Mavzu: jizzax axolisi va uning joylashishi
Davlatlar kesimida tahlil
Download 45.3 Kb.
|
JIZZAAXXXXXXXXXX
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2017-2021 yil eksport tahlili
- Foydalanilgan saytlar ro’yxati. https://jizzax.uz/zhizzah-viloyati-okimligi-ahborot-hizmati.html
Davlatlar kesimida tahlil.
2021 yilda 31 ta davlatga eksport amalga oshirilgan. Asosiy eksport bozorlarimiz Xitoy (46,3 mln. dollar), Rossiya (35,9 mln. dollar), Turkiya (37,1 mln. dollar), Qozog'iston (12,8 mln. dollar), Pokiston (5,3 mln. dollar), Italiya (3,3 mln. dollar), Qirg'iziston (3,0 mln. dollar), Tojikiston (2,1 mln. dollar), Eron (1,1 mln dollar), Afg'oniston (1,1 mln. dollar) va boshqa davlatlarni tashkil qildi. 2017-2021 yil eksport tahlili 2017-2021 yillar davomida 4,2 barobar o'sishga erishilgan. Yillik o'rtacha eksport hajmlari 146,0%ga o'sishga erishilib kelinmoqda. 2017 yilda jami eksport 40,7 mln. dollar bo'lgan bo'lsa, 2021 yil yakuni bilan 206,5 mln. dollarga yetdi. So'nggi yillarda eksport qiluvchi korxonalarga berilgan keng imkoniyatlar natijasida eksportyor korxonlar soni 2017 yilga nisbatan 6 barobarga o'sib, ular soni 163 taga yetkazildi. Debitorlik qarzdorlik 2021 yilda 16,0 mln. dollar miqdorida muddati o'tgan debitorlik qarzdorlik mavjud bo'lib, Soliq, Bojxona boshqarmalari va tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan samarali ishlarni tashkil qilish natijasida debitor qarzdorlikni qisqartirish ishlari olib borilmoqda. 2021 yil 1 yanvar holatiga 19,0 mln. dollar miqdorida debitorlik qarzdorlik mavjud edi. Hozirda 16 mlnga tushilib, 16% kamaytirishga erishildi. Qo'shilgan qiymat solig'ining qaytarilishi QQSning qaytarilishi bo'yicha Jizzax viloyatida faoliyat yurituvchi 94 ta holatda korxonalar murojaatlar qilib, shulardan hozirda 90 tasi holat bo'yicha jami 93,7 mlrd. so'mdan ortiq mablag'lar qaytarilgan bo'lib, 3 ta holatda o'rganish jarayonida (5 mlrd. so'm), 1 ta holatda rad etilgan. 3-rasm.Jizzax viloyatida 2021-y-lda o’zlashtirilgan to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya va kreditlar to’g’risida. Viloyatimiz eksportini rivojlantirish uchun ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.Xususan, 2022-yil 27-may kuni Jizzax viloyat hokimi Ergash Soliyev boshchiligida viloyat hokimining o’rinbosari Nodir Nurmatov va ‘’Jizzax’’ EIZ raxbari qatnashgan uchrashuvda Jizzax viloyati va Yaroslavl viloyati o’rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga oid ko’p tomonlama masalalar muhokama etildi. Kredit. 2021 yil 14 yanvardagi PQ-4949-sonli qarori talablarini bajarish uchun yil boshidan Jizzax viloyatida faoliyat yurituvchi 25 ta korxonaga 47,2 mln. dollar miqdorida kredit mablag'lari ajratildi hamda bu korxonalar tomonidan 95,3 mln. eksport amalga oshirildi. Xulosa. Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 18 martdagi «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasini barpo etish toʼgʼrisidagi PF-4516-sonli farmoni viloyat iqtisodiga ulkan turtki bo’ldi.Yildan yilga yangidan yangi zavod-korxonalar barpo etilmoqda.Natijada,YAHM ko’payishi, aholining ish bilan ta’minlanganlik darajasi ortib,turmush darajasi yaxshilanmoqda.Bu ketishda yaqin yillar ichida viloyat o’z-o’zini moliyaviy ta’minlay olish darajasiga yetadi.Hududda turizm uchun mo’ljallangan joylar ham yetarlicha topiladi,bu hududda nafaqat ichki balki tashqi turizm uchun xizmat qilayotgan joylar ham yetarlicha topiladi.Hozirda turizmni rivojlantirish katta ishlar olib borilmoqda va agarda ajratilgan mablag’lar ko’zlangan joylarga yetib borsa yaqin bir necha yil ichida Jizzax viloyatida turistik zonalar miqdori va sifati jihatdan o’sish qayd etiladi va albatta bu ham viloyat,qolaversa mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga o’z hissasini qo’shadi. Foydalanilgan saytlar ro’yxati. https://jizzax.uz/zhizzah-viloyati-okimligi-ahborot-hizmati.html https://jizzax.uz/viloyat-aida.html https://jizzax.uz/statistik-va-taliliy-malumotlar.html www.jizarchive.uz Download 45.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling