- Tashhisli mashqlar. Ular 3 ta bosqichda yo‘lga qo‘yiladi.
- Birinchi bosqichda o‘quvchilar – nuqsonlarning buzilish sabablarini o‘rganishadi, buzilishlar bo‘yicha jadvallar, vazifalar – kartochkalar tuziladi.
- Ikkinchi bosqichda esa – ta’lim oluvchilar turli vaziyatlardan chiqa olishni o‘rganishadi.
- Tashhisli o‘qitishning oxirgi bosqichida – tashhisli masalalarning yechilishini o‘rganishadi.
- Ta’lim metodlarini tanlash. Ta’lim metodining umumiy tavsifida ko‘rsatilganidek, har bir metodning ta’lim jarayonida aniq vazifalari bor. Ta’lim jarayonida bir necha metodlar qo‘llaniladi. Bu metodlar bir-biriga bog‘liq bo‘lib, o‘qituvchi-ta’lim oluvchi o‘rtasidagi o‘zaro faoliyat mohiyatini tavsiflaydi. O‘qitish jarayonida metodlarning o‘rni va vazifalari belgilab olinganda ularni tanlash onson bo‘ladi.
- Metodlarni tanlashda quyidagi mezonlarga asoslaniladi:
- -metodlarning didaktik qoidalarga mos kelishi shartidir.
- - metodlar mazmunining ta’lim maqsad va vazifalarini ta’lim oluvchilarni tarbiyalash va o‘stirish bilan mosligi
- - metodlar mazmuni ta’lim mazmuniga mos kelishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |