Qariyalarda bronxial astma
Download 123.72 Kb.
|
Qariyalarda bronxial astma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasallik tarixi
Qariyalarda bronxial astma Bronxial astma nafas yo‘llarining surunkali kasalligi bo‘lib, uning asosida doimiy yallig‘lanish belgilari yotadi. Yallig‘lanish jarayonida bronxlar sezuvchanligi ortib, natijada bronx-o‘pka tizimida o‘zgarishlar yuzaga keladi. Bu o‘zgarishlar bemorlarda takror-takror nafas qisishi, hansirab qolish, ko‘krak qafasida xirillash va og‘irlik paydo bo‘lishiga hamda kechalari yo‘tal xuruji tutishiga olib keladi. Astma so‘zi “bo‘g‘ilish”, “hansirash” ma’nolarini bildirishi bejizga emas. Chunki bronxial astmaga duchor bo‘lganlar bronxlar shilliq qavatining shishishi, shilliq ishlab chiqarishning kuchayishi va bronxspazm tufayli tez-tez nafas qisishidan shikoyat qiladilar. Xastalikning ilk xurujlari bolalikda yoki balog‘atga yetish davrida boshlanishi mumkin. Ayrim odamlarda esa bu kasallik keksalik yoshida ham rivojlanadi. Bronxial astma ko‘pincha biror kasallik (nafas yo‘llarining jiddiy yallig‘lanishi, zotiljam, qizamiq, ayollarda jinsiy a’zolar yallig‘lanishi) yoki qattiq asabiylashish va ruhiy zo‘riqishdan keyin paydo bo‘ladi. Yozning o‘zgaruvchan kunlarida, ayniqsa ob-havo sovuq va nam bo‘ladigan ko‘klam hamda kuz fasllarida bronxial astma xurujlari kuchayadi. Kasallik tarixi Gippokrat zamonida (miloddan avval) ham ayni bahor kezlarida o‘simliklar changining atrofga tarqalib kishilarda allergiya qo‘zg‘ashi ma’lum bo‘lgan. Lekin u vaqtlarda allergiya holatidan hech kimning xabari yo‘q edi. Gippokrat nafasi qisib qolgan bemorlarga efedra giyohini yoqib tutunidan hidlash zarurligini tavsiya etgan. Abu Bakr ar-Roziy “Tibbiyotga doir mukammal kitob” asarida bironxial astma alomatlarini batafsil bayon etib ba’zi gullarning va ayrim ovqat mahsulotlarining bu kasallikka sabab bo‘lishini ko‘rsatib o‘tadi. Keyinchalik esa Abu Ali ibn Sino “Tib qonunlari” ning uchinchi kitobida astma to‘g‘risida so‘z yuritib, bu kasallik xurujlari boshlanishida tabiiy va iqlimiy omillarning ahamiyati katta ekanini qayd etadi. Nafas qisishi xurujlarining badan terisiga toshma toshishi bilan birga davom etishini ham ibn Sino birinchi bo‘lib kuzatgan. O‘n sakkizinchi asrda bir qancha olimlar astmani “asabiy holatlar natijasida o‘pkaning tirishib qisilishidan” boshlanadigan alohida bir turdagi hansirash deya fikr bildirishgan. Rus terapevti Sokolskiy fikriga ko‘ra xurujlar asosan kechalari, ya’ni odamning his-tuyg‘ulari junbushga kelganda vegetativ asab tizimi qo‘zg‘alishi natijasida tutib qoladi, bu ko‘pincha bronxial astmaning psixonevroz holati sifatida talqin etiladi. O‘n to‘qqizinchi asr boshlariga kelib avstriyalik pediatr shifokor Pirke “allergiya” atamasini klinik amaliyotga birinchi marta joriy etdi. Pirke ko‘pgina kishilarning organizmi befarq bo‘ladigan moddalarga nisbatan ayrim odamlarning organizmi o‘ta sezgir bo‘lishini payqadi. Uning ta’kidlashicha astma allergik kasallik hisoblanib, bu – organizmning ayrim ta’sirlarga javoban odatdan tashqari, ya’ni boshqacha tarzda javob berishidir. Download 123.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling