Mavzu: Kartografiya va geoinformatika Geoaxborot tizimida ma’lumot lar tushunchasi


Ma’lumotlar bazasini ishlatish va so‘rovlarga javob berishga mo‘ljallangan kompyuterlashgan dasturiy tizim ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) deyiladi


Download 488.83 Kb.
bet17/19
Sana28.01.2023
Hajmi488.83 Kb.
#1136092
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Mavzu 3

Ma’lumotlar bazasini ishlatish va so‘rovlarga javob berishga mo‘ljallangan kompyuterlashgan dasturiy tizim ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) deyiladi.
Har qanday MBBT foydalanuvchiga ma’lumot olish jarayoni oson va qulay bo‘lishi uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari, MBni yaratish va uni boshqarish bu tizimning eng asosiy vazifalaridan sanaladi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish deganda bazadagi jadvallar ustidan turli xil boshqaruv operatsiyalarini o‘tkazish tushuniladi. Bunday operatsiyalar jumlasiga:

Yuqoridagi operatsiyalar foydalanuvchiga ma’lumotni MBda saqlash, olish va yangilash imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, tizim foydalanuvchiga turli jadvallar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni yaratishga imkon berishi kerak.
MBBT ning quyidagi turlari hozirgi kunda dasturlash tizimida keng qo‘llanilmoqda:

Har bir MBBT asosan quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  • Jadvallar - ma’lumot saqlash.

  • So‘rovlar - tanlangan axborotni monitorda tasvirlash.

  • Hisobotlar - formatlangan bosma shakldagi axborot.

  • Shakllar - qaydlarni kiritish, o‘zgartirish va o‘chirish uchun yaratilgan ekranlar.

MBBT tomonidan ko‘rsatiladigan afzalliklar ko‘lami keng, lekin har qanday MBBT yaxshi ishlashi uchun quyidagi afzalliklarga ega bo‘lishi kerak:

  • Ma’lumot va dasturlarning mustaqilligi. Bu MB ning eng birinchi afzalligidir. Dastur va ma’lumotlarning mustaqil harakat qilishi vaqt va xarajat tejalishiga olib keladi.

  • Ma’lumotni bo‘lishish va kopaytirmaslik. MB dagi boshqa vositalarga MBdan axborotlarni olish imkoniyati berilgan va bu, o‘z navbatida, ma’lumotlar qaytarilishining oldi olinib, ko‘payib ketmasligiga imkon beradi.

  • Ma’lumot butunligi.

  • Markazlashgan nazorat. Bu orqali ma’mur o‘z vaqtida ma’lumotlarning to‘g‘ri tasvirlanayotganligini va olinayotganligini nazorat qilib turadi.

  • Xavfsizlik. MB ustidan berilgan nazorat orqali ma’mur

foydalanuvchilarning xavfsiz kanallar orqali kirayotganini va foydalanuvchi uchun kerakli ma’lumotga ruxsat berishni ta’minlaydi. Xavfsizlik tizimi ma’lumotlarning tasodifiy yoki atayin yo‘qotilishining oldini olishi kerak.

  • Ijro va samaradorlik. MB ning naqadar katta o‘lcham va hajmga ega ekanligini va undan foydalanish uchun kiradigan foydalanuvchilar soni hamda so‘rovlarni hisobga oladigan bo‘lsak, yaxshi ijro etish va samaradorlik juda muhimdir, ya’ni ma’mur foydalanuvchi turiga qarab (individual yoki katta tashkilot bo‘lsa) MB ni mos holda tuzib, unga mos tarzda ruxsat berishi mumkin.

MBBT ning odatiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

Download 488.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling