Mavzu: Kartoshka rak kasalligi qo`zg`atuvchi zamburug`larining biologiyasini o`rganish Reja


Mavzu:Fitopatologik analiz uchun karantin obektlarini jo`natish


Download 25.55 Kb.
bet2/4
Sana21.06.2023
Hajmi25.55 Kb.
#1642310
1   2   3   4
Bog'liq
Kartoshka rak kasalligi qo`zg`atuvchi zamburug`larining biologiyasini o`rganish

Mavzu:Fitopatologik analiz uchun karantin obektlarini jo`natish
Fitopatologiya (fito..., pato... va logiya) — oʻsimlik kasalliklari, ularning oldini olish va tugatish usullari hamda tadbirlari haqidagi fan. Umumiy va xususiy F.ga boʻlinadi. Umumiy F. oʻsimlik kasalliklarining paydo boʻlishi sabablarini, kasallikni qoʻzgʻatuvchi organizmlar tuzilishi va ularning sistematikasini, rivojlanishi va tarqalishi qonuniyatlarini, kasallangan organizmlardagi anatomikfiziologik buzilishni, oʻsimlik karantini va immunitet masalalarini, oʻsimliklarni himoya qilish usul va tadbirlarini; xususiy yoki maxsus F. ekinlar kasalliklarini oʻrganadi va ularga qarshi kurash choralarini tavsiya etadi. F. oʻsimlik anatomiyasi va fiziologiyasi, mikrobiologiya, mikologiya, genetika, seleksiya, oʻsimlikshunoslik, kimyo, fizika va boshqa fanlar yutuklaridan foydalanadi.
Kasalliklarning oʻsimlikka zarar keltirishi qadimdan maʼlum boʻlgan. 18-asr 2yarmida tajribalar asosida (Rossiyada A. T. Bolotov, Fransiyada A. Timet, Italiyada F. Fontana, Daniyada Ya. Fabritsius) qorakuya, zang, toshkuya va boshqa kasalliklarning yuqumliligi isbot qilindi, lekin ularni bartaraf etish yoʻllari topilmadi. 19-asrning 2yarmida nemis olimi A. De Bari, rus mikologi va fitopatologi M. S. Voronin va ularning shogirdlari koʻpchilik oʻsimlik kasalliklarining sababchisi zamburug ekanligini isbotladilar. 19-asrning oxirida F. zamburugʻlar, virus lar va boshqa parazitlar keltirib chikaradigan kasalliklarni oʻrganuvchi fan sifatida shakllandi. B u davrga kelib uning asosiy yoʻnalishlari: mikologiya, parazitologiya, ekologiya, immunologiya, kimyoviy toksikologiya, virusologiya, oʻsimliklarning bakterioz va nematoda kasalliklari haqidagi taʼlimoti shakllandi.
Tadqiqotchi olimlar qorakuya, zang, oqpalak (vilt) zamburugʻlari turlari, kalmaraz, fitoftoroz va boshqa kasalliklar qoʻzgʻatuvchilarining patogenezi, epifitoetiologiyasining muhim qonuniyatlarini aniqladilar. Kasallik qoʻzgʻatuvchilariga qarshi kurashning samarali kimyoviy, biologik usullarini ishlab chikdilar. Terapevtik taʼsir koʻrsatuvchi moddalar (baʼzi antibiotiklar va sirtdan taʼsir qiladigan fungidsidlar) ustida izlanishlar olib borildi. Seleksionerlar va fitopatologlar zang, oq va kulrang chirish, vilt, ildiz chirishi kabi kasalliklarga chidamli bugʻdoy, kungaboqar va tamaki navlarini yaratdilar. Viltga chidamli gʻoʻza navlarini yetishtirish va viltga qarshi kurashning yangi usullari ustida katta ishlar olib borildi.
Oʻsimliklarni kasalliklardan himoya qilish va F.ning yangi masalalarini ishlab chiqishda oʻsimlik immuniteti omillari va qrnuniyatlarini oʻrganish; oʻsimliklarni kasallikka chidamliligini aniklash, fitopatologik ekspertiza va oʻsimlik kasalliklari diagnostikasining yangi usullarini ishlab chiqish; zamburugʻ, bakterial, virusli va boshqa kasalliklar patogenezini oʻrganish; oʻsimlikning kimyoviy immunizatsiyasini oʻrganish (bunda oʻsimliklarning kasalliklarga chidamlilik qobiliyati keyingi 2— 4 avlodga oʻtadi); oʻsimliklarni himoya qilishning texnikaviy vositalari, katta hajmdagi himoya ishlarini rejalashtirish uchun zarur boʻlgan koʻp yillik maʼlumotlardan foydalanish usullarini ishlab chiqish va boshqa katga yordam beradi. F. da turli tadqiqot usullari, jumladan, mikologik virusologiya va bakteriologik tadqiqotlar, anatomiya, biokimyo va oʻsimliklar fiziologiyasi, kimyo va biofizika, biotexnologiya, umumiy agronomiya, meteorologiya va iklimshunoslik, variatsion statistika usullari qoʻllanadi.
20-asr boshlarida gʻoʻza kasalliklarini oʻrganishni Oʻrta Osiyoda, xususan, Uzbekistonda birinchi boʻlib professor N. G. Zaprometov boshlab berdi. Olimlardan A. I. Solovyev, N. S. Mirpoʻlatova, S. S. Ramazonova, A. H. Hakimov, M. X. Komilova, A. A. Vasilyev, M. A. Karimov, A. Marupov, R. Teshabayeva, D. Haydarov, I. M. Kiganova, H. Tillayev va boshqa gʻoʻza kasalliklarini oʻrganishga katta hissa qoʻshdilar. U. U. Rasulev, S. Nigmanova gʻoʻzaning fuzarioz va ildiz chirish kasalliklari,

Download 25.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling