Yer yuzasining relefi va uni plan va kartalarda tasvirlash
Download 0.55 Mb.
|
YER YUZASINING RELEFI VA UNI PLAN VA KARTALARDA TASVIRLASH.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gorizontal
YER YUZASINING RELEFI VA UNI PLAN VA KARTALARDA TASVIRLASH. Yer yuzasining relefi va uni plan va kartalarda tasvirlash. Topografik kartalarning rel’efi. Biror joydagi notekisliklar, ya’ni past-balandliklar yig‘indisiga shu joyning rel’efi deyiladi. Yer yuzi rel’efining shakllari, ularning kelib chiqishi, rivojlanishi va tarqalishini o‘rganadigan fan geomorfologiya deb ataladi. Rel’ef shakllarini kelib chiqishi, katta-kichikligi, xarakteri, dengiz satxidan balandligi, tashqi ko‘rinishi va boshqa xususiyatlariga qarab bir necha xil bo‘lishi mumkin. Geodeziyada rel’ef shakllarini tashqi ko‘rinishi jixatidan turlarga ajratish qabul qilingan. Rel’ef shakllari tashqi ko‘rinishiga qarab qavariq, ya’ni bo‘rtib chiqqan va botiq bo‘ladi. Bo‘rtib chiqqan shakllari – do‘ng, tepa, gryada, tog‘ tizmasi; botiq shakliga – vodiy, jar, balka, chuqurlik, pastlik, qozonsoy, soy va boshqalar kiradi. Atrofdagi tekis joydan gumbazsimon yoki konussimon ko‘tarilib turgan balandlik tepa deyiladi. Tepaning nisbiy balandligi 200 m gacha bo‘ladi. Nisbiy balandligi 100 m gacha bo‘lgan tepa do‘ng deyiladi. Uzunasiga davom etgan qator tepaliklar – gryada deyiladi, nisbiy bilandligi 200 metrgacha bo‘ladi. Tog‘ – atrofdagi tekislikdan qad ko‘targan balandlikdir. Nisbiy balandligi 500 metrdan oshadi, gumbazsimon, konussimon, piramida shaklida bo‘lishi mumkin. Tog‘ning eng baland nuqtasi – tog‘ tepasi, cho‘qqi. Qatorasiga davom etib ketgan tog‘lar – tog‘ tizmasi. Rel’efning botiq shakllaridan eng kattasi – vodiydir. Vodiylarning tagidan daryo, soy oqsa – daryo, soy vodiysi deb ataladi. Vodiyning xamma vaqt daryo oqib turadigan qismi – daryo o‘zani (ruslo), toshqin vaqtida suv bosadigan joylar qayir (poyma) deyiladi. Vaqtincha oqqan suv o‘yib ketgan uzun chuqurlar jar deyiladi. Odatda jarlarning yon bag‘ri tik bo‘lib, unda o‘simlik o‘smaydi. Jarlarning uzunligi bir necha metrdan o‘nlab kilomertgacha, chuqurligi 50 metrgacha borishi mumkin. Joy rel’efini topografik kartalarda tasvirlanishi. Topografik kartalarda rel’ef asosan gorizontallar bilan tasvirlanadi. Gorizontal – balandliklari bir xil bo‘lgan nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqdir. Gorizontal – izogipsdeb ham yuritiladi. Tepalikni bir xil balndlikdan o‘tuvchi a, v, s gorizontal tekisliklar kesib o‘tgan deb faraz qilaylik. A – tekislikda gorizontallar hosil bo‘ladi. Ikki gorizontal tekislik orasidagi vertikal masofa, h – kesim balandligi. Ikki gorizontal orasidagi masofa d – gorizontallar oralig‘i. Yon bag‘ir bilan gorizontal tekislik orasidagi burchak a – qiyalik burchagi deyiladi. Topografik kartalarda yon bag‘irning nishabi gorizontallarga qisqa chiziqlar (bergshtrixlar) chizib ko‘rsatiladi. Bergshtrixlarning erkin uchi qaysi tomonga yo‘nalgan bo‘lsa, yon bag‘irning nishabi shu tomonga qaragan bo‘ladi. Ma’lum masshtabli topografik karta uchun qabul qilingan kesim balandligiga muvofiq chizilgan gorizontallar asosiy gorizontallar deyiladi. Topografik kartalarda va planlarda asosiy gorizontallar uzluksiz egri chiziqlar ko‘rinishida chiziladi. Asosiy gorizontallarning kesim balandligi kartaning ostki tomonida ramkadan tashqarida yoziladi. rel’efni o‘qishni ososn bo‘lishi uchun har beshinchi gorizontal yo‘g‘on qilib chiziladi, agar kesim balandligi 5 m bo‘lsa. Masalan, kesim balandligi 5 metr bo‘lsin, 25, 50, 75… gorizontallar yo‘g‘on bo‘ladi. Agar kesim balandligi 2,5 m bo‘lsa, har o‘ninchi gorizontal yo‘g‘on chiziladi. Ayrim joylarning rel’efini asosiy gorizontallar bilan to‘la ko‘rsatib bo‘lmagan hollarda kesim balandligining yarmiga teng gorizontallar chiziladi. Ular qo‘shimcha gorizontallar deyiladi. Yarim gorizontallar kartada punktir chiziqlar bilan beriladi. Ba’zan kesim balandligining to‘rtdan biriga teng bo‘lgan va yordamchi gorizontal deb ataladigan gorizontal chizilishi ham mumkin. Topografik kartalarda ayrim gorizontallar va xarakterli nuqtalarning baholanishi yozilib qo‘yiladi. Baho – nuqtaning absolyut balandligining ifodalovchi raqamlardan iborat. MDH davlatlarida Baltika dengizi satxi boshlang‘ich yuza deb qabul qilingan. Yer yuzasining relefi va uni plan va kartalarda tasvirlash. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling