Mavzu: Kalsiy va magniy Darsning maqsad va vazifalari
Download 30 Kb.
|
Kalsiy va magniy
- Bu sahifa navigatsiya:
- tugadi. Ca va Mg fizik xossalarini aytib bering. Javob
- 5-savol. Ca va Mg qanday kimyoviy xossalarga ega
- 6-savol. Ca va Mg qanday maqsadlarda ishlatiladi
- Mustahkamlash
Mavzu: Kalsiy va magniy Darsning maqsad va vazifalari: 1. Kalsiy va magniyning davriy sistemadagi o’rni, xossalari, biologik ahamiyati haqida tushuncha berish. 2. Tuproqning kislotaliligini yo’qotishda kalsiy elementining vazifasi haqida ekologik tarbiya berish. 3. Yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanib, o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirish. Dars tipi: aralash, yangi bilimlar berish. Dars jihozi: davriy sistema, ohaktosh, gips, marmar, magnezit, kalsiy xlorid, kalsiy glyukonat va boshqalar. Darsni tashkil etish: O’quvchilardan o’tilgan mavzu quyidagi usullardan foydalanib so’raladi:
Tarqatma materiallar Individual so’rash Aqliy hujum Rasmga izoh Testlar. O’tilgan mavzuni so’rashda o’quvchilar bilimini baholash, mustahkamlash va yangi mavzuga bog’lash lozim. O’quvchilar uch guruhga bo’linib, o’zaro musobaqalashadi Yangi mavzu o’qib konspekt qilish uchun uyga vazifa tariqasida berib yuborilgan. 6 ta qog’ozga 6 xil rasm chizilgan, har bir guruhdan 2 tadan rasm izohi so’raladi. Bunda guruh o’quvchilarining barchasi ishtirok etishi kerak. 1-savol: Kalsiy va magniy haqida nimalarni bilasiz? O’quvchilar birin-ketin javob berib, raqamlangan gul yaproqlarni o’rniga yopishtiriladi. Qaysi guruhning gul yaproqlari to’la bo’lsa, o’sha jamoa g’olib hisoblanadi. Savolga javob berishda kalsiy va magniyning davriy sistemadagi atom tuzilishi, tabiatda uchrashi, xossalari, olinishi va ishlatilishi, biologik ahamiyati xususida ma’lumotlar keltiriladi. 1-savol: Kalsiy va magniy tabiatda qanday holda uchraydi? Javob:1. Magnezit, taxir tuz. 2. Ohaktosh, bo’r, marmar. 3 savol. Cf va Mgning davriy sistemasidagi o’rnini tavsirlang. 1. Kimyoviy belgisi Ca, Mg. 2. Mg-III, Ca-IV. 3. Metal 4. II valentli. 5. Yadro zaryadi: +12; +20. 6. S-elementlar oilasiga kiradi. 7. Nisbiy atom massasi: 24:40. Kimning javoblari to’liq bo’lsa, shuning o’simligi qiyg’os gullaydi. 4-savol. O’simliklar gullagandan so’ng meva tugadi. Ca va Mg fizik xossalarini aytib bering.
2. Yengil metal. 3. havoda oksid parda hosil qiladi. 4. Kerosin ostida saqlanadi. 5. Ko’zni qamashtiradigan oq alanga qilib yonadi. Guruhlar o’simligi nechta meva tukkaniga qarab baholab boriladi. 5-savol. Ca va Mg qanday kimyoviy xossalarga ega? Javob:1. 2Ca+O2=2CaO havo kislorodli, galogenlar bilan oson ta’sirlashadi. 2. Suv bilan reksiyaga kirishib, gidroksid hosil qiladi. Ca+H2O=Ca (OH)2+H2 3. Kislotalar bilan shiddatli reksiyaga kirishadi. Ca+2HCI=CaCl2+H2 4. Magniy ko’zni qamashtiradigan oq alanga hosil qilib yonadi. Mg+O2=2MgO
Javob:1. Qotishmalar tayyorlashda. 2. Fotografiyada. 3. Tibbiyotda. 4. Qurilishda. 5. Qishloq xo’jaligida. 6. Qand ishlab chiqarishda. 7. Optik asboblar tayyorlashda. 8. rezina bo’yoqlar olishda. Endi pishgan mevalarni savatchaga terib olamiz. Mustahkamlash: Yangi mavzuni mustahkamlash uchun guruhlarga test savollari beriladi. Bunda guruh o’quvchilarning chaqqonligi kuzatiladi. 1. Kalsiy va magniy qanday elementlar oilasiga kiradi? a) P b) C
s) D d) F
2. Qaysi qatorda magnezit formulasi keltirilgan? a) MgCl2 b) CaCO3 s) CaSO4 d) MgCO3 3. Hayvon suyaklari tarkibining necha foizi kalsiy fosfatdan iborat? a) 80% b) 60%
s) 40% d) 70%
4. Marmar konlari berilgan qatorni ko’rsating? a) Qoragat, Zebilov b) Gazg’on, Nurota s) Ko’kdumaloq, Boysun d) Mingbuloq, Zirband. 5. Ca va Mg sanoatda qanday olinadi? a) Gidroliz b) Termik s) Elektroliz d) Piroliz 6. Sanoatda kalsiy oksidi nimadan olinadi? a) Ohaktoshdan b) magnezitdan s) Dolomitdan d) Gipsdan. 7. Kalsiyning qaysi birikmalaridan oqartiruvchi modda sifatida, qog’oz ishlab chiqarishda, dizenfeksiyalashda ishlatiladi? a) Ca(OH)2 b) CaSO4 2H2O s) CaClO2 d) CaCO3 8. Magniyning oksidlanish darajasi va valentligi qaysi javobda to’g’ri berilgan? a) +2; III b) +1; II s) +2; II d) +1; III O’simlikning qanday gullagani, nechta meva tukkani va savatchaga terib olingan mevalar soni hisoblanib, test natijalari qo’shilgach, mutloq g’olib guruh aniqlanadi. Darsda qanday ishtirok etganiga qarab o’quvchilar baholanadi. Yangi mavzu xulosalangach, uyga vazifa beriladi. Uyga vazifa: Darslikda berilgan mavzu so‘ngidagi savo-topshiriqlarni bajarish. Download 30 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling