Mavzu: Jismoniy tarbiya vositalari. Reja: Jismoniy tarbiya vositalari


TABIATNING SOG’LOMLASHTIRISH KUCHI


Download 8.73 Kb.
bet2/3
Sana24.01.2023
Hajmi8.73 Kb.
#1117580
1   2   3
Bog'liq
Mavzu Jismoniy tarbiya vositalari. Reja Jismoniy tarbiya vosit-azkurs.org

TABIATNING SOG’LOMLASHTIRISH KUCHI.


  • TABIATNING SOG’LOMLASHTIRISH KUCHI.

  • Jismoniy tarbiya jarayonida tabiatning sog’lomlashtirish kuchidan ikki yo’nalishda: jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini muvaffaqiyatli tashkil etish va o’tkazish sharti sifatida hamda chiniqishning mustaqil vositasi sifatida foydalaniladi. Tabiat kuchi kishilarning sog’ligini mustahkamlash va ish qobiliyatlarini oshirishning muhim vositasidir.

  • Bevosita jismoniy tarbiya jarayonining o’zida tabiatning sog’lomlashtirish kuchidan harakatlar bilan birgalikda foydalaniladi. (ochiq havoda jismoniy tarbiya mashg’ulotlari, quyosh bilan nurlantirish jismoniy mashqlar va boshqalar). Tabiat kuchining yahshi ta`sir etishi jismoniy mashqlarning kishi organizmiga ijobiy ta`sirini oshiradi

Tabiatning kuchidan mahsus davolash tadbirlari (havo va quyosh manbalari, cho`milish va hokazo) sifatida ham foydalaniladi. Shug’ullanuvchilarga tabiatning sog’lomlashtirish kuchining organizmga ta`siri haqidagi asosiy bilimlarni muntazam ravishda berib borish hamda jismoniy mashqlarga doir mustaqil mashg’ulotlarda va kundalik hayotda ulardan foydalanish malakalarini hosil qilish jismoniy tarbiya vazifalaridan biridir.


Jismoniy tarbiya jarayonida tabiatning sog’lomlashtirish kuchidan foydalanishning asosiy natijasi kishining chiniqishi, ya`ni organizmning sovuq, issiq, quyosh radiatsiyasi kabilarga bardosh berish xususiyatining ortishidir. Bu hol sog’likni mustahkamlash va ish qobiliyatini oshirish imkonini beradi, buni ilk yoshlik chog`idan bolab doimo o’tkazib turish lozim.

Jismoniy tarbiya jarayonida tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlari harakat bilan (ochiq havoda, quyosh nuri ostida va boshqalar bilan) jismoniy mashqlarni qo`shib olib boriladi. Cho`milish, oftobda toblanish, havoning issiq-sovug`i jismoniy mashqlar bilan inson organizmiga turlicha ta`sir etadi. Mashg’ulotlar davomida bu vositalardan tizimli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.


  • Jismoniy tarbiya jarayonida tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlari harakat bilan (ochiq havoda, quyosh nuri ostida va boshqalar bilan) jismoniy mashqlarni qo`shib olib boriladi. Cho`milish, oftobda toblanish, havoning issiq-sovug`i jismoniy mashqlar bilan inson organizmiga turlicha ta`sir etadi. Mashg’ulotlar davomida bu vositalardan tizimli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

  • Ishni shunday qayd qilish lozimki, jonajon Respublikamizning geografik, iqlimiy va ekologik holati barcha viloyat va hududlarda tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanishning ilmiy asosi ni ishlab chiqarishni takazo etadi. Masalan, quyosh nuridan foydalanish soat 10.00 dan 12.00 gacha bo’lib, 16.00-17.30 gacha yoshi, jinsi va boshqa individual hususiyatlarini hisobga olgan tarzda bo’lmog`i kerak. Jismoniy mashqlarning me`yori, yo’qlamaning umumiy miqdori, mashqning intensivligini e`tibordan chetda qoldirish salbiy natijalarga olib kelishni unutmaslik lozim.

Download 8.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling