Yer yuzasining relefi va uni plan va kartalarda tasvirlash


Qatlamlarni gorizontal yotishi


Download 0.55 Mb.
bet2/3
Sana08.11.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1755062
1   2   3
Bog'liq
YER YUZASINING RELEFI VA UNI PLAN VA KARTALARDA TASVIRLASH.

Qatlamlarni gorizontal yotishi qatlamlanish yuzasining gorizontal yoki shunga yaqin joylashishi bilan xarakterlanadi. Ideal gorizontal qatlamlanish yuzasiga ega bo’lgan qatlamlar er qobg’ida uchramaydi. CHunki jins hosil bo’lish jarayoni ma’lum burchak ostida ro’y beradi. Bu burchak minutlarda o’lchanadi, faqat ayrim hollardagina bir necha gradus bo’lishi mumkin. Qatlamlarning birlamchi og’ishi cho’kindi hosil bo’lishi bilan birga bir tekis bo’lmagan tektonik harakatlar natijasida, suv havzalarida ayrim qismlarida yig’iladigan cho’kmaning soni va tezligi natijasida, hamda cho’kmaning bir tekis zichlashmasligi natijasida kelib chiqishi mumkin.

Gorizontal yoki juda kichik burchak ostida (1 gradusdan kichik) yotgan cho’kindi qatlamlari SHarqiy-Evropa va SHarqiy Sibir qadimgi platformalari qobig’ida keng tarqalgan.


Gorizontal yotishda qatlamlarni ostki va ustki chegaralarini yuzalarini absolyut balandligi deyarli bir xilda bo’ladi. Relefi gorizontallar bo’yicha keltirilgan topografik xaritalarda tasvirlangan qatlamlar orasidagi chegara yoki stratigrafik bo’linmalar gorizontallar bilan ustma-ust tushadi yoki absolyut balandliklarga mos ravishda gorizontallar orasida yotadi. Geologik xaritalarda ham geologik chegaralar maydon relefining gorizontal liniyalariga parallel bo’ladi 
CHo’kindi jinslarni gorizontal yotishida har bir pastki qatlam o’zidan oldingisiga nisbatan yosh bo’ladi. Demak relefni pastki qismlarida qari qatlamlar, Yuqorisida esa yosh qatlamlar joylashgan bo’ladi. har xil yoshdagi qatlamlar orasidagi munosabatlar relef elemenlari bilan quyidagicha xarakterlanadi: qari qatlamlar relfning past qismlarida, yosh qatlamlar esa relefning baland qismlarida joylashadi.
Gorizontal yotgan qatlamning haqiqiy qalinligi (N) uning pastki va ustki chegaralari absolyut balandligi orasidagi farqidan topiladi. N = Nk - Np. Bu erda Nk – qatlamning ustki qismining absolyut balandligi, N- qatlamning pastki qismining absolyut balandligi
Agar relef murakkab (bo’laklarga bo’lingan) tuzilishga ega bo’lsa qatlamning haqiqiy qalinligini qatlamning qo’rinish qalinligi hamda relefni yotish burchagini o’lchash orqali topiladi (23-rasm). N=hsin. Bu erda h – qatlamning ko’rinish qalinligi,  - relefni yotish burchagi.
Qatlamning ko’rinish qalinligining katta yoki kichikligi bir nechta shartlarga bog’liq. qatlamning haqiqiy qalinligi qancha katta bo’lsa uning qo’rinish qalinligi ham shuncha keng bo’ladi. Relef qatlamning qo’rinish kengligiga katta ta’sir qiladi. Agar relef tik bo’lsa qatlamning ko’rinish kengligi uning haqiqiy qalinligiga juda yaqin bo’ladi. Agar relef yotiq bo’lsa buning teskarisi, ko’rinish kengligi ko’payadi. Agar relef tekis yoki tekislangan bo’lsa qatlamning ko’rinish kengligi uning haqiqiy qalinligidan bir necha marta ko’p bo’lishi mumkin.
Gorizontal holda yotgan qatlamlarni geologik xaritada tasvirlash uchun dala sharoitida qatlamlar orasidagi chegarani va qatlamlarning absolyut balandliklarini aniqlash kerak bo’ladi. Agar ushbu ma’lumotlar bo’lsa geologik haritadan ushbu ma’lumotlarga mos punktni topib, kerakli chegaralar o’tkaziladi. Bu chegaralar gorizontallar bilan ustma-ust tushishi yoki ular orasida joylashishi mumkin. Agar xaritada tik qayaliklar tasvirlangan bo’lsa, bunday joylarda qatlamlarning er yuzasiga chiqish kengligi keskin kamayadi. Vertikal kiyalikda esa u faqat liniya ko’rinishiga ega bo’ladi. Agar shunday maydondagi qatlamlarni kartaga kiritadigan bo’lsak, ular bitta chiziqda turadi va uni tuShunish juda qiyin. Shuning uchun xaritada qiya qatlamlarni qalinligi 1 mm dan oshmaydigan chiziqlar bilan beriladi.


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling