Mavzu: Kartoshka rak kasalligi qo`zg`atuvchi zamburug`larining biologiyasini o`rganish Reja
Download 25.55 Kb.
|
Kartoshka rak kasalligi qo`zg`atuvchi zamburug`larining biologiyasini o`rganish
Mavzu: Kartoshka rak kasalligi qo`zg`atuvchi zamburug`larining biologiyasini o`rganish Reja: 1 Kartoshka haqida umumiy ma`lumot va uning kelib chiqishi 2 Kartoshkaning rak va boshqakasalliklari, ularning oldini olish choralari 3 Fungal kartoshka kasalliklari. Kartoshka oziq-ovqat va yem-xashak sifatida, shuningdek, kraxmal, spirt, glyukoza, dekstrin va boshqa mahsulotlar olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. Kartoshka tuganagi tarkibida 75—80 % suv, 23,7 % quruq modda, shu jumladan, 17,5 % kraxmal, 1—2 % oqsil, 0,5 % qand moddasi, 1 % mineral tuzlar, shuningdek V,, V2, V6, S, RR, D vitaminlari va provitamin A (karotin), poʻstida esa zaharli modda — solonin bor. Kartoshka kishilarning oziq-ovqat ratsionida muhim oʻrinda turadi. Fiziologik tavsiya normalariga koʻra, bir kishi uchun-yillik kartoshka isteʼmoli miqdori 45 kg ni tashkil etadi. Kartoshka namsevar (ayniqsa, gullash va tuganak tugish davrida), yorugʻsevar, bir qadar sovuqqa chidamli oʻsimlikartoshka Tuproqda tuganakdagi kurtaklari 5—8° da una boshlaydi. Tuganaklari va urugʻidan koʻpayadi. Meristema usuli bilan virussiz urugʻlik olish texnologiyasi ishlab chiqilgan. kartoshka oʻsimligi boʻyi 50—80 sm, 3—6 poyali. Poyasining yer ostki qismida yer osti novdalar — stolonlarda tuganaklar — kartoshka paydo boʻladi. Kartoshkasi okdan to qizil tusgacha va turli shaklda bulib, sirtidagi chuqurcha — koʻzchalaridan kelgusi-yil yangi poyalar oʻsib chiqadi. Ildizi popuk ildiz tipida. Barglari juft patsimon bulingan, sargʻish-yashildan toʻq yashilgacha. Guli 2 jinsli, oq, och binafsha tusda, 2—3 tadan, baʼzan 4 tadan joylashgan. Oʻzidan, goho chetdan changlanadi. Oʻzbekiston sharoitida kartoshkaning koʻp navlari gʻunchalari toʻkilib, gullamaydi. Mevasi 2 chanoqli, koʻp urugʻli, sersuv rezavor. Vegetatsiya davri 60—150 kun. Kartoshka pishib yetilish muddatlariga qarab tezpishar (maysalashidan yetilishiga qadar 60—65 kun), oʻrtacha tezpishar (70—80 kun), oʻrtacha kechpishar (PO—120 kun), kechpishar (130—150) navlarga boʻlinadi. Tuganagini va urugʻini ekib koʻpaytiriladi. Qora yoki qumloq tuproqli yerlarda moʻl hosil beradi. Kartoshka sabzavot almashlab ekish tizimida karam, bodring, poliz va dukkakli don ekinlardan boʻshagan yerlarda yetishtiriladi. Ertagi kartoshka yetishtirishda urugʻlik 20—40 kun yarovizatsiya qilinadi (maxsus yorugʻ xonada nish chiqarishi taʼminlanadi). Kartoshka (lotincha: Solanum tuberosum L.) — Solanaceae oilasiga mansub tuganak mevali koʻp-yillik oʻtsimon oʻsimlik; asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri boʻlgan bir-yillik oziq-ovqat, texnika va xashaki ekin. Vatani — Jan. Amerika. 150 ga yaqin yovvoyi va madaniy turlari aksariyat Jan. va Markaziy Amerikada oʻsadi. Dehqonchilikda 2 turi and kartoshkasi (S.andigenum) va chili kartoshka yoki yevropa kartoshkasi (S.tuberosum) bir-yillik ekin sifatida ekiladi. Kartoshkani Amerikaning tubjoy aholisi bundan taxminan 14 ming-yil ilgari ekib kelgan. Yevropaga 1565-yil keltirilgan. Rossiyada 18-asr boshlarida ekila boshlagan. Oʻzbekistonga esa 19-asrning 70-yillaridan bu yerga koʻchib kelgan ruslar va tatarlar olib kelishgan. Jahon boʻyicha kartoshka ekilgan umumiy maydoni 17,9 million ga, hosildorlik 16,3 t/ga, yalpi hosil 294,3 million t (1999). Oʻzbekistonda ekin maydoni 52 ming ga, hosildorlik 12,7 t/ga, yalpi hosil 729,8 ming t (2000). Xitoy (3 millionga), Polsha (1,2 millionga)da koʻp ekiladi.Kartoshka oziq-ovqat va yem-xashak sifatida, shuningdek, kraxmal, spirt, glyukoza, dekstrin va boshqa mahsulotlar olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. Download 25.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling