Mavzu. Kartografik tasvirlash usullari (4 soat) Kartografik tasvirlash usullari Relefni tasvirlash usullari


Download 0.62 Mb.
bet10/14
Sana02.11.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1739544
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
107192 12-MAVZU. KARTOGRAFIK TASVIRLASH USULLARI

16-rasm. Kartodiagrammalar usuli.
Haydaladigan yerlarning maydoni (ming ga. hisobida)
Kartogrammalar usuli. Kartada biror hodisaning o’rtacha intensivligini ko’rsatilgan ma’muriy-hududiy birlik doirasida har xil ranglar bilan yoki har xil zichlikda shtrixlab tasvirlash usuliga kartogramma deyiladi. Masalan, viloyat yoki tumanlar bo’yicha aholining har bir km2 maydonga to’g’ri keladigan zichligi, qishloq xo’jalik ekinlarining o’rtacha hosildorligi, har 100 gektar qishloq xo’jaligiga yaroqli yerdan qancha go’sht, sut, jun va boshqa mahsulotlar olinishi va boshqalar tasvirlanadi (17-rasm).





17-rasm. Bir xil o’lchamlar o’zaro nisbatini tavsiflovchi turli diagrammalar:
chiziqli (ustunli); maydonli; hajmli.


Kartodiagrammalardan farqli o’laroq, kartogrammalarda nisbiy ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Tasvirning ko’rgazmaliligini oshirish uchun har bir hududiy birlik odatda rang bilan bo’yab yoki shtrixlab chiqiladi. Agar rang quyuqlashib yoki shtrix chiziqlar zichlashib borsa, intensivlik yoki miqdor u ko’rsatkichining oshib borishi kuzatiladi, aksincha, rang ochlashib, shtrixlar siyraklashsa miqdor ko’rsatkich kamayib boradi.
2. Relefni tasvirlash usullari.
Relef umumgeografik kartalarda tasvirlanadigan eng murakkab element hisoblanadi. Oddiy shakllar eni va bo’yi masshtab asosida kichraytirilib tasvirlansa, relefni uchinchi bir ko’rsatkichi — balandligi ham tasvirlanishi talab etiladi.
Relef — Yer yuzasidagi past-balandliklarni, jarlik va cho’kmalarni, tog’lik va tekisliklarni o’zida mujassam qilgan landshaftning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Relef geologik jarayon bilan bog’liq bo’lib, uning shakllanishida roli katta. Yer yuzasidagi gidrografik elementlarning shakllanishida, o’simlik va tuproqlar tarqalishida, ekologik vaziyat rivojlanishida, muhandislik inshootlarni loyihalashda, aholi yashaydigan shahar va posyolkalar qurilishida, dehqonchilikda relefning roli katta hisoblanadi. Yer yuzasining relefi xilma-xilligidan ularni tasvirlash ham har xil bo’ladi. Relefi tekis bo’lgan hududlar bilan, relefi baland-pastliklardan iborat bo’lgan hududlarni bir xil usulda tasvirlab bo’lmaydi. Masalan, tekislik hududlar gorizontallar bilan tasvirlansa aniqlik darajasi yuqori bo’lsa-da, o’quvchanligi past bo’ladi. Relefi balandliklar, tog’liklar bo’lgan hududlarda gorizontallar bilan tasvirlanganda ham, relefning xususiyatlari to’liq ifodalanmaydi. Shuning uchun gorizontallar oralig’i ranglar bilan bo’yab ko’rsatiladi. Ba’zi relef shakllari borki, ularni gorizontallar bilan tasvirlab bo’lmaydi. Masalan, jarliklar, karstlar, osilib turgan tog’ jinslari, g’orlar va boshqalar.
Umuman relefni teng, ya’ni izoliniyalar (gorizontallar) va belgilar bilan tasvirlash lozim. Geomorfologik kartalarda relef miqdori rang, ba’zan areallar bilan ham tasvirlanishi mumkin. Gipsometrik kartalarda relefni tasvirlashda maxsus qoida va talablar borki, ularni albatta hisobga olish kerak. Ular:

  • tasvirlarning metr o’lchamligi, ya’ni kartada joyning mutloq balandligini aniqlash va balandliklar orasidagi farqni hisoblash, qiyalik burchaklarni aniqlash va yer yuzasi notekisligini ko’rish;

  • tasvirlarning nafisligi, relefning tekisligi va notekisligining bir me’yorda ko’rsatilishi va o’quvchida tasvirlangan relef to’g’risida ko’rgazmali shakl hosil bo’lishiga erishish;

  • tasvirlangan relefda morfologik o’xshashlik bo’lishligi, ya’ni relefning tipologik xususiyatlari va tarkibi ko’rinib turishi.

Yuqorida keltirilgan talablarni bajarish butun relefni kartaga olish tarixida namoyon bo’ladi, har xil davrlarda birinchi o’ringa tasvirning ko’rgazmaliligi, hajmli yoki aniq o’lchamli ko’rsatishga intilish kuzatilsa, ba’zi davrlarda relefning morfologik o’xshashligini tasvirlashga yoki bu talablarni bitta kartada ko’rsatishga harakat qilingan. Bazi kartalarda relef sxematik perspektiv (uzoqdan manzarali tasvirlash) usulda alohidagi tepalik, baland joylar, tog’lar ko’rinishida tasvirlangan. Relef elementlarini bo’rttirib ko’rsatish uchun tepaliklar soyasi bilan qoplangan, bu relefni suratli tasvirlash usuli ham deb atalgan 18-rasm).
Bu usulga relefning mutloq yoki nisbiy balandliklari zarur emas, faqat suv ayirg’ichlarning umumiy joylashishi, asosiy tog’ tizmalari yo’nalishini bilish kerak, xolos. Bunday tasvirlash usuli shartli bo’lib, hech qanday geometrik aniqlik qo’llanilmaydi. Bu usul so’nggi vaqtlarda takomillashtirilgan va geometrik shakllar yordamida relef tasvirlanmoqda. Hozirgi vaqtda ba’zi kartalarda (siyosiy-ma’muriy, iqtisodiy va tarixiy) bu usul ishlatiladi, u fiziografik usul deb yuritiladi.
Fiziografik kartalar ko’proq okean osti relefini va uzoq sayyoralarning yuzasini tasvirlashda, turistik bukletlar kartalarni tuzishda qo’llanilmoqda.






Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling