Mavzu: Kasb-hunar kollejlarida fizika o`qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish


Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati


Download 0.77 Mb.
bet4/46
Sana14.01.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1092842
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
kasb hunar kollejlarida fizika oqitishda yangi pedagogik texnologiyalardan

Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundan iboratki, o’quvchilarga fizika o’qitishda yangi poedagogik texnologiyalardan foydalanish yuzasidan ilgari surilgan ilmiy nazariy,metodik fikrlari ilmiy-metodik to’plamlarda nashr etilib,maqollar tarzida amaliyotga joriy etilishi: ularda kasb –hunar kollejlarida fizika fanini o’qitish jarayonida foydalanilishi:dissertatsiyaning xulosa va natijalaridan o’rta maxsus o’qituvchilari o’zlarining ish faoliyatida metodik qo’llanma sifatida foydalanishlari o’quv –tarbiya jarayonlari ilmiy-pedagogik samarasini oshirishga xizmat qiladi.
Tadqiqotda kasb-hunar kollejlarida fizikadan o’qitish jarayonida yangi peagogik texnologiyani qo`llash orqali o’quvchilarni fikr yuritishni rivojlanish qonuniyatlari haqida ma’lumot berish,o’quvchilarni fizikaga bo’lgan qiziqishini oshirish,ularni fizik bilim va ko’nikmalarni shakllantirish,fizik dunyoqarashini kengaytirish, bilish jarayonlarini rivojlantirish shart-sharoitlari haqida tavsiyalar berish.
Natijalarning joriy qilinishi:Dissertatsiya ishining asosiy g’oyasi,uning mazmuni o’rta maxsus ta’limning o’quv-metodik qo’llanmalari,dars ishlanmalari,ma’ruza materiallari mazmunini takkomillashtirishga xizmat qiladi,o’quvchilarda fizik bilimlarini ijobiy olishda,fizik dunyoqarashlarini kengaytirishga,fizikaga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirishga amaliy yordam beradi.
Dissertatsiyaning hajmi va tuzilishi: Dissertatsiyaning asosiy mazmuni 80 betda bayon qilingan bo’lib,kirish,3ta bob,xulosa ,foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati dan iborat.

I-BOB. ASOSIY QISM

    1. O`qitish jarayoniga texnologik yondoshishning mohiyati va ahamiyati

Pedagogik texnologiya atamasi va bu sohadagi ilk ishlanmalar AQSHda XX asrning 50-yillarida paydo bo’ldi.15-20 yildan so’ng pedagogic texnologiya barcha rivojlangan mamlakatlar ta’lim sohasini qamrab oldi. So’nggi yillarda pedagogik texnologiyadan foydalanish doirasi uzluksiz kengayib bormoqda.
Pedagogik texnologiyaning ilk paydo bo’lish davri ilmiy-texnik taraqqiyotning(ITT) jadallashuvi bilan belgilanadi.Mazkur davrdagi fanning natijalari kashfiyotlar oqimlari bo’lib, ular asosida texnika va texnologiyalarning yangi avlodlari yaratildi.Ishlab chiqariladigan mahsulotlar o’zining o’ta murakkabligi,yuqori sifati va sermahsulligi bilan ajrala boshladi.Ishlab chiqarish usuli va shart-sharoiti uzluksiz jadal o’zgarib bordi,ta’lim tizimi oldiga yangi talablar qo’yila bordi.
Ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashuvi va ta’lim tizimiga u tomonidan qo’yiladigan talablar quyidagilar bilan belgilanadi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling