Mavzu: Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati faning predmeti. Maqsad va vazifalari. Asosiy tushunchalari Reja


Jismoniy madaniyat- predmetlar birligining boyligi sifatida


Download 343.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana09.02.2023
Hajmi343.97 Kb.
#1179244
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1.JTSN va U 2-III-1

Jismoniy madaniyat- predmetlar birligining boyligi sifatida - jamiyat 
tomonidan yaratilgan moddiy va material boylikni, jismoniy madaniyat faoliyatini 
samarali ravishda ta’minlash natijasidir. 


Jismoniy madaniyatni rivojlanishidagi har bir bosqichda uni boylik (kishi 
talablarini qondiradigan boylikni) mazmunini kim shug‘ullanayotgan bo‘lsa, 
o‘rgatishi, ishlatish bu bilan birga imkoniyati boricha keyinchalik rivojlantirishi 
mumkin. Bu erda so‘z jismoniy madaniyatning hozirgi kunda ko‘p tarqalgan 
shakllari: gimnastika, sport turlari, sport o‘yini turidagi o‘yinlar, jismoniy 
mashqlarni majmui sifatida jismoniy madaniyatni amaliy va boshqa bo‘limlariga 
kiritilgan 
Ijtimoiy hayot va faoliyatni uzoq rivojlanishi yo‘lida, jismoniy 
madaniyatning mazmuni va shakli ham asta-sekin farqlanib bordi (ta’lim va 
tarbiya, moddiy ishlab chiqarish va xizmat faoliyati, kunlik hayotda va dam 
olishda, tibbiyotda) bu esa jismoniy madaniyatda, ko‘pgina ijtimoiy ahamiyatga 
ega bo‘lgan bo‘limlarni maktabda, ishlab chiqarishda, turmushda, rekreativ 
davolash jismoniy madaniyat va boshqani tashkil topishiga olib keldi.Sportdagi 
yutuqlar jamiyatda jismoniy madaniyatni samaradorligini oshirish uchun maxsus 
tayyorlangan material texnik va boshqa sharoitlarga bog‘liq (meditsina ta’minoti, 
sport informatsiyasi, maxsus sport asbob va uskunalari). 
2. 
Jismoniy madaniyat faoliyat natijasi sifatida kerakli natijalarni bir 
butunligicha ishlatilishi, jamiyatda predmet boyligi sifatida madaniylashtirilishi 
bilan xarakterlanadi. Bularga qisman: jismoniy madaniyat faoliyati natijasida 
egallangan jismoniy tayyorlanganlik va shu asosida harakat, ko‘nikma va 
malakalarini takomillashtirish bosqichiga erishish, hayotiy kuchlar, sport yutuqlari 
darajasini, jismoniy madaniyat bilan aloqada bo‘lishi bilan orttirilgan natijalardir. 
Shunday qilib jismoniy madaniyat faoliyati, odam bilan tashqi munosabatda bo‘lib 
qolmasdan balki, ko‘nikma, malaka, qobiliyat sifatida uyg‘unlashgan holda ichki 
boylik sifatidagi shaklida ham bo‘ladi. Ijtimoiy hayot obraziga, aniq organik 
sharoitda jismoniy madaniyat hamma sohalarini to‘liqligicha kiritish natijasi xalq 
ommasini jismoniy kamoloti bo‘yicha kompleks ko‘rsatkichga erishilganligidadir. 
Jismoniy madaniyatda keng ilmiy tadqiqotlar madaniyatning qator boshqa 
sohalariga qaraganda ancha kech boshlandi. Jismoniy madaniyat harakatining 
amaliy kengayishi va jismoniy madaniyatning jamiyat hayotidagi salohiyatini ortib 


borishi, uni ilmiy jihatdan fikrlashga bo‘lgan talabini orttirdi, shu bilan birga, uni 
hayotga singdirish uchun imkoniyatlar yaratildi. Jismoniy madaniyat haqidagi 
ilmiy bilimlar tizimning har xil bo‘limlarini tiklanishi bab-baravar sodir bo‘lgani 
yo‘q. Boshqa bo‘limlaridan oldin, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlar paydo bo‘ldi. 
Bunga birinchi navbatda, jismoniy tarbiya jismoniy madaniyatning asosiy shakli 
sifatida, o‘z tarixining boshlanishidan boshlab, tarbiyaning umum ijtimoiy 
amaliyotining katta qismini tashkil etganligi sabab bo‘ldi. Uning asosida paydo 
bo‘lgan jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati bevosita pedagogika fani bilan 
bog‘liq holda taraqqiy qildi va nisbatan rivojlangan ilmiy-amaliy predmet sifatida 
anchagina ilgari shakllandi. 
Jismoniy tarbiya ilmiy nazariyasining qator asosiy masalalari bizning 
mamlakatimizda ham buyuk olimlar va jamoat arboblari tomonidan ilgari surilgan 
(Jumladan, Abu Ali ibn Sino, Amir Temur). Oliy jismoniy madaniyat ta’limotida 
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati o‘quv predmeti sifatida rasmiylashtirildi. 
Maxsus shakllangan predmetlar o‘rtasida jismoniy madaniyat bilan bevosita 
bog‘langan predmet bu jismoniy tarbiya nazariyasidir. Lekin u butun jismoniy 
madaniyat nazariyasini aks ettiraolmaydi, chunki jismoniy madaniyat faqat 
jismoniy tarbiya shaklidagina namoyon bo‘lmaydi. Jismoniy madaniyat sohasidagi 
ilmiy bilimlarni umumlashtiruvchi boshqa rivojlangan predmet bu sport 
nazariyasidir. Bu fanning tez rivojlanishiga, ayniqsa, oxirgi o‘n yilliklar ichida
olimpiya o‘yinlarida va umuman xalqaro sport harakatidagi ko‘rsatilgan yuqori 
sport natijalari sabab bo‘ldi. 
Shuni ta’kidlash shartki, xalqaro miqyosdagi musobaqalar mustaqil 
O‘zbekistonimizni dunyoga tanitdi. Yoshlarimizni ma’naviy va jismoniy yetuk 
inson qilib tarbiyalash buyuk kelajak sari intilayotgan jamiyatimizning asosiy 
vazifasidir. Chunki, jismoniy baquvvat, ma’naviy yetuk komil insonlargina jamiyat 
taraqqiyotini belgilab beraoladi.
Shu sababli olimpiada, jahon chempionatlarini aniqlash va maksimal 
darajadagi 
rivojlanishning 
yangi 
usullarini 
qidirib 
topishda, 
ko‘pgina 
tadqiqotchilarni jalb etishning o‘ziga xos tabiiy laboratoriyasiga aylandi va tabiiyki 


sport haqidagi ilmiy bilimlarni tez to‘planishida o‘z aksini topdi. Sport nazariyasi 
hozirgi 
kunda 
dunyoning 
ko‘pgina mamlakatlarida, sport sohasidagi 
mutaxassislarni bo‘lajak kasbiga tayyorlashning etukchi predmeti sifatida 
shakllangan. 
Jismoniy madaniyat nazariyasi fani faqat sportchilarga ta’lim tarbiya 
jarayonini nazariy metodik amaliy ta’minlovchi fannigina emas, balki komil 
insonni shakllanishini, rivojlanishini ta’minlovchi keng sohalarni ham o‘z ichiga 
oladi. Ma’lumki, har qanday ilmiy bilimlar tizimini rivojlanishida har doim ikki 
yo‘nalish o‘zaro bog‘liqlikda bo‘ladi: 
Tabaqalashgan (ayrim shaxsiy obyektga va yo‘nalishga tegishli bilimlarni 
ixtisoslashuvi va bo‘linishi) va integratsiya (ko‘pgina shaxsiy bilimlarni bir 
butunlikka birlashtiruvchi umumiy bilimlarni shakllantirish).
Jismoniy madaniyat va u bilan bog‘liq hodisalarni o‘rganuvchi ilmiy fanlarni 
shakllanishi, ko‘pgina davrlarda, asosan tabaqalashtirilgan yo‘l bilan amalga 
oshirildi. Natijada jismoniy madaniyatni va unga chegaradosh hodisalarni oshirish 
tomonlarini aks ettiruvchi ko‘pgina ayrim predmetlarpaydo bo‘ldi. Ularning 
ayrimlari jismoniy madaniyat va sport amaliyotining aniq bo‘limlaridan kelib 
chiqqan va o‘z tarkibiga, kasbga taalluqli amaliy bilimlarni kiritadi (gimnastika, 
o‘yin, yakkama-yakka kurash, engil atletika, suzish va h.k.), ayrimlari esa, 
jismoniy madaniyat sohasida yaratilmagan, bilimlar doirasida paydo bo‘lmagan, 
lekin o‘zlariningtarmoqlari bilan unga ham tegishli tabiiy va boshqa fanlar yoki 
ilmiy-amaliy predmetlar (anatomiya, fiziologiya, bioximiya, gigiena, biomexanika, 
psixologiya) ixtisoslashgan soha shaklida namoyon bo‘ldi.

Download 343.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling