Mavzu: kapr qo‘NG‘izi trogoderma granarium. Ev reja: kapr qo‘NG‘izi —


Download 17.8 Kb.
Sana11.05.2023
Hajmi17.8 Kb.
#1454542
Bog'liq
KAPR QO‘NG‘IZI TROGODERMA GRANARIUM


MAVZU: KAPR QO‘NG‘IZI TROGODERMA GRANARIUM. EV
REJA:
1.KAPR QO‘NG‘IZI — TROGODERMA GRANARIUM. EV.
2.KENG XARTUMLI OMBOR UZUNBURUNI CAULOPHILLUS SAY.)


Mavzuning maqsadi. Kapr qo‘ng‘izi. Keng xartumli ombor uzunburini. Xitoy donxo‘ri, Braziliya donxo‘ri, Trogoderma ornatum, Trogoderma grassmani, Trogoderma sternale, Trogoderma angustum, Trogoderma balfinchae. Zararkunandalarining bioekologiyasi, dunyo bo‘yicha tarqalishi, iqtisodiy zararini o’rganish,
Tarqalishi. Hindiston, AQSH, O‘rta Osiyo, va Janubiy Evropa, Finlyandiyada uchraydi. Don po‘stxo‘ri Xitoyga ham tarqalganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Uzbekistonda Qashqadaryo viloyati Qarshi pivzavodida, Toshkent viloyati Olmaliq pivzavodida va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus pivzavodida tarqalgan.
Zarari. Don po‘stxo‘ri makkajo‘xori, bug‘doy, arpa va boshqa g‘alla gullilarning doni, shuningdek har xil dukkakli ekinlarning urug‘ini eb qo‘yadi.
Morfologik belgilari. Qo‘ng‘izning tanasi cho‘ziq oval shaklda to‘q qo‘ng‘ir tusli bo‘lib, qanot ustliklarida ochroq dog‘i bor, mo‘ylovlari och jigar rang yoki sariq tusda 10 bo‘g‘imli bulavasi bor. Erkagining uzunligi 2 mm, urg‘ochisiniki 2,8 mm gacha keladi.
Lichinkasining uzunligi 4 mm gacha bo‘lib, uchi tomon toraya boradi. Uzun qo‘ng‘ir tuklari bor, so‘nggi qorin segmentining orqa chekkasidagi tuklari eng uzun bo‘ladi.
G‘umbagi ham yaxshi sezilarli siyrak tuklar bilan qoplangan.
Biologik xususiyatlari. Hasharot o‘zi tushgan don va dukkali don bilan birga boshqa joylarga tarqaladi. Don po‘stxo‘ri lichinkalik stadiyasida qishlaydi. Qo‘ng‘izlar tuxumini don yuzasiga g‘allalarda esa don egatchasiga qo‘yadi. Voyaga etgan qo‘ng‘izlar oziqlanmaydi va donga zarar etkazmaydi.
Ular 10 kun yashaydi. Urg‘ochilari o‘rta hisob bilan 65 ta tuxum qo‘yadi, har birini alohida-alohida joylaydi. Ko‘p deganda 126 ta tuxum qo‘yadi. Etarli yuqori haroratda tuxumlar 6-7 kun rivojlanadi. Lichinkalarning butun rivojlanishi uch kunda tuganlanadi, ular shu erda g‘umbakka aylanadi. Lichinkalarning rivojlanishi bir yarim oygacha davom etadi. Qo‘ng‘izlar donni tashlab ketib, tez orada juftlashadi va tuxum qo‘yishiga kirishiladi. Hasharot bir yilda to‘rtta nasl berdi.


KENG XARTUMLI OMBOR UZUNBURUNI (Caulophillus Say.)
Oilasi – uzunburunlar – curculionidae.
Turkum – qattiq qanotlilar - Coleoptera
Tarqalishi. Belgiya, Germaniya, Finlyandiya, Marokash, Meksika, AQSH, Kuba, Puerto-Riko, Yamayka davlatlarida tarqalgan. MDH da ro‘yxatga olinmagan.
Zarari. Bug‘doy, arpa donlari, no‘xat, makkajo‘xori, va boshqa ko‘plab ombor mahsulotlarini zararlaydi.Urug‘larni urug‘kurtagini eydi va ular ekish uchun yaroqsiz bo‘lib qoladi.
Morfologik belgilari. Imagosining tanasi uzun, deyarli silindrsimon, smolali qora rangda. Bosh tutqichi qisqa va enli. Mo‘ylovchalari 9 bo‘g‘imli, tirsakli (bo‘g‘im-bo‘g‘imli). Old beli tomoni uzunligi eni bilan teng. Qanot usti tepaga tomon yumaloqlashgan, old beliga nisbatan 2 marta uzun. Ko‘kragida hamma oyoqlari yo‘g‘onlashgan. Qo‘ng‘izning tana uzunligi 3 mm gacha bo‘ladi.
Lichinkasi oq va sarg‘ish rangda, tanasi o‘roqsimon egilgan. Kamyob tukchalar bilan qoplangan, oyoqsiz bo‘ladi. Uzunligi 2,5-3 mm.G‘umbagi 2,8-3 mm uzunlikda, eni 1,3 mm gacha. Boshida oq keyinchalik sarg‘ish rangda bo‘ladi.
Biologik xususiyatlari. Haroratga bog‘liq holda, 5-7 kundan keyin g‘umbakdan imagolar chiqadi. Tuxum qo‘yish uchun urg‘ochilar urug‘ni teshadi va tuxumini shu erga qo‘yadi. Bitta urg‘ochisi 200-300 tagacha tuxum qo‘yadi. Harorat va namlikka bog‘liq holda 4-14 kundan keyin lichinkalar paydo bo‘ladi. G‘umbaklanish zararlangan urug‘lar ichida yuz beradi. AQSH janubida 1 avlodning rivojlanishi 1 oyga etadi. Zararkunanda hamma rivojlanish bosqichlarida urug‘lar, mevalar, don va zararlangan mahsulotlar orqali tarqaladi. Oxirgi yillarda zararkunanda Meksikadan keltirilgan makkajo‘xori doni va bug‘doyni tekshirish natijasida topilgan. Ularning hammasi brommetil bilan zararsizlantirilgan. Karantin tadbirlar. Karantin ostidagi materiallarni tekshiruvdan o‘tkazish. Tekshiruv lupa va binokulyar yordamida olib kuriladi. Mahsulotni zararsizlantirish brommetil bilan vakkum sharoitlarda olib boriladi.


Xulosa
Don po‘stxo‘ri lichinkalik stadiyasida qishlaydi. Qo‘ng‘izlar tuxumini don yuzasiga g‘allalarda esa don egatchasiga qo‘yadi. Voyaga etgan qo‘ng‘izlar oziqlanmaydi va donga zarar etkazmaydi.
Ular 10 kun yashaydi. Urg‘ochilari o‘rta hisob bilan 65 ta tuxum qo‘yadi, har birini alohida-alohida joylaydi. Ko‘p deganda 126 ta tuxum qo‘yadi. Etarli yuqori haroratda tuxumlar 6-7 kun rivojlanadi. Lichinkalarning butun rivojlanishi uch kunda tuganlanadi, ular shu erda g‘umbakka aylanadi. Lichinkalarning rivojlanishi bir yarim oygacha davom etadi. Qo‘ng‘izlar donni tashlab ketib, tez orada juftlashadi va tuxum qo‘yishiga kirishiladi. Hasharot bir yilda to‘rtta nasl berdi.

Asosiy adabiyotlar

  1. I.R.Saidov, O.T.Usvaliev O‘simliklar karantini asoslari darslik T.: 2020 y

  2. Raximov U.X., SHeraliev A., Jumaev R.A., Xaytbaeva N.S. O‘simliklar karantinida fitoekspertiza. –Toshkent: “Navro‘z”, 2020. –248 b. (o‘quv qo‘llanma).

Qo’shimcha adabiyotlar.
1. O‘zbekiston Respublikasi hududini “O‘simliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish va o‘simliklar karantini sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi” NIZOM. Toshkent. 2018.
Axborot manbalari.
1. www.plantquarantine.com/pests.html
Download 17.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling