Mavzu “Kaliyli
Download 157.79 Kb.
|
1 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mineral o‘g‘itlarning turlari va tarkibi
1-mavzu “Kaliyli tuzlar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblari fanining mazmuni, predmeti va metodi. Reja: 1. “Kaliyli tuzlar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblari” fanining mazmuni, predmeti va metodi. 2. Kaliyli tuzlar tarixi va rivojlanish tendensiyalari, qo'llaniladigan xom - ashyo materiallar haqida umumiy ma'lumotlar, kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarish sohasidagi jahonda va respublikamizda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari, hududiy muammolar, ilm-fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari. Mineral o‘g‘itlarning turlari va tarkibi Ishlab chiqarilayotgan mineral o‘g‘itlarning assortimenti o‘g‘itlarning barcha turlarini o‘z ichiga oladi: azotli, fosforli, kaliyli, mikroo‘g‘itlar, kompleks o‘g‘itlar va boshqalar. O‘g‘itlar sifatining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib, undagi o‘simlik uchun foydali ta’sir etuvchi moddalarning miqdori hisoblanadi. Asosiy ta’sir etuvchi moddalar bo‘lib, azot, fosfor va kaliy birikmalari hisobalanadi. Ularning o‘g‘itlaridagi miqdori elementar azot, fosfor (V)-oksidi-fosfor angidrid (P2O5) va kaliy oksidi (K2O)ga hisoblaganda o‘lchanadi. Lekin jahon matbuotida o‘g‘itlarning ta’sir etuvchi moddalarini hisoblashda (ularning miqdorini yanada aniq aniqlash uchun) oksidlardan elementlarga: fosfor (V)-oksidi P2O5 dan-R ga, kaliy oksidi – K2O dan K ga o‘tish (qayta hisoblash koeffitsientlari ilovada keltirilgan) masalasi qo‘yilmoqda. O‘g‘itning har bir turiga standart – GOST yoki texnik shartlar – TSh bilan bitta yoki bir necha ta’sir etuvchi moddalarning minimal miqdori ko‘zda tutilgan. Standart bilan namlik va o‘simlik uchun zararli aralashmalarning miqdori, shuningdek fizik-kimyoviy va mexanik xossalari, ko‘rsatkichlari qiymatlari chegaralanadi. Namning keragidan ortig‘i o‘g‘itning yopishib qolishi va kesak-kesak bo‘lib qolishiga olib keladi; nam o‘g‘itlarning ozuqaviy moddalar miqdorini pasaytiradigan ballast hisoblanadi. Azotli o‘g‘itlar qattiq va suyuq xilda ishlab chiqariladi. Qattiq azotli o‘g‘itlar orasida eng konsentratlangani 45-46% N bo‘lgan karbamid (mochevina), so‘ngra tarkibida 33,6-34,6% N bo‘lgan ammiakli selitra hisoblanadi. Katta miqdorda ishlab chiqariladigan kam konsentrlangan o‘g‘it – ammoniy sulfat bo‘lib, 20-21% N tashkil etadi. Suyuk azotli o‘g‘itlardan eng konsentratlangani tarkibida 82% N bo‘lgan suvsiz ammiak hisoblanadi. Tarkibida 30-36% N bo‘lgan ammiakatlar va azotli eritmalar, hamda tarkibida 20-21% N bo‘lgan ammiakli suvning konsentratsiyasi kamroqdir. Barcha azotli o‘g‘itlar, unda azot qanday shaklda bo‘lishiga bog‘liq holda 5 guruhga bo‘linadi: Ammiakli ― azot erkin ammiak xilida mavjud. Ularga suvsiz ammiak, suvli ammiak kiradi. Ammoniyli ― azot bunda kislota qoldig‘i bilan bog‘langan ammoniy ioni (NH4)+ holida bo‘ladi: ammoniy sulfat, ammoniy-nitrat sulfati. Nitratli ― azot nitrat kislota tuzlari xilida (NO3-) oksidlangan shaklida bo‘ladi: natriyli selitra NaNO3, kalsiyli selitra Ca(NO3)2. Download 157.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling