II- BOB. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI LOYIHALASHTIRISH
2.1. Aniqlashtirilgan o'quv maqsadlarini shakllantirish.
O'quv maqsadiga erishiiganligini tekshirish uchun ishonchli usul bo'lgandagina, pedagogda uni baholash imkoniyati bo'ladi. Pedagogik texnologiya aynan aniq qo'yilgan maqsadga erishiiganligini baholashning ishonchli usuli mayjudligi bilan an'anaviy pedagogikadan ajralib turadi. O'quv fanlarining an'a-naviy o'quv dasturlarida maqsadlar odatda «tushunmoq», «o'z-lashtirmoq» kabi fe'llarni qo'llab umumiy ifodalanadi. Aniq qo'yilmagan maqsadlarga erishiiganligini baholash imkoniyati bo'lmaydi. Pedagoglar maqsadlami odatda quyidagicha qo'yadilar (M.V.Klarinbo'yicha):
-O'quv maqsadini o'rganiladigan mazmun orqali aniqlash. O'quv maqsadini bu usulda qo'yish bilimning fan mazmuniga yo'naltirilganligidan darak beradi. Masalan: beshinchi mavzu mazmunini o'rganing! O'quv maqsadi bunday qo'yilganda, maqsadga erishganligini tekshirish imkoniyati bo'lmaydi!
-O'quv maqsadini pedagog faoliyati orqali aniqlash. O'quv maqsadini bu usulda qo'yilganida, pedagog diqqatmarkaziga o'z faoliyatini qo'yadi. Masalan: talabalarni avtomobilning pnevmatik tormozlarning ishlash tartibi bilan tanishtirish. Maqsadni ifodalashidan ko'rinib turibdiki, bu maqsad haqiqiy o'qitish natijasi bilan bog'liq emas. O'quv maqsadi bunday qo'yilganida, maqsadga erishganligini baholash umuman hisobga olinmagan.
-O'quv maqsadlarini talabaning ichki rivojlanish (aqliy, hissiy, shaxsiy...) jarayonlari orqali aniqlash. Ushbu usulda bir necha fanlar (masalan: umumta'lim fanlari) yoki alohida fan bo'yicha umumlashgan ta'lim maqsadlari aniqlanadi.
Birinchidan, awal bir necha bor ta'kidlaganimizdek, pedagogik texnologiya sinergetik dunyoqarashdan kelib chiquvchi obyektiv narsa va hodisalarga majmuiy yondashuv tamoyiliga asoslanadi. Awalgi pedagogik usullar, tuzilishi jihatidan erkin bo'lib, dars tarkibini belgilash faqat o'qituvchi ixtiyorida bo'lgan.
Ikkinchidau, pedagogik texnologiyada oldindan belgilangan asosiy maqsadga erishish kafolatlangan. Boshqa barcha pedagogik usullarda ta'lim-tarbiya faohyatining kafolatlangan natijasi mayjud bo'lmay, stixiyali natijalar bilan kifoyalanib kelingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |