarbiyasining asosiy, eng muhim sifatlari umumlashtirilib ko‘rsatilgan tushunchalariga to‘xtaldik xolos. Download 110.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling