Mavzu: jurnalistika to‘rtinchi hokimiyat sifatida reja: kirish asosiy qism
Download 43.71 Kb.
|
Kirish
Haqiqat va yolg‘on
Dunyoning barcha davlatlarida ommaviy axborot vositalari siyosiy yoki iqtisodiy kuchlarga qaram ahvolda ish yuritadi. Hech bo‘lmaganda egasining dunyoqarashiga ko‘ra yoki mablag‘ beruvchining istagiga ko‘ra ish tutadi va masalani talqin qiladi. Tom ma’noda mustaqil OAV hech qachon bo‘lmagan. Masalan, o‘zlarining shaxsiy adovatini, qandaydir destruktiv fikrlarini, hech qanday qadr-qiymatga ega bo‘lmagan xulosalarini O‘zbekiston xalqining fikri kabi ko‘rsatishga harakat qilayotgan ommaviy axborot vositalari ham yo‘q emas. Ularning faoliyati natijasida «Haqiqat ishtonini kiyguncha yolg‘on dunyoning yarmini aylanib ulguradi» (A lie can travel half way around the world while the truth is putting on its shoes) degan ahvol yuzaga chiqadi. Chunki yolg‘on, noto‘g‘ri xabar tarqalib ketsa buni tuzatishni iloji bo‘lmay qoladi, rad qilish bilan xatoni bartaraf etish juda mushkul. Buning oqibatini esa tasavvur qilishni o‘rganishimiz zarur. Haqiqat va yolg‘on nima ekanini eng qisqa va aniq shaklda ifodalab beradigan bu fikr ko‘pchilik siyosatchi-jamiyatshunoslar uchun juda kerakli tushunchaga aylanib ulgurgan bo‘lsa-da, buning o‘zi katta yolg‘on va shubha o‘rtasida qolgan ibora bo‘lib qoldi. Ba’zi birovlar bu iborani birinchi marta Britaniyaning mashhur siyosatchisi Uinston Cherchill (Sir Winston Leonard Spencer-Churchill) aytgan degan yolg‘on ma’lumotni dunyoga tarqatib yuborishdi. Masalaning qiziq tomoni shundaki, bu iboraning asl muallifi amerikalik buyuk yozuvchi Mark Tven (Mark Twain) bo‘lishiga qaramay, bu ma’lumot ham yolg‘onga aylantirildi. Shuning uchun O‘zbekistondagi yangilikni yoki qandaydir xabarni bizdan oldin hech bir davlatning axborot agentligi chiqarishga ulgurmasligi shart. Aks holda yolg‘on, noto‘g‘ri xabar tarqalib ketishi ehtimoli bor. Yangilik ham tijorat mahsuli va uning ham o‘ziga yarasha bozori bor. Bu masalada jurnalistikaning va axborot almashishning o‘z qonun-qoidalari bor. Oldin o‘zimizning jurnalistlar xabarlarni tez tarqatib, hamkasb tahlilchilarga «masalliq» tayyorlab berishi zarur. Tezkorlik masalasida boshqa davlatlarning axborot agentliklariga ish qoldirmaslik tarafdoriman. Download 43.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling