Mavzu: jizzax axolisi va uning joylashishi


Download 45.3 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi45.3 Kb.
#1560375
1   2   3   4
Bog'liq
JIZZAAXXXXXXXXXX

2.VILOYAT IQTISODIY AHVOLI
2021-yil davomida loyihalarning amalga oshirilishi boʼyicha olib borilgan “loyihabay” monitoring ishlari natijasida umumiy qiymati 5,2 trln. soʼm boʼlgan 565 ta investitsiya loyihalari ishga tushirilib, 4 661 nafar yangi ish oʼrinlari yaratilishiga erishildi.Jumladan:
Sanoat sohasida 4,1 trln. soʼmlik 104 ta loyihada 2 414 nafar ish oʼrni;
Xizmat koʼrsatish sohasida 406,1 mlrd. soʼmlik 259 ta loyihada 1 160 nafar ish oʼrni; Qishloq xoʼjaligi sohasida 725,8 mlrd. soʼmlik 202 ta loyihalarda 1 087 nafar yangi ish oʼrinlari yaratildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 dekabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasining 2021-2023 yillarga moʼljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4937-sonli qaroriga asosan Jizzax viloyatida umumiy qiymati 1,8 mlrd. dollarlik 17 ta investitsiya loyihalari doirasida 2021 yilda 298,2 mln. dollar toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiya va kreditlar oʼzlashtirilishi belgilangan.
Yil yakuni bilan qarordagi va qoʼshimcha 156 ta loyihalar doirasida 306 mln. dollar miqdoridagi toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiya va kreditlar oʼzlashtirilib, belgilangan reja 102 foizga bajarildi.
Eksport.
2021-yil Jizzax viloyati uchun Prezident qaroriga ko’ra 173.2 mln. Dollar miqdorida eksport prognozi belgilangan bo’lib, shundan 118,2 mln. Dollar sanoat mahsulotlari va 55.0 mln.dollar qishloq xo’jaligi mahsulotlari hisobiga to’g’ri keladi.
2021 yil yakuni bilan amalda 206,5 mln. dollar miqdorida eksport amalga oshirilib, reja 119,2%ni tashkil qildi. Bunda qishloq xo'jaligi mahsulotlari 28,8 mln. dollar (52,4%), sanoat mahsulotlari 177,6 mln. dollarni (150,3%) tashkil qildi..
2020- yilga nisbatan 157,2% o'sishni tashkil qilmoqda. Yil boshidan kunlik eksport hajmi 600,0 ming dollarni tashkil qilmoqda.
Eksportyor korxonalar muammo va takliflarini tezkor o'rganib hal qilish natijasida kunlik eksport hajmi 850,0 ming dollarga yetkazildi. Natijada yil yakunigacha jami 207,8 mln. dollar miqdorida eksport amalga oshirildi va yillik reja 120%ga bajarildi. (o'tgan yilning mos davriga nisbatan 160% o'sish ta'minlandi.)

Download 45.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling