Mavzu: Kartografiya va geoinformatika Geoaxborot tizimida ma’lumot lar tushunchasi


Demak, MBBT ma’lumotlarni samarali boshqarish, saqlash va ularga kirish uchun ruxsat (access) beruvchi kompyuter dasturidir


Download 488.83 Kb.
bet16/19
Sana28.01.2023
Hajmi488.83 Kb.
#1136092
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Mavzu 3

Demak, MBBT ma’lumotlarni samarali boshqarish, saqlash va ularga kirish uchun ruxsat (access) beruvchi kompyuter dasturidir.
Oddiy va kichik hajmdagi ma’lumotlar bazasi kompyuter xotirasida standart fayllar ichida saqlanishi mumkin. Lekin ko‘p hajmli ma’lumotlardan o‘nlab, yuzlab va minglab foydalanuvchilar foydalanishi uchun MBBT talab etiladi va bu dastur ma’lumotlarning integratsiyalashgan holda uzviyligini ta’minlaydi. Bunday funksiylarni bajarish uchun MBBT bir qancha xususiyatlarni ta’minlaydi:
Ma ’lumotlar modeli - bu geografik obyektlarni raqamlashtirib, kompyuter tizimida saqlovchi mexanizmdir. Har qanday MBBT standart markazlashgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, bu esa har xil turdagi obyektiv ma’lumotlarni tasvirlashga qulaydir.
Ma’lumotlarni yuklab olish imkoniyati - MBBT ma’lumotlar bazasiga ma’lumotlarni yuklovchi texnikani qo‘llaydi. Oddiy texnika standart ma’lumotlar turini (xarakter, raqam va kun) yaxshi strukturaviy formatlarda yuklash imkoniyatiga ega. Boshqa turdagi nostandart ma’lumot turlari esa ularni standart holiga keltiruvchi dasturlarni yaratish orqali yuklab olinishi mumkin.
Indeks - bu ma’lumot tuzilmasi bo‘lib, u qidiruvni tezlashtiradi. Barcha ma’lumotlar bazasi standart ma’lumotlarni indekslovchi texnikaga ega.
So‘rov tili. Bu tilning mavjudligi MBBTning afzalliklaridan biridir. Chunki bunda SQL deb nomlanuvchi standart tizimdagi ma’lumotlar so‘rovi va boshqaruvi mavjud.
Xavfsizlik. MBBTning o‘ziga xos jihati - uning yordamida ma’lumotlar olishni nazoratlangan usulda olish mumkin. Bunday nazorat turiga foydalanuvchi bazaning istalgan joyiga kirishini cheklash kiradi. Masalan , tasodifiy GATdan foydalanuvchiga faqatgina ma’lumotlarni o‘qish mumkin bo‘lgan ruxsat berilsa, mutaxassisga o‘sha ma’lumotlarni yaratish, yangilash va o‘chirish ruxsati ham beriladi.
Nazorat qilinadigan yangilash. Ma’lumotlar yangilanishini nazorat qilish maxsus tayinlangan menejer mutaxassis tomonidan amalga oshiriladi. U bazaga kirayotgan ko‘p sonli foydalanuvchilar so‘rovini nazorat qilib turadi.
Ma’lumotni saqlash va tiklash. Ma’lumotlarni noto‘g‘ri yangilash yoki tizimning tasodifiy buzilishi orqali kelib chiqadigan yo‘qotishlardan himoya qilish juda muhimdir. MBBTdagi maxsus saqlovchi va agar ma’lumot o‘chib ketsa, tiklovchi dasturlar bunday muammoning oldini olishga xizmat qiladi.
Ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi vositalar. Ma’lumotlarlar bazasi tuzilmasini yaratish, indekslarni yaratish va ishlatish, ishlash tezligini yaxshilash, saqlash va qayta tiklash, foydalanuvchilar uchun kirishni boshqarish kabi vazifalar boshqarish vositalari yordamida administrator (ma’mur) tomonidan amalga oshiriladi.
Zamonaviy MBBT ma’lumot bazasini yaratish va boshqarish uchun modjallangan standart va umumiy maqsadli qurilmalar bilan jihozlanadi. Bu qurilmalar MBBTni loyihalashda va foydalanuvchi interfeysini (ma’lumotga ruxsat va taqdim qilish uchun) qurishda ishlatiladi.
Demak, yuqoridagi fikrlarni jamlab aytadigan bo‘lsak, MBBT bir yoki bir necha foydalanuvchilar zaruriyatiga moslab loyihalangan mantiqiy bog‘langan ma’lumotlar yig‘indisidir. Bu ma’lumotlar ko‘pincha ma’lumotlar bazasining jadvallarida aks ettiriladi.
Jadval bu gorizontal satrlar va vertikal ustunlar bo‘ylab joylashtirilgan ma’lumot elementlari (qiymatlari)dir. Odatda, ustunlarda nomlar joylashtirilsa, satrlarda qiymatlar joylashtiriladi. Jadval ma’lum chegaralangan ustunlarga va istalgan miqdorda satrlarga ega bo‘lishi mumkin.
GAT nuqtayi nazaridan olib qarasak, “Ma’lumot bazasi - bu tizimli ravishda kompyuterga kiritilgan qayd(record)lar yig‘indisi bo‘lib, kompyuter- dagi maxsus dasturlar turli savollarga javob olishga yordam beradi”. Har bir qayd yaxshiroq saqlanishi va aniqlanishi uchun ma’lumot elementlari orqali tashkil etiladi. So‘rov berilganda o‘sha qaydlar qaror qabul qilish uchun javob hisoblanadi.

Download 488.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling