Glossariy
Umumiy didaktik tamoyillar – jismoniy tarbiya jarayonining umumiy metodikasini belgilab beruvchi dastlabki qoidalardir.
Onglilik – bu insonning ob’ektiv qonuniyatlarni to’g’ri tushunish, ularni tahlil qila olish va shunga muvofiq o’z faoliyatini amalga oshirish qobiliyatidir.
Faollik – bu inson tomonidan namoyon qilinadigan faoliyat o’lchovi yoki kattaligi, uning ishga kirishish darajasidir. Faollik o’rgatish nuqtai nazaridan bilimlar, ko’nikma va malakalarni ongli o’zlashtirish shart- sharoitlari va natijasi sifatida qatnashadi.
Jismoniy tarbiyada bajara olish va individuallashtirish tamoyili - jismoniy tarbiya vazifalari, vositalari va metodlarining shug’ullanuvchilar imkoniyatlariga optimal mos kelishini talab etishdir. Kuchiga yarashalilikning tub ma’nosi - individning hayotiy faoliyati davomida uning organizmini belgilangan ishda namoyon qilish uchun funktsional tayyorgarligining xususiy darajasidir.
Nagruzalarning to’lqinsimon oshirilishi - haftalik, oylik, yillik fon asosida bo’lib, unga ham to’g’ri chiziqli, ham pog’onasimon shakldagi nagruzkalarning fonidan foydalanish jismoniy tarbiyaning turli etaplaridagi konkret vazifalarning hal qilinishi sharoiti bilan bog’liq.
Nagruzka dinamikasini pog’onama - pog’ona oshirish qatorasiga o’tkazilgan bir necha mashg’ulotlarda nisbatan stabillashuv sodir bo’lganidan so’ng navbatdagi yangi pog’onaga o’tish, deb tushuniladi.
Kuchiga yarashalilikning tub ma’nosi - individning hayotiy faoliyati davomida uning organizmini belgilangan ishda namoyon qilish uchun funktsional tayyorgarligining xususiy darajasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |