Mavzu: kasal hayvonlar sutining veterinariya-sanitariya ekspertizasi


Kasal sigirning sutida oqsil moddalar (albumin, globulin) ikki barobar oshadi, shuning hisobiga sutning yopishqoqligi ortadi, hamda sutdagi kul va suv ko’payadi


Download 0.57 Mb.
bet3/5
Sana06.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1332142
1   2   3   4   5
Bog'liq
Nodirbek ibragimov

Kasal sigirning sutida oqsil moddalar (albumin, globulin) ikki barobar oshadi, shuning hisobiga sutning yopishqoqligi ortadi, hamda sutdagi kul va suv ko’payadi.

Kasal sigirning sutida oqsil moddalar (albumin, globulin) ikki barobar oshadi, shuning hisobiga sutning yopishqoqligi ortadi, hamda sutdagi kul va suv ko’payadi.

  • Bir vaqtning o’zida bunday sutning tarkibida yog’ miqdori 0,7 % ga, laktoza va titrlanadigan kislotalik darajasi pasayadi. Sut tarkibining bunday o’zgarishi bevosita kasallikning cho’zilishi bilan bog’langan bo’ladi. Kasallikning boshlang’ich davrida sut o’zining xususiyatlarini saqlaydi, lekin keyinchalik sil jarayonning taraqqiyoti bilan sut suyuqlashadi, sutning rangi ko’kimtir- sarg’ish bo’lib, ta’mi sho’r bo’ladi. Agar sil jarohati bevosita sut bezida joylashgan bo’lsa, sutning rangi havo rangiga kiradi. Sut bezlari sil bilan shikastlangan bo’lganda, olingan sutni oziq-ovqat sifatida ishlatish mumkin emas. Sil kasalligi uchrab turadigan xo’jalikdagi sigirlardan, qo’y va echkidan olingan sut quyidagi tartibda zararsizlantiriladi. Sil kasalligi tugatilayotgan sigirlardan olinayotgan sut 85° da 30 daqiqa zararsizlantirilgandan keyin sut zavodiga jo’natilishi mumkin. Bunday sut sut zavodida qaytadan pasterizasiya qilingandan keyin to’xtovsiz ishlatiladi. Xo’jaliklardagi sigirlar tuberkulyozga musbat reaksiya ko’rsatgan bo’lsa, ulardan olingan sut qaynatilib, xo’jalikning oʻzida ishlatiladi.

Ma’lum bo’lishicha, brusellyoz kasalligining uch turining brusellalari odamlar uchun xavfli hisoblanadi va ular odamlarda kasallik keltirib chiqaradi.

Ma’lum bo’lishicha, brusellyoz kasalligining uch turining brusellalari odamlar uchun xavfli hisoblanadi va ular odamlarda kasallik keltirib chiqaradi.

  • Br. Abortus bovis
  • Br. Melitensis
  • Br. Suis
  • Bulardan odamlar uchun eng xavflisi Br. Melitensis hisoblanib, ular qo’y va echkining sutida bo’lib qolmasdan, boshqa hayvonlarning, shu jumladan, sigirning sutida ham bo’lishi mumkin. Sovutilgan sutda brusellalar 6-80 kun, kislotaliligi oshayotgan sutda 1-4 kun, qaymoqda 10 kungacha, sariyog’da 41-67 kun pishloqda 42 kun saqlanishi mmumkin Qimizning kislotaliligi 120-140°T bo’lib, uning ttarkibidag alkogol 3,5-3,7 % bo’lganda brusellalar uch kkungach o’zining tirikligini saqlaydi. Sutning tarkibidagi brusellalar 60° haroratda 30 daqiqa pasterizasiya qilinganda halok bo’ldi. Veterinariya-sanitariya ekspertizasining qoidalariga muvofiq, brusellyoz kasalligi bilan kasallangan hamda kasallikning klinik belgilari aniq bo’lgan sog’in sigirlaridan olingan sut bevosita shu xo’jalikning o’zida 5 daqiqa qaynatilishi lozim. Hayvonlar serologik reaksiyasi yordamida tekshirilganda musbat reaksiya ko’rsatgan, lekin kasallikning klinik belgilari aniq bo’lmagan hayvonlardan olingan sutni oziq-ovqat sifatida ishlatish yoki bunday sutdan boshqa turli sut mahsulotlari tayyorlashdan oldin 70° haroratda 30 daqiqa pasterizasiya qilinishi shart.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling