Mavzu: Kanali qurilgan mdya tranzistorlar tuzilmasi va ularning sxemada belgilanishi ishlash prinsipi Reja


Download 246.61 Kb.
bet1/4
Sana21.02.2023
Hajmi246.61 Kb.
#1217979
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Kanali qurilgan mdya tranzistorlar tuzilmasi va ularning


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XOZAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


Mustaqil ish

Bajardi: Mo`minov Sharifjon


Tekshirdi: Arziyev Davron
Mavzu: Kanali qurilgan MDYA tranzistorlar tuzilmasi va ularning sxemada belgilanishi ishlash prinsipi
Reja:
1.Kanali induksiyalangan MDYa – transistor
2.Maydoniy transistor
3.Maydoniy tranzistorni statik xarakteristikalari va asosiy parametrlari


Kanali induksiyalangan MDYa – tranzistor
Kanali induksiyalangan MDYa – tranzistor P – n o‗tish bilan boshqariladigan maydoniy tranzistorlardan farqli ravishda MDYa–tranzistorlarda metall zatvor kanal hosil qiluvchi otkazgichli sohadan doim dielektrik qatlami yordamida izolyatsiyalangan. Shu sababli MDYa– tranzistorlar zatvori izolyatsiyalangan maydoniy tranzistorlar turiga kiradi. Dielektrik qatlami SiO2 dielektrik oksidi bo‗lganligi sababli, bu tranzistorlar MOYa – tranzistorlar (metall – oksid- yarim o‗tkazgichli tuzilma) deb ham ataladilar. MDYa–tranzistorlarning ishlash prinsipi ko‗ndalang elektr maydoni ta‘sirida dielektrik bilan chegaralangan yarim o‗tkazgichning yuqori qatlamida o‗tkazuvchanlikni o‗zgartirish effektiga asoslangan. Yarim o‗tkazgichning yuqori qatlami tranzistorning tok o‗tkazuvchi kanali vazifasini bajaradi. p – kanali induksiyalangan MDYa - tranzistor tuzilmasi va uning shartli belgisi. Tranzistor quyidagi chiqishlarga ega: istokdan – I, stokdan – S, zatvordan – Z va asos deb ataluvchi – A kristalldan. Stok va istoklarning p+ - sohalari n – turdagi yarim o‗tkazgich bilan ikkita p–n o‗tish hosil qilganligi sababli, USI kuchlanishining biror qutblanishida bu o‗tishlardan biri teskari yo‗nalishda ulanadi va stok toki IS deyarli nolga teng bo‗ladi.

Tranzistorda tok o‗tkazuvchi kanal hosil qilish uchun zatvorga teskari qutbdagi kuchlanish beriladi. Zatvor elektr maydoni SiO2 dielektrik qatlami orqali yarim o‗tkazgichning yuqori qatlamiga kiradi, undagi asosiy zaryad tashuvchilar
(elektronlar) ni itarib chiqaradi va asosiy bo‗lmagan zaryad tashuvchilar (kovaklar) ni o‗ziga tortadi. Natijada yuqori qatlam elektronlari kambag‗allashib, kovaklar bilan esa boyib boradi. Zatvor kuchlanishi bo‗sag‗aviy deb ataluvchi ma‘lum qiymati U0 ga yetganda, yuqori qatlamda elektr o‗tkazuvchanlik kovak o‗tkazuvchanlik bilan almashadi va istok va stokni bir – biri bilan bog‗lovchi p- turdagi kanal shakllanadi. UЗИ U0 bo‗lganda yuqori qatlam kovaklar bilan boyib boradi, bu esa kanal qarshiligini kamayishiga olib keladi. Bu vaqtda stok toki IS ortadi. 31 – rasmda p – kanali induksiyalangan MDYa - tranzistorning stok – zatvor VAXsi keltirilgan.

n - kanali induksiyalangan MDYa - tranzistorning chiqish
(stok) xarakteristiklar oilasi keltirilgan. Zatvorga ma‘lum kuchlanish berilganda UСИ ning ortib borishiga ko‗ra stok toki nol qiymatdan avvaliga chiziqli ko‗rinishda ortib boradi (VAX ning tikka qismi), keyinchalik esa ortish tezligi kamayadi va yetarlicha katta UСИ qiymatlarida tok o‗zgarmas qiymatga intiladi. Tok ortishining to‗xtashi stok yaqinidagi kanalning berkilishi bilan bog‗liq.
Zatvori izolatsiyalangan Maydoniy tranzistor. metall zatvor va kanal orasida yupqa dielektrik qatlam mavjud. Bunday maydoniy tranzistorlarda metall - dielektrik - yarimo‘tkazgich (MDYa) tuzilmaga egaligi sababli MOSFET - tranzistor deb ataladi. Uning kanali qurilgan va kanali induksiyalangan turlari mavjud bo‘lib birinchi turdagi tranzistorlarda kanal sohasi texnologik usul bilan hosil qilinadi, ikkinchisida esa - kanal sohasi zatvorga ma’lum qutbli va qiymatli kuchlanish berilganda hosil bo‘ladi (induksiyalanadi).Ko‘ndalang elektr maydon yupqa dielektrik orqali o‘tib, kanaldagi zaryad tashuvchilar konsentratsiyasini boshqaradi.Unipalyar tranzistorlarning yana bir turi zatvoti izolyatsiyalangan (himoyalangan) tranzistor deb yuritiladi.Ularda metalldan yasalgan zatvor asos qatlam-kanaldan dielektrik modda bilan ajratilgan bo‘ladi.Shuning uchun bunday tranzistorlar yana MDYa (metal-dielektrik-yarimotkazgich) turidagi unipalyar tranzistorlar deb ham ataladi.Ko‘pincha dielektrik sifatida oksid materiallar ishlatiladi.(Masalan Kremniy SiO2O2).Bu xolda tranzistor MOYA (metall-oksid-yarimotkazgich) turidagi unipalyar tranzistorlar deb ham ataladi. Metall dielektrik Yarimo‘tkazgich turidagi tranzistorlarda ham stok toki zatvor kuchlanishi orqali boshqariladi.Zatvor bilan asos yarimotkazgich orasida elektr maydon hosil qilinganda maydon kuchlanganligining yo‘nalishiga qarab,asosiy tok tashuvchilar yo asos yarimotkazgichning sirtiga yoki hajmiga tortiladi.

Download 246.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling