Mavzu yuzasidan masalalar yechish
1-Misol.Tarkibida 39,7 % kaliy, 27,9 % marganets va 32,4 % kislorod bo‘lgan moddaning eng oddiy formulasini toping.
Yechish: Moddaning umumiy formulasini KxMnyOz deb olsak, .
Demak, moddaning formulasi K2MnO4 ekan.
2-misol:Modda miqdori 0,25 mol bo‘lgan kaliy sulfat (K2SO4) necha gramm keladi?
Yechish. Masalani yechish uchun formuladan foydalanamiz: m=vM=0,25.174=43,5 g
3-Misol: Massasi 16,6 g bo‘lgan kaliy yodid namunasini kislotali muhitda oksidlash uchun necha gramm kaliy dixromat talab etiladi?
Yechish: Mazkur moddalar ishtirokidagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyasining tenglamasini tuzish uchun hosil bo‘ladigan reaksiya mahsulotlarini aniqlab olamiz. KJ – qaytaruvchi, K2Cr2O7 – oksidlovchi, kislotali muhitda KJ oksidlanib J2, K2Cr2O7 qaytarilib, Cr3+ hosil qiladi. Tenglamaga koeffitsientlar tanlasak:
6KJ+K2Cr2O7+7H2SO4=3J2+Cr2(SO)2+4K2SO4+7H2O.
Ta’sirlashgan moddalar molyar massalaridan foydalanib, proporsiya tuzamiz va zarur bo‘lgan modda massasini topamiz:
g/mol; g/mol:
6·166:16,6-294:x; x=4,9 g K2Cr2O7.
Foydalanilgan adabiyotlar
Asosiy adabiyotlar
Q.Axmerov, A.Jalilov, R.Sayfuddinov, A.Akbarov, S.Turobjonov. Umumiy va anorganik kimyo. Darslik. – T. O‘zbekiston. 2017. 390 b.
Q.M.Axmerov, S.M.Turobjonov, S.Y.Saparov. Umumiy va anorganik kimyodan laboratoriya mashg‘ulotlari. O‘quv qo‘llanma. – T. O‘zbekiston. 2019. 248 b.
Ш.С.Арсланов, Ш.А.Муталов, В.С.Рыбальченко. Основы общей и неорганической химии. Учебник. – Т. Fan va texnologiya. 2019. – С. 354.
Q.Axmerov, A.Jalilov, R.Sayfuddinov. Umumiy va anorganik kimyo. Darslik.
– T. O‘zbekiston. 2006. 471 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |