Mavzu: Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishga ko’rsatma va qarshi ko’rsatmalar. Vrach-jismoniy tarbiya dispanseri. Vrach nazorati kartasini rasmiylashtirish va himoya qilish
MEDITSINA KONTROLI ASOSLARI VA UNING VAZIFASI
Download 238.02 Kb. Pdf ko'rish
|
jismoniy tarbiya va sport bilan shugullanishga korsatma va qarshi korsatmalar
MEDITSINA KONTROLI ASOSLARI VA UNING VAZIFASI Sovet sog’liqni saqlashining asosiy vazifalaridan biri fizkultura va sport bilan shug’ullanuvchilarning salomatligi to’g’risida g’amxo’rlik qilishdan iborat. Bu maqsadda joylarda vrachlik – fizkultura kabinetlari va dispanserlari tashkil etilgan bo’lib, ular bu ishlarga rahbarlik qiladi. Bu dispanserlarning vazifalariga quyidagilar kiradi: 1) fizkultura va sport bilan shug’ullanuvchi shaxslarning sog’lig’ini nazorat qilish; 2) mashg’ulotlar vamusobaqalarni o’tkazish sharoitlari yuzasidan sanitariya-gigiyenik nazorat olib borish; 3) sport ishlarini meditsina-sanitariya xizmati bilan ta’minlash; 4) fizkultura va sport bilan shug’ullanuvchi maxsus sanitariya – oqartiruv ishlarini amalga oshirish. Fizkultura va sport bilan shug’ullanuvchilar ustidan meditsina nazorati olib borilishi shart. Birlamchi meditsina ko;rigi, ikkilamchi ko’rik va muhim musobaqa oldidan o’tkaziladigan qo’shimcha meditsina ko’rigi farqlanadi. O’quvchilarni salomatligiga ko’ra uch meditsina gruppasiga: asosiy gruppa (jismoniy rivojlanishi va salomatligi benuqson); tayyorlov gruppasi (jismoniy rivojlanishida e’riborga olmasa bo’ladigandarajada o’zgarishlari bor); maxsus gruppa (sog’lig’ida jiddiy nuqsonlari bor bemorlar) bo’linadi.
O’quvchi qaysi meditsina gruppasiga kirishiga ko’ra fizkultura bilan programmaning to’la hajmibo’yicha shug;ullanishi yoki davo gimnastikasi bilan (maxsus gruppa) shug’ullanishi mumkin.Meditsina kontroli bo’yicha xizmat qiluvchi meditsina hamshirasining vazifalari quyidagilardan iborat:meditsina ko’riklarida ishtirok etish, hujjatlarni to’ldirish, antropometrik o’lchovlar bajarish,amaliy mashg’ulotlar va trenirovkalar o’tkazilishini nazorat qilish, mashg;ulotlar o’tkazilishining sanitariya-gigiyena sharoitlarini kontrol qilish. Meditsina-pedagogik kuzatuvlar Meditsina kontrolining asosiy vazifasi fizkulturachi va sportchilar ustidan o’quv yoki trenirovka mashg’ulotlari vaqtida meditsina-pedagogik kuzatuvlar olib borishdan iborat. Bunday kuzatuvlar jarayonida meditsina xodimi o’tkazilayotgan mashg’ulotlar sharoitlari, tashkil etilishi va metodikasi bilan tanishadi, fizkulturachining trenirovkaga nisbatan reaksiyasini, ularning chiniqqanlik darajasini o’rganadi, mashg’ulot o’tkazadigan joylarning sanitariya-gigiyena sharoitiga va sport travmalarining oldini olish choralariga e’tibor beradi.Kuzatuv jarayonida meditsina xodimi fizkultura bilan shug’ullanuvchilarda o’ta charchashlik hodisalari, ortiqcha terlashlik, teri rangining bo’zarishi va hokazlarni aniqlaydi, bu esa shu tariqa yuz berishi mumkin bo’lgan zararli oqibatlarning o’z vaqtida oldini olishga imkon beradi.Kuzatuvlarning hammasini vrach yoki meditsina hamshirasi maxsus meditsina- pedagogik kuzatuvlar protokolida qayd etadi. Download 238.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling