Mavzu: Kapital qurilishni tashkil etish


Download 56.94 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi56.94 Kb.
#1488039
Bog'liq
diyorbek


Toshkent arxitektura qurilish universiteti
Qurulishni boshqarish fakulteti
Mustaqil ishi
Mavzu: Kapital qurilishni tashkil etish.
Tayyorladi:Abduqahorov D
Tekshirdi: Karimov I
Toshkent-2023
Mavzu: Kapital qurilishni tashkil etish
REJA:
  • Kapital qurilishni tashkil etishning tashkiliy shakllari
  • Qurilishni shartnoma asosida tashkil etish
  • Kapital qurilishda tanlov savdolari va ularni tashkil etish

Kapital qurilishni tashkil etishning tashkiliy shakllari.
Kapital qurilishda investitsiya jarayonining asosiy ishtirokchilari sifatida odatda bajaradigan vazifalariga ko‘ra investor, buyurtmachi, quruvchi, pudratchi va loyihalovchilar ishtirok etadilar.
Investor - ob'ekt qurilishini moliyalashtirishni xususiy yoki qarz mablag‘lar hisobiga amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati sub'ekti. Investor investitsiya natijalarini tasarruf qilish bo‘yicha to‘liq yuridik huquqlarga ega
Buyurtmachi - texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqishdan boshlab ob'ektni foydalanishga topshirish yoki ob'ektning ishlab chiqarish quvvatiga chiqishigacha bo‘lgan muddatda ob'ekt qurilishining tashkilotchisi va boshqaruvchisi funktsiyalarini qabulqilgan huquqiy yoki jismoniy shaxs.
Qurilish egasi - qurilish bo‘layotgan yer maydoniga egalik qilish huquqiga ega bo‘lgan huquqiy yoki jismoniy shaxs. U yer egasi hisoblanadi. Buyurtmachi qurilish egasidan farqli ravishda yer maydonidan qurilish uchun faqat ijara shartlari asosida foydalanadi.
Pudratchi (bosh pudratchi) - pudrat shartnomasi yoki kontrakti asosida ob'ekt qurilishini amalga oshirayotgan qurilish firmasi. Bosh pudratchi qurilish natijalari uchun shartnoma shartlariga muvofiq ravishda buyurtmachi oldida to‘liq javobgar bo‘ladi.
Loyihalovchi - buyurtmachi bilan tuzilgan shartnoma asosida u yoki bu ob'ektning kelgusidagi qurilishini loyihalovchi loyihalash tashkiloti yoki shunga o‘xshash boshqa muassasa. Loyihalovchi loyihaning va uning asosidagi texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning sifati uchun to‘liq javobgar bo‘ladi. Buyurtmachi loyihada ko‘zda tutilgan yechimlarga rioya qilinishini nazorat qilish uchun mualliflik nazorati o‘rnatadi.
Qurilishni shartnoma asosida tashkil etish.
Qurilish ob'ektlarini foydalanishga tayyor holda pudrat usulida qurish muntazam ishlab turuvchi qurilish tashkilotlari (firmalari) tomonidan buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnomalar assida amalga oshiriladi. Bu qurilishning asosiy va eng keng tarqalgan usulidir. Bugungi kunda kapital qurilish sohasidagi barcha pudrat ishlarining taxminan 80 foizi shu usulda amalga oshiriladi. Uni amalga oshirish uchun “Kapital qurilish pudrat shartnomasi” asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ishlar qiymati uzil-kesil hisoblanadi va keyinchalik qayta ko‘rib chiqilishi mumkin emas, quyidagi hollar bundan mustasno:
qurilish qiymatini ko‘paytirishga yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlari sabab bo‘lganda;
ishlar hajmi buyurtmachi tomonidan o‘zgartirilganda;
ob'ektning qurilishi bir yildan ortiqqa o‘zgartirilganda.
Kapital qurilishda tanlov savdolari va ularni tashkil etish.
O‘zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilish, shuningdek ilgari to‘xtatib qo‘yilgan ob'ektlar qurilishini davom ettirish bilan bog‘liq ishlar va xizmatlarning butun kompleksini bajarish, tovarlar xarid qilish, asbob-uskunalar sotib olish Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 3 iyuldagi 302-son qaroriga asosan tanlov savdolari (tenderlar) orqali amalga oshiriladi.
Uni tashkil etish va o‘tkazish tartibi va shartlarini esa ushbu Qarorda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari to‘g‘risidagi Nizom» belgilaydi. Nizom tanlov savdolarini o‘tkazishning barcha tashkiliy bosqichlarini belgilab beradi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Umumiy qoidalar
Tanlov savdolari qatnashchilari
Tanlov savdolari shakllari
Talabgorga qo‘yiladigan malaka talablari
Tanlov savdolarini o‘tkazishga tayyorgarlik
Tanlov hujjatlarining tarkibi, tuzilishi, ularni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi
Ofertalarni taqdim etish
Tanlov savdolarini o‘tkazish va ularni yakunlash
Tanlov hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish hamda tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi monitoringi
Narxlarga tuzatishlar kiritish va sug‘urta
Tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazish xarajatlari
Tanlov savdolari qatnashchilarining javobgarligi
ADABIYOTLAR
1.Sh.M.Mirziyoеv “Buyuk kеlajagimizni mard va oliyjanob halqimiz bilan birga quramiz” T. “O’zbеkiston”. 2016y.486 bеt.
2. M.Siddiqov “Qurilishni tashkil etish va rеjalashtirish” fanidan kurs loyihasini bajarishga doir uslubiy kursatma Jizzah-2021.
3. Шахпаранов В.В. и др. Организация строительного производства. Справочник строителя. 2-е. МИСИ, 1997.-460с.
4. Дикман Л.Г. Организация жилищно-гражданского строительства. Справочник строителя. 2-е изд-е. МИСИ, 1990.-495с
ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Download 56.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling