Mavzu: Kalsiy va magniy


Download 20.42 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi20.42 Kb.
#1404998
Bog'liq
9 sinf dars ishlanma


9-sinf
Mavzu: Kalsiy va magniy
Darsning maqsad va vazifalari:
1. Kalsiy va magniyning davriy sistemadagi o’rni,
xossalari, biologik ahamiyati haqida tushuncha berish.
2. Tuproqning kislotaliligini yo’qotishda kalsiy
elementining vazifasi haqida ekologik tarbiya berish.
3. Yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanib,
o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirish.
Dars tipi: aralash, yangi bilimlar berish.
Dars jihozi: davriy sistema, ohaktosh, gips, marmar, magnezit,
kalsiy xlorid, kalsiy glyukonat va boshqalar.
Darsni tashkil etish:
O’quvchilardan o’tilgan mavzu quyidagi usullardan
foydalanib so’raladi:
1. Tarqatma materiallar
2. Individual so’rash
3. Aqliy hujum
4. Rasmga izoh
5. Testlar.
O’tilgan mavzuni so’rashda o’quvchilar bilimini baholash,
mustahkamlash va yangi mavzuga bog’lash lozim. O’quvchilar
uch guruhga bo’linib, o’zaro musobaqalashadi Yangi mavzu 24
o’qib konspekt qilish uchun uyga vazifa tariqasida berib
yuborilgan. 6 ta qog’ozga 6 xil rasm chizilgan, har bir guruhdan
2 tadan rasm izohi so’raladi. Bunda guruh o’quvchilarining
barchasi ishtirok etishi kerak.
1-savol: Kalsiy va magniy haqida nimalarni bilasiz?
O’quvchilar birin-ketin javob berib, raqamlangan gul
yaproqlarni o’rniga yopishtiriladi. Qaysi guruhning gul
yaproqlari to’la bo’lsa, o’sha jamoa g’olib hisoblanadi. Savolga
javob berishda kalsiy va magniyning davriy sistemadagi atom
tuzilishi, tabiatda uchrashi, xossalari, olinishi va ishlatilishi,
biologik ahamiyati xususida ma’lumotlar keltiriladi.
1-savol: Kalsiy va magniy tabiatda qanday holda
uchraydi?
Javob:1. Magnezit, taxir tuz.
2. Ohaktosh, bo’r, marmar.
3 savol. Cf va Mgning davriy sistemasidagi o’rnini
tavsirlang.
1. Kimyoviy belgisi Ca, Mg.
2. Mg-III, Ca-IV.
3. Metal
4. II valentli.
5. Yadro zaryadi: +12; +20.
6. S-elementlar oilasiga kiradi.
7. Nisbiy atom massasi: 24:40.
Kimning javoblari to’liq bo’lsa, shuning o’simligi qiyg’os
gullaydi.
4-savol. O’simliklar gullagandan so’ng meva tugadi. Ca
va Mg fizik xossalarini aytib bering.
Javob: 1. Kumushsimon oq rangli.
2. Yengil metal.
3. havoda oksid parda hosil qiladi.
4. Kerosin ostida saqlanadi.
5. Ko’zni qamashtiradigan oq alanga qilib yonadi.
Guruhlar o’simligi nechta meva tukkaniga qarab baholab
boriladi.
5-savol. Ca va Mg qanday kimyoviy xossalarga ega? 25
Javob:1. 2Ca+O2=2CaO havo kislorodli, galogenlar bilan
oson ta’sirlashadi.
2. Suv bilan reksiyaga kirishib, gidroksid hosil qiladi.
Ca+H2O=Ca (OH)2+H2
3. Kislotalar bilan shiddatli reksiyaga kirishadi.
Ca+2HCI=CaCl2+H2
4. Magniy ko’zni qamashtiradigan oq alanga hosil qilib
yonadi. Mg+O2=2MgO
6-savol. Ca va Mg qanday maqsadlarda ishlatiladi?
Javob:1. Qotishmalar tayyorlashda.
2. Fotografiyada.
3. Tibbiyotda.
4. Qurilishda.
5. Qishloq xo’jaligida.
6. Qand ishlab chiqarishda.
7. Optik asboblar tayyorlashda.
8. rezina bo’yoqlar olishda.
Endi pishgan mevalarni savatchaga terib olamiz.
Mustahkamlash: Yangi mavzuni mustahkamlash uchun
guruhlarga test savollari beriladi. Bunda guruh o’quvchilarning
chaqqonligi kuzatiladi.
1. Kalsiy va magniy qanday elementlar oilasiga kiradi?
a) P
b) C
s) D
d) F
2. Qaysi qatorda magnezit formulasi keltirilgan?
a) MgCl2
b) CaCO3
s) CaSO4
d) MgCO3
3. Hayvon suyaklari tarkibining necha foizi kalsiy
fosfatdan iborat?
a) 80%
b) 60%
s) 40% 26
d) 70%
4. Marmar konlari berilgan qatorni ko’rsating?
a) Qoragat, Zebilov
b) Gazg’on, Nurota
s) Ko’kdumaloq, Boysun
d) Mingbuloq, Zirband.
5. Ca va Mg sanoatda qanday olinadi?
a) Gidroliz
b) Termik
s) Elektroliz
d) Piroliz
6. Sanoatda kalsiy oksidi nimadan olinadi?
a) Ohaktoshdan
b) magnezitdan
s) Dolomitdan
d) Gipsdan.
7. Kalsiyning qaysi birikmalaridan oqartiruvchi modda
sifatida, qog’oz ishlab chiqarishda, dizenfeksiyalashda
ishlatiladi?
a) Ca(OH)2
b) CaSO4 2H2O
s) CaClO2
d) CaCO3
8. Magniyning oksidlanish darajasi va valentligi qaysi
javobda to’g’ri berilgan?
a) +2; III
b) +1; II
s) +2; II
d) +1; III
O’simlikning qanday gullagani, nechta meva tukkani va
savatchaga terib olingan mevalar soni hisoblanib, test natijalari
qo’shilgach, mutloq g’olib guruh aniqlanadi. Darsda qanday
ishtirok etganiga qarab o’quvchilar baholanadi. Yangi mavzu
xulosalangach, uyga vazifa beriladi.
Uyga vazifa: Darslikda berilgan mavzu so‘ngidagi savotopshiriqlarni bajarish.
Download 20.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling