biridan aniq fan va nazariy umumlashtirish sanasi bilan farqlanuvchi turli fanlar
ramkasida shakllanib kelgan va shakllanib bormoqda.
Bu jihatdan quyidagilarni
ajratish lozim.
Xususiy maxsus predmetlar. Jismoniy madaniyatning ayrim yoki ma’lum
yaqin elementlarni o‘z ichiga olib metodik bilim sifatida (gimnastika turlari, sport
o‘yinlari) beriladi. Bunday predmetlar o‘z chegarasida katta bo‘lmagan aniqlikda
nisbatan qisqa umumlashtiriladi.
Soha predmetlari. Jismoniy madaniyatni har xil tipdagi katta
komponentlarini o‘rganishga qaratilib (ta’lim tizimi, mehnatni ilmiy tashkil qilish,
maishiy xizmat, maxsus sog‘lomlashtirish tiklash tadbirlarida qo‘shiladi),
jamiyatda uni asosiy shakli va yo‘nalishidan maqsadga muvofiq ravishda
foydalanish (asosiy
jismoniy tarbiya, kasb-amaliy jismoniy tayyorgarlik, sport
trenirovkasi va boshqalar). Bu sohadagi fanlarni jismoniy madaniyat nazariyasi va
usuliyatining asosiy kasbga yo‘naltirilgan predmetlari deyiladi.
Hozirgi vaqtda
bulardan eng rivojlanganlari jismoniy tarbiya nazariyasi va sport nazariyasidir.
Umumlashtiruvchi nazariyaga jismoniy madaniyatning umumiy nazariyasi
yoki jismoniy madaniyat nazariyasining umumiy asoslari deb yuritiladi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi (uning umumiy asoslari), jismoniy
madaniyatning mohiyatini bildiruvchi ilmiy
bilimlarni integrativ tizimi, umuman
olganda, shaxsni ijtimoiy tashkil topishida va kishini hayotiy kuchlarini
rivojlantirishni
optimal rivojlanishi, tarbiyaviy omillar tizimini yanadada
rivojlantirish uchun yo‘naltirilgan holda foydalanishni umumiy qonuniyatlari va
ularni amalda qo‘llanilishi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: