Mavzu: Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati faning predmeti. Maqsad va vazifalari. Asosiy tushunchalari Reja
Download 110.16 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xususiy maxsus predmetlar
- Soha predmetlari
Jismoniy madaniyat nazariyasi deb keng ma’noda jismoniy madaniyat
amaliyotida qo‘llaniladigan nazariy bilimlarning hamma to‘plamiga aytiladi. Har bir mustaqil fan o‘zining predmeti va metodologik asoslariga egadir. Boshqa fanlar singari jismoniy madaniyat nazariyasi ham fan sifatida paydo bo‘lar ekan, u avvalo, jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida paydo bo‘ldi. Jismoniy madaniyat u yoki bu qonun qoidalarini tushuntiradi, uni maqsadga muvofiq ravishda boshqarishga xizmat qiladi. Shu bilan birga bunday bilimlarning majmuasi bir biridan aniq fan va nazariy umumlashtirish sanasi bilan farqlanuvchi turli fanlar ramkasida shakllanib kelgan va shakllanib bormoqda. Bu jihatdan quyidagilarni ajratish lozim. Xususiy maxsus predmetlar. Jismoniy madaniyatning ayrim yoki ma’lum yaqin elementlarni o‘z ichiga olib metodik bilim sifatida (gimnastika turlari, sport o‘yinlari) beriladi. Bunday predmetlar o‘z chegarasida katta bo‘lmagan aniqlikda nisbatan qisqa umumlashtiriladi. Soha predmetlari. Jismoniy madaniyatni har xil tipdagi katta komponentlarini o‘rganishga qaratilib (ta’lim tizimi, mehnatni ilmiy tashkil qilish, maishiy xizmat, maxsus sog‘lomlashtirish tiklash tadbirlarida qo‘shiladi), jamiyatda uni asosiy shakli va yo‘nalishidan maqsadga muvofiq ravishda foydalanish (asosiy jismoniy tarbiya, kasb-amaliy jismoniy tayyorgarlik, sport trenirovkasi va boshqalar). Bu sohadagi fanlarni jismoniy madaniyat nazariyasi va usuliyatining asosiy kasbga yo‘naltirilgan predmetlari deyiladi. Hozirgi vaqtda bulardan eng rivojlanganlari jismoniy tarbiya nazariyasi va sport nazariyasidir. Umumlashtiruvchi nazariyaga jismoniy madaniyatning umumiy nazariyasi yoki jismoniy madaniyat nazariyasining umumiy asoslari deb yuritiladi. Jismoniy madaniyat nazariyasi (uning umumiy asoslari), jismoniy madaniyatning mohiyatini bildiruvchi ilmiy bilimlarni integrativ tizimi, umuman olganda, shaxsni ijtimoiy tashkil topishida va kishini hayotiy kuchlarini rivojlantirishni optimal rivojlanishi, tarbiyaviy omillar tizimini yanadada rivojlantirish uchun yo‘naltirilgan holda foydalanishni umumiy qonuniyatlari va ularni amalda qo‘llanilishi tushuniladi. Download 110.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling