Mavzu: Kasb tanlashda ota onalarning tutgan o‘rni


Download 32.79 Kb.
bet1/7
Sana26.09.2023
Hajmi32.79 Kb.
#1688340
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kasb tanlashda ota onalarning tutgan o‘rni.

Mavzu: Kasb tanlashda ota onalarning tutgan o‘rni.


Reja:



Kasb tanlashdagi asosiy jihatlar


  • Bolaning qiziqishlari inobatga olish shart. 15 yoshga etgan bolaning qiziqishu qobiliyatlari ancha namoyon bo`lib qoladi.

  • Ana shu qiziqishlarni rag`batlantirish, iste`dodini rivojlantirib borish kerak.

  • Kasb bolaning xususiyatlari, qobiliyatiga mos bo`lishi kerak. Masalan, adabiyotdan yaxshi o`qisa, undan fizik chiqmasligi mumkin, sportda ko`rsatkichlari yuqori bo`lsa, inshoni yaxshi yoza olmas.

  • Xullas, bolaning kuchli taraflariga e`tibor berish lozim. Albatta, uni ham, buni ham eplaydiganlar uchraydi, ammo doim emas.

  • Tanlanajak kasbga mehnat bozorida talabning mavjudligi (yuqoriligi). Odamlar faqat qobiliyatlarini o`stirish uchun emas, pul topish uchun ham ishlashadi.

  • Demak, qaysi kasbga odamlar qancha pul berishga tayyor, shuni tahlil qiling.

  • Oilaning moddiy ahvoli. Masalan, siz yashaydigan viloyatda ma`lum kasbga tayyorlaydigan o`quv yurti yo`q, buning uchun bolani katta shaharga jo`natish darkor. Bunga qurbingiz etadimi?

Tavsiyalar

1. «Kim bo`lmoqchisan?» — bu yo`l-yo`lakay beriladigan savol emas. Bafurja o`tirib, bo`lajak kasbi haqida farzandingiz bilan gaplashib oling.


  • 1. «Kim bo`lmoqchisan?» — bu yo`l-yo`lakay beriladigan savol emas. Bafurja o`tirib, bo`lajak kasbi haqida farzandingiz bilan gaplashib oling.

  • 2. Agar farzandingiz biror sohani tanlamagan, nima qilishini bilmayotgan bo`lsa, buning sababi bilan qiziqing. Balki ikkilanayotgandir, qo`rqayotgandir, o`ziga ishonmayotgandir. Har qanday holatda ham madadingizga ishonishi mumkinligini anglating.

  • 3. Maktabning so`nggi yillarida ta`til kunlari bolani u yoki bu kasbga jalb qilish mumkin: ustaga shogird tushsin, tayyorlov kurslariga qatnasin. 4. Agar bolangiz tanlagan yo`nalish sizga yoqmasa, aslo taqiq, tazyiq va po`pisa yo`llarini tanlamang. Nega shu kasbni tanladi? Sabablari bilan qiziqing. Bolada ishtiyoq bo`lgani bilan, tajribasizligi tufayli xato qilishi mumkin. Ammo buni tushuntirish kerak. Majburlasangiz, baribir siz aytgan kasbning ustasi bo`la olmaydi.

  • 5. Agar 14-15 yoshlardagi farzandingiz biror amaliy ish qilmay, nuqul orzuga berilsa, maqsadini aniqlashtirish va unga erishishi uchun aniq reja tuzishiga yordam bering.

  • 6. Bordi-yu tanlangan yo`lda muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, zaxira varianti bo`lishi kerak. Yana biror kasbni ehtiyot shart ko`z ostingizga olib qo`ying.

Download 32.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling