Mavzu: Jismoniy tarbiya vositalari. Reja: Jismoniy tarbiya vositalari


Download 8.73 Kb.
bet1/3
Sana24.01.2023
Hajmi8.73 Kb.
#1117580
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu Jismoniy tarbiya vositalari. Reja Jismoniy tarbiya vosit-azkurs.org


Mavzu: Jismoniy tarbiya vositalari. Reja: Jismoniy tarbiya vositalari

MAVZU: Jismoniy tarbiya vositalari.

REJA:

1.Jismoniy tarbiya vositalari.

2.Jismoniy tarbiya va jismoniy mashqlar texnikasiga tavsifi.

3.Jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari

JISMONIY MASHQLARNING KELIB CHIQISHI VA MOHIYATI.

JISMONIY MASHQLARNING KELIB CHIQISHI VA MOHIYATI.

Jismoniy mashqlarning kelib chiqishi inson jamiyatining uzoq o`tmishiga borib taqaladi. Jismoniy mashqlarning paydo bo’lishida moddiy hayot sharoitlari - dastavval, butun mehnat faoliyati hal qiluvchi ro`l o’ynagan; mashq qilish hodisasini inson tushinishining ahamiyati katta bo’lgan.

Jismoniy mashqlar harakat qilish tajribasini o’rgatish zarurati bilan insonni mehnatga tayyorlash uchun uning jismoniy kuchlarini rivojlantirishga yo’naltiruvchi tasir o’tkazish ehtiyoji bilan bog’liq ravishda kelib chiqqan.

Jamiyat rivoj topgan sari jismoniy tarbiyaning o’zi ham rivojlanib, jismoniy mashqlarning mehnat va boshqa bevosita amaliy harakatlar bilan aloqasi o’zining bevosita bog’liq bo’lish xarakterini yo’qota boshladiyu. Jismoniy mashqlar utilitar ahamiyatga moyilik bo’lgan harakatlardan ajralib qola boshladi. Bu esa, jismoniy mashqlarni qo’llanish chegaralarini kengaytirish imkonini berdi.Jismoniy mashqlar muayyan ishlab chiqarish yoki harbiy sharoitlar bilan bog’liq bo’lmay qoldi. Masalan, tabiiy ko`chishdan (o`ljaning ketidan quvib yoki dushmandan qutulish uchun ),konkret ehtiyojdan, qanchalik havf borligidan,tabiiy to`siqlardan va shunga o`xshash konkret sharoitlardan kelib chiqib qochishdan yugurish qisqa, o’rtacha va olis masofaga yugurishga, to`siqlar osha yugurishga aylandi.

JISMONIY MASHQLAR DEB - ODAMNI JISMONIY TAKOMILLASHTIRISH UCHUN YARATILGAN VA QO’LLANILADIGAN HARAKAT FAOLIYATIGA AYTILADI.


  • JISMONIY MASHQLAR DEB - ODAMNI JISMONIY TAKOMILLASHTIRISH UCHUN YARATILGAN VA QO’LLANILADIGAN HARAKAT FAOLIYATIGA AYTILADI.

  • Hamma harakatlar ham jismoniy mashq bo’lavermaydi. Faqat jismoniy tarbiya vazifalarini yechishga qaratilgan va qonunlarga buysungan harakatlar jismoniy mashqlarni tashkil qiladi.

  • "Jismoniy" degan so`z bajarayotgan ish turini aks ettiradi va odamni gavdasini uning qismlarini fazoda hamda vaqt birligi ichida o’zgarishida ko`rinadi. Jismoniy mashqlar irodaviy aks, ongning funktsiyasi hisoblanib, odamga yahlit ta`sir qilishga yordam beradi.

Download 8.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling