Mavzu: Kasbga sadoqat inson omili. Reja


Download 22.15 Kb.
bet1/3
Sana22.04.2023
Hajmi22.15 Kb.
#1380231
  1   2   3
Bog'liq
Kasbga sadoqat - inson omili Nodi



Mavzu: Kasbga sadoqat - inson omili.
Reja:

  1. Kasbga sadoqat.

  2. Sadoqat inson bezagi.

  3. Xulosa

  4. Adabiyotlar



Kasbga sadoqat.
Umr oqar daryo deyishadi. Bu bejizga emas, albatta. Chunki inson umri tez o‘tib ketarkan.
Sakson yoshni qarshilagan Telman bobo Pirnazarov ham bugun hayot yo‘llariga nazar tashlar ekan ich-ichidan mamnunlik hissini tuyadi. Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi Tibbiyotchilar shaharchasida istiqomat qilayotgan bu insonga barchaning birdek havasi keladi. Boisi, Telman bobo umrining yarim asrdan ko‘pini tibbiyot sohasiga bag‘ishladi. Bemorlarni davolashni sharaf deb bilib, umri davomida shunga amal qilib keldi.
Qahramonimiz 1964 yil Toshkent tibbiyot akademiyasi (avvalgi Toshkent davlat tibbiyot instituti)ning sanitariya-gigiyenik fakultetini tugatgach, o‘zi tug‘ilib o‘sgan Sayram tumaniga tibbiyot bo‘limi bosh shifokori o‘rinbosari bo‘lib ishga keldi. 1974 yili Moskvada nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Shundan so‘ng uzoq yillar Toshkent tibbiyot institutida talabalarga dars berdi. Shu yillar mobaynida ustoz yuzlab shogirdlar tayyorladi. Ular hozirgi kunda respublikamiz sog‘liqni saqlash tizimida samarali faoliyat yuritib kelishyapti. Telman Pirnazarovni tibbiyot sohasining qaysi davolash muassasasiga ishga yuborishmasin o‘sha joyda o‘zining faolligi, halol mehnati bilan boshqalarga namuna bo‘ldi. O‘z navbatida T. Pirnazarovning sidqidildan qilgan mehnatlari, ko‘p yillik xizmatlari yuksak qadrlandi. U hukumatning turli darajadagi orden va medallari bilan taqdirlandi.
Telman Pirnazarov sohada orttirgan uzoq yillik tajribalari asosida bir qancha qo‘llanmalar yozib, nashr ettirdi. Ushbu qo‘llanmalar tibbiyot sohasida bemorlarga bakteriologik tashxislarni to‘g‘ri qo‘yishda qo‘l keldi. Piru badavlat bobo uch nafar o‘g‘li va qizini o‘qitib, oliy ma’lumotli qildi. Ikki nafar farzandi ota izidan borib, shifokorlik kasbini tanlashdi. Bugun uning izidan borayotgan o‘g‘illari ham tibbiyot fanlari nomzodlaridir.
Telman Pirnazarov yoshligida sportning boks turi bilan shug‘ullangan. Bu esa keyinchalik o‘g‘illarining ham sport bilan mashg‘ul bo‘lishlariga turtki bo‘ldi. Quvonarlisi, bugun Jahongir, Doniyor va Bahodir Pirnazarovlar sambo bo‘yicha o‘z vaznlarida nafaqat O‘zbekiston, balki Yevropa hamda jahon chempionidir. Bugun esa nabiralari Jamshid, Shohrux, Murodjon va Lazizjonlar O‘zbekiston chempionlaridir. Birgina bu emas, sportsevar nabirasi Shohnazar Pirnazarov uch yil oldin Germaniyada o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shunday dorilomon kunlarga yetkazganiga shukur. Bugun atrofimda farzandlarim, nabiralarim, oqibatli qo‘ni-qo‘shnilar, qarindosh-urug‘lar hoziru nozir. Ularning diltortar suhbatlaridan, mehridan kuch-quvvatga to‘laman. Har bir insonga ana shunday farzandlar va nabiralar kamolini ko‘rish, ularning e’zozida bo‘lish nasib etsin, – deydi Telman bobo.
Chunki, “Oldingdan oqqan suvning qad­ri yo'q” deganlaridek, hamma vaqt ham yoningda yurgan odamlar haqida dilingdagi iliq so'zlarni aytavermaysan, e'tibor qilavermaysan. Shuning uchun qadrdon hamkasblarimizdan biri, allaqachon ustozlik maqomidagi inson — Alinazar Egamnazarov hayotiy yo'li haqida ham so'z aytmoq bo'lib, “gapni nimadan boshlasam ekan”, deya biroz taraddudlanib qolganimiz rost.
Alinazar Egamnazarovning akasi tuman gazetasining bosh muharriri edi. 14 yoshli o'spirinning gazetchilikka havasi o'shanda uyg'ongandi. Avvaliga maktab hayoti, Xonobod qishlog'idagi ayrim yangi­liklarni qog'ozga tushirib, akasiga ko'rsatardi. Akasi esa undagi qiziqishni rag'batlantirmoqchi bo'ldi va bir-ikkita maqolasini gazetada chop ettirdi. Shunda butun maktab, Xonobod qishlog'i ahli unga qoyil qolgandek edi. Bora-bora undagi qiziqish maqsadga aylandi. Qunt bilan o'qigani bois maktabni muvaffaqiyatli tugatib, ToshDU (hozirgi O'zMU)ning jurnalistika fakulteti talabasi bo'ldi.
Bugungi kunda mamlakatimizdagi nomdor jurnalistlardan biri, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, “Mehnat shuhrati” va “El-yurt hurmati” ordenlari sohibi Alinazar Egamnazarovning jurnalistika sohasidagi mehnat faoliyati ana shunday boshlangan edi.
Universitetni tamomlagan yilim yo'llanma bilan Sirdaryo viloyati, “Sirdaryo haqiqati” gazetasiga ishga borganman, — deb xotirlaydi Alinazar aka. — Viloyatga jo'nab ketishim oldidan akamning bir og'iz aytgan gapi dil-dilimga muhrlanib qolgan. “To'g'ri yursang, uzoqqa borasan”, degandi akam. Bu o'gitga hali-hanuz amal qilib kelaman. Bu gazetada ishlaganim mening baxtim bo'lganini keyinchalik o'zim ham his qildim. O'sha kezlar taniqli shoir Akmal Po'lat bosh muharrir, yana bir katta shoirimiz Sulton Akbariy muharrir o'rinbosari edi. Akmal akaning tashkilotchiligiga qoyil qolganman. Gazetaning nufuzi oshishida u kishining xizmati beqiyos edi. Keyinchalik gazetaga Ismoil Sulaymonov bosh muharrir, No''mon Nasimov o'rinbosar etib tayinlandi. Ismoil aka to'g'riso'z, halol kishi edi. U jurnalistikani kasbga aylantirib ol­manglar, jurnalist ko'rpachada chordona qurib o'tiradigan odam emas. Bir joyda o'tirib qolmanglar. Xalqni ichiga ki­ringlar. Odamlar sizlarga ishonib, birovga aytmagan dardini ayta olsa, haqiqiy jurnalist hisoblanasizlar, derdi.

Download 22.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling