18-rasm. Relefni perspektiv usulda tasvirlash.
Moraviya kartasi (XVII asr).
Relefni tasvirlashning perspektiv (uzoqdan manzarali tasvirlash) usulini XIX asr harbiy kartalarida qo’llash mumkin emasligi sezilib qoldi, chunki harbiylarga aniq kartalar zarur bo’lgan. Relef shtrixlar bilan tasvirlanganda chiziqlarning ingichka va yo’g’onligiga qaraladi. Relef qancha tik bo’lsa, qora chiziqlar shunchalik yo’g’onlashtirilib ko’rsatiladi, bu yoritilganlikning o’zgarishini bildiradi, ya’ni relef elementlari qanchalik tik joylashgan bo’lsa, shunchalik soya quyuq, nishabligi kamayib borgan sari soyalar shunchalik yoritilib beriladi.
Relefni shtrix chiziqlar bilan tasvirlash 1800 yillardan boshlangan, uni birinchi marta 1799 yilda nemis harbiy xizmatchisi Iogan Georg Leman amalga kiritgan. A.N.Bolotov tomonidan yaratilgan topografik kartalar harbiy sohada keng qo’llanilib kelingan. Shtrixlar usulidan foydalanishda ishlatilgan chiziqlarni yo’g’onligi bilangina chegaralanmay, ularning uzun va ingichkaligiga ham e’tibor berilgan (19-rasm).
19-rasm. Relefni shtrixlar bilan tasvirlash sxemasi.
a) gorizontallarning ko’rinishi va qiyaliklarni ko’rsatuvchi chiziqlar; b) shtrixlarni joylashtirilishi; d) qiyaliklarning shtrixlar bilan ko’rsatilishi; e) shtrixlarning soyalaridan foydalanish.
Shtrixlar relefning plastikasini (yuzini) yaxshi ko’rsatib qolmay, uning morfologik xususiyatlarini ham ko’rsatib beradi, lekin nuqtalarning mutloq va nisbiy balandliklarini aniq bermaydi. Undan tashqari, bu usuldan relefning barcha shakllarini to’liq tasvirlab bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |