Mavzu: Kasb-hunar kollejlarida fizika o`qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish


Umuman olganda, o'quv jarayoni mutaxassis faoliyatining ko'zgudagi aks tasviridek bo'lishi lozim


Download 0.77 Mb.
bet19/46
Sana14.01.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1092842
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46
Bog'liq
kasb hunar kollejlarida fizika oqitishda yangi pedagogik texnologiyalardan

Umuman olganda, o'quv jarayoni mutaxassis faoliyatining ko'zgudagi aks tasviridek bo'lishi lozim. Ularning muvofiqlik darajasi mutaxassis tayyorlashning sifatini belgilaydl
6. Boshqariluvchanlik tamoyili. Pedagogik texnologiya o'qitishning rejalashtirilgan natijalariga erishishni kafolatlaydi. Bunga faqat o'quv jarayoni boshqariladigan taqdirdagina erishish mumkin. Boshqariluvchanlik tamoyilining ahamiyati shu bilan belgilanadi. Boshqarish - jarayonni rejalashtirilgan maromda amalga oshirish, o'qitish maqsadlariga erishish dasturini ro'yobga chiqarish uchun xizmat qiladi. Mazkur tamoyil o'qitishning joriy natijalarini aniqlashda ko'p bosqichli diagnostik (tashxisiy) tekshiruvlar o'tkazilishni nazarda tutadi. Butun o'qitish davrida o'qitish jarayonini boshqarish diagnostik testlar oyrdamida olingan natijalarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi. O'qitish jarayonida diagnostik testlardan foydalanish teskari aloqani ta'minlaydi. Teskari aloqa natijalarining tahlili, ko'zlangan natijaga erishish uchun vositalar va uslublarni o'zgartirish orqali o'qitish jarayonini boshqarish imkoniyatini beradi. Boshqarilish tamoyili, o'qitish jarayonini, va shu bilan birga uning natijalariga muntazam ravishda tuzatishlar kiritish imkoniyatini beradi.
O'qitish jarayonini sifatli boshqarish rejalashtirilgan natijalarga erishishning kafolatidir.
7. Qayta takrorlanish tamoyili. Zamonaviy ishlab chiqarish sharoitida kerakli miqdordagi mahsulot tayyorlash oldindan yaratilgan texnik hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Bu esa, qancha Mahsulot ishlab chiqarish kerak bo'lsa, shuncha marta texnologik jarayon qayta takrorlanishini anglatadi. Yaratilgan texnologik h4ijatlar mavjudligi tufayli texnologik jarayonni ko'p marotaba qayta takrorlash mumkin. Ishlab chiqarish-texnikaviy sohadagi ushbu yondashuv, har bir sohada «Texnologiya» fanlarining paydo boiishi bilan bog'liqdir. Aynan, shu ilmiy fan materiallarni olish, ishlov berish, qayta ishlash usullarini yaratish va takomillashtirish biian shug'ullanadi. Ishlab chiqarishda texnologik jarayonni amalga oshirish uchun texnologik xaritalar tayyorlanadi. O'quv jarayonini tashkil etishda qayta takrorlanish tamoyili ham shunga o'xshash ahamiyatga egadir. Qayta takrorlanish tamoyili muayyan fan bo'yicha ishlab chiqilgan pedagogik texnologik xaritani turli guruhlarda, turdosh ta'lim muassasalarida boshqa subyektlar bilan ko'p marotaba (takroriy) qo'llash imkoniyatini anglatadi.
Ko'rinib turganidek, buning uchun, ishlab chiqilgan o'quv hujjatlari ishlab chiqarish-texnikaviy sohaning texnologik hujjatlari bilan bir xil talablarga javob berish kerak.
Ushbu maqsadlarda, ya'ni pedagogik texnologiyaning qayta takrorlanishini ta'minlash uchun pedagogik-texnologik xaritalar tuziladi. Bu o'quv hujjatlar o'quv fanining har bir mavzusi (moduli) bo'yicha ishlab chiqiladi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling